Jizzax politexnika instituti 632-23 KT guruh talabasi Muxsinova G ning
Axborot texnologiyalari fanidan tayyorlagan
1. Internet global tarmog’i qanday tizim va u nechta tarkibiy qismdan iborat?
2. Internet protokollari haqida so’zlab bering
3. Internet provayderlari haqida tushuncha bering
4. Elektron pochta nima? Elektron pochta manzili
5. Masofaviy ta’lim vositalari, avzalliklari nimalardan iborat?
6. Masofaviy ta’limda audio va video konferensiyalar
1. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar
va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i – bu global
tarmoq vakili hisoblanadi. Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa
o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro
birlashtirish
imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga
ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning
har bir ishchi stansiyasi
(kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin.Internet o‘z - o‘zini
shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta
tarkibiy qismdan tashkil topgan:
- texnik; - dasturiy;
- axborot.
Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari
(telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda
tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.Internet tarmog‘ining
dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan
xilma-xil kompyuterlar va
tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi
dasturlar.Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud
bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va
hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.Internetning
ikkita
asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa
kommunikatsion vositasidir.
2. Internet axborot almashish standart qoidalar asosida amalgam oshiriladi .
Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP –
TRASMISSION CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) dep ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni
paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va
TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha
paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni
tartibga soladi va yaxlit
ko'rinishga keltiradi.Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali
yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-
yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina
shaxsiy kompyuteri va
telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan
foydalana
olish
imkoniyatiga
ega
bo'ldilar.