BGP protokolini ishlash jarayonini avtonom tizim tushunchasini
bilmagan xolda
tushuntirish imkonsizdir. Avtonom tizim (AS – Autonomous System) bu bir yoki bir
necha operatorlar (internet provayderlar) tomonidan boshqariladigan va internet tarmog‘i
bilan yagona marshrutizatsiya siyosatiga ega bo‘lgan IP tarmoq yoki marshrutizatorlar
tizimidir.
Internet provayderlari o‘z avtonom tizimlari orqali internet tarmog‘iga ulanishlari
uchun bu avtonom tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tgan noyob raqam olishi lozim.
AS noyob raqami (yoki ASN) har bir AS ga biriktiriladi
va bu ushbu avtonom
tizimining BGP protokoli asosidagi marshrutizatsiya jarayonida ishtirok eta olishini
ta’minlaydi. 2017 yilgi ma’lumotga ko‘ra global tarmoqga 56 mingdan ziyod avtonom
tizimlar ulangan.
BGP – bu tashqi shlyuz protokoli bo‘lib, bu protokol avtonom tizimlar o‘rtasida
marshrutizatsiyani ta’minlashda qo‘llaniladi. BGP protokoli barcha internet
provayderlari
tomonidan va juda yirik tarmoqlarning yadrolarida qo‘llaniladi. BGP – bu juda barqaror
protokol bo‘lib tarmoqda masshtablanuvchanligi yuqoridir, tarmoqning o‘zgarishiga tez
moslashadi.
CHegaraviy (tashqi) shlyuz protokoli (Border Gateway Protocol, BGP)
bugungi
kunda internet tarmog‘idagi avtonom tizimlar orasida marshrutizatsiya axborotlarini
almashinuvchi asosiy protokoldir. BGP protokoli EGP1 protokolining o‘rniga qo‘llanilib
kelinmoqda.
BGP protokolining o‘ziga xosligi shundaki bu protokol bo‘yicha avtonom
tizimlararo marshrutizatsiyani amalga oshirishda ishtirok etuvchi marshrutizator o‘zining
avtonom tarmog‘ida joylashishi lozim.
BGP protokoli yordamida
bir necha avtonom qu
yi tarmoqlar o‘rtasida aloqa
jarayonini amaliy o’rganish uchun quyidagi tarmoqni xosil qilib olinadi.
2-rasm
Yuqoridagi 5.27-rasmda tasvirlangan tarmoqda uchta avtonom quyi tarmoq o‘zaro
bog‘langan. Bu avtonom tarmoqlarning har birida ichki marshrutizatsiya protokoli
asosida marshrutizatsiya jarayoni ta’minlangan bo‘lsa (masalan statik yoki RIP, OSPF va
boshqa dinamik marshrutizatsiya protokollari yordamida) avtonom tizimlarni o‘zaro
bog‘lagan tarmoqda tashqi marshrutizatsiya protokoli
yordamida marshrutizatsiya
jarayoni ta’minlanmoqda.