Masofaviy
ta’lim -
masofaviy
o’qitishga
asoslangan
ta’lim.
Masofaviy o’qitish - o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa
interaktiv usullar va barcha o’quv jarayonlari
komponentlari - maqsad, mazmun,
metod, tashkiliy shakllar va o’qitish usullariga asoslangan ta’lim oluvchi va
o’qituvchi o’rtasidagi munosabat.
Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan
o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining
tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Masofaviy o’qitishning pedagogik texnologiyalari - tanlangan o’qitish
kontseptsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o’quv-tarbiyaviy jarayonini
ta’minlovchi
o’qitish
metodi
va
uslublar
majmuasi.
6. Telekonferensiya (teleconferencing) –
ikki va undan ortiq guruh
qatnashchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan
foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan
boshqariladi. Telekonferensiya
jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter
ma‘lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga jo‘natilgan
xabar uning barcha
qatnashchilariga yetkaziladi, ya‘ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga
o‘xshaydi. Telekonferensiya o‘zida audiokonferensiya (audioconferencing),
videokonferensiya
(videoconferencing)
va
kompyuter
konferensiyalari
(computerconferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi. Hozirda
kompyuter
texnologiyalarining
taraqqiyoti
interfaol
telekommunikatsiya
texnologiyalarining
yangi
texnik
imkoniyatlari
videokonferensiya
va
audiokonferensiya kabi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi.
Interfaol
masofaviy o‘qitish tizimining joriy etilishi videokonferensiya texnologiyalari bilan
hamohang ravishda istalgan masofada sinxron axborotlar almashinuvini
ta‘minlaydi.
http://fayllar.org