2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayderlari haqida tushuncha bering




Download 128,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi128,7 Kb.
#149061
1   2   3
Bog'liq
2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde-fayllar.org

3. Provayder (ing . provider) — kompyuterlarni internet tarmogʻiga ulash va 
axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan shugʻullanadigan vositachi tashkilot. 
Internet axborotlari isteʼmolchilari soni koʻpaygan sari Provayderlar xizmatiga 
ehtiyoj ham ortib bordi. Telefon aloqadan tashqari optik tolali kabellar, radio 
tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali internet bilan bogʻlanish mumkin boʻldi. 
Oʻzbekistonda internet bilan ulanishga doyr axborot xizmatlari Provayderlar 1997 
yildan 
koʻrsa-tila 
boshladi.
Sizning Internet-provayderingiz (ISP) siz internetga kirish uchun haq to'layotgan 
kompaniya hisoblanadi. Internetga kirish (kabel, DSL, dial-up) turiga qaramasdan, 
sizning yoki biznesingiz Internetga katta hajmli trubaning bir qismini beradi. 
Internetga ulangan barcha qurilmalar veb-sahifalar va fayllarni yuklab olish uchun 
serverlarga kirish uchun ularning har bir so'rovini ISP orqali amalga oshiradi va 
ushbu serverlar faqat o'zlari ISP orqali ushbu fayllarni taqdim etishi mumkin.
Ba'zi ISPlarning misollari AT & T, Comcast, Verizon, Cox, NetZero, ko'plab 
boshqalar qatoriga kiradi. Ular to'g'ridan-to'g'ri uy yoki ish joyiga kabel orqali 
ulanishi mumkin yoki sun'iy yo'ldosh yoki boshqa texnologiyalar orqali simsiz 
ravishda ulangan bo'lishi mumkin. 
4. Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish 
(qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta 
tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga 
o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, 
etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi 
kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning 
kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga 
bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. 
Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida 
ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har 
qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday 
portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar: 
http://mail.google.com
• 
http://mail.yahoo.com
• 
http://www.mail.ru


• 
http://mail.yandex.ru
• 
http://mail.rambler.ru
5. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim 
jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi 
o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi.
Masofaviy ta’limda ta’lim oluvchi va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda 
o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va 
Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. 
Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot 
ta’lim tarmog’iga kirish imkonini beradi. 
Masofaviy o’qitish barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz 
oshirish imkonini yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida ta’lim oluvchi interaktiv 
rejimda mustaqil o’quv-uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, nazoratdan o’tadi, 
o’qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa 
«vertikal o’quv guruhi» ta’lim oluvchilari bilan muloqotda bo’ladi.
Masofaviy o’qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalaniladi. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o’qitish vositalari 
(o’quv qo’llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga 
asoslansa, interaktiv audio va video konferentsiyalar ma’lum vaqt orasida o’zaro 
muloqotda bo’lishga, elektron pochta to’g’ri va teskari aloqa o’rnatishga, ya’ni 
xabarlarni jo’natish va qabul qilishga mo’ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan 
videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko’rish imkonini 
bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish 
ta’lim oluvchilarga o’zaro teskari aloqa orqali o’qitish imkonini beradi. 

Download 128,7 Kb.
1   2   3




Download 128,7 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayderlari haqida tushuncha bering

Download 128,7 Kb.
Pdf ko'rish