• Nazorat uchu savollar: 1.Elektron pochta xabarlarini o‘qish tartibini ayting. 2.Kiruvchi xabarlar va papkalarni boshqarish qanday amalga oshiriladi
  • 1. Elektron pochta xabarlarini o‘qish. Kiruvchi xabarlar va papkalarni boshqarish




    Download 0,61 Mb.
    Sana21.11.2023
    Hajmi0,61 Mb.
    #102889
    Bog'liq
    18-mavzu



    18-Mavzu: Elektron pochta xabarlarini o‘qish, kiruvchi xabarlar va papkalarni boshqarish pochta xabarlarining vazifalari uchun javob yaratish.
    Reja:
    1.Elektron pochta xabarlarini o‘qish.
    2.Kiruvchi xabarlar va papkalarni boshqarish
    3.Pochta xabar-larining vazifalari uchun javob yaratish

    A n’anaviy pochta xizmati. An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bo’lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo’natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo’lljallanganligi yoziladi. SHu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta’minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba’zi hollarda umuman yetib bormasligi ham mumkin.


    Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari. Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga emas, balki kompьyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko’rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida Internet tarmog’i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo’natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompьyuter Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi zarur.
    X abar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo’lgan ma’lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali jo’natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o’zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.
    Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompьyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompьyuter xotirasida papka ko’rinishida shakllantiriladi va u o’zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( ______ @ ________.__ ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.
    Xabarlarning turlari. Xabarlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma’lumotlar. Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi o’zining siyosatiga ega bo’lib bitta xabarning 2, 5, 10Mb hajmgacha bo’lgan xabarlarni yuborishni ta’minlaydi. Agarda bu hajm oshib ketsa katta hajmdagi xabarlarni Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
    E lektron pochta manzili. Elektron manzil @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. Elektro manzilga misol tarikasida. tuit@tuit.uz, tuit@inbox.uz larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar “tuit” nomli ishlatuvchining http://mail.tuit.uz, http://inbox.uz pochta serverida joylashgan pochta kutisi xisoblanadi.
    Xabarlarni uzatish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo’natish ketma-ketligini ko’rib chiqamiz: dastlab, mail.ru Web sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo’lgan ishchi oynaning Imya darchasida foydalanuvchi elektron manzili va Parolь darchasida paroli kiritiladi va Voyti tugmachasi bosiladi. Komu darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzil, Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo’sh oynaga yoziladi va Otpravitь tugmachasi bosiladi. Agar xat to’g’ri jo’natilgan bo’lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen ma’lumoti paydo bo’ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompьyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo’natishi mumkin. Buning uchun Prikrepitь tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo’natish kerak bo’lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.
    Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga karshi kurashish. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma’noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo’lgan. Usenet kompyuter tarmog’i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993-yil 31-mart kuni konferentsiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo’natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda - «spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko’ra, spam - bu so’ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.
    Spam (foydalanuvchi tomonidan so’ralmagan axborot) jo’natuvchining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab tijorat axborotiga ega bo’lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo’lmasligi mumkin. SHunday qilib, mazmuniga qarab, xabarlarning «tijorat» spami - «unsolicited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi - UCE) va «notijorat» - «unsolicited bulk e-mail» (UBE) turlari mavjud.
    A nonim: barcha ko’pincha aynan yashirin yoki qalbakilashtirilgan qayta aloqa manzili ko’rsatilgan avtomatik tarqatmalardan jabrlanadi.
    Ommaviy: ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina shular spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun haqiqiy muammo hisoblanadi.
    So’ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferentsiyalar bizning tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli. Har bir elektron pochta xizmati o’zining foydalanuvchilariga spamdan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi. Ya’ni spamga taalluqli bo’lgan elektron manzillar spam filьtriga kiritiladi va ushbu manzillardan kelayotgan spamlar xabarlar vaqtincha saqlanuvchi katalogga avtomatik tarzda joylashtiriladi va 30 kundan keyin o’chirib tashlanadi.
    F ilьtrlar va kora ruyxat. Filьtrlar asosan kelayotgan xatlarni saralash, tartiblash funktsiyasini bajaradi. Qora ruyxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maksadida ishlatiladi.
    Milliy elektron pochta xizmatlari. Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormokda. O’zbekistondagi har bir Internet provayder o’zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o’zining mijozlariga xizmat ko’rsatadi, ularning ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochik hisoblanadi va bu tizimdan hohlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo’natib qabul qilishlari mumkin.
    Xalkaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com. Elektron pochta orqali ma’lumot yuborish uchun ikki yo’nalish mavjud, bulardan biri bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun Internetda ma’lum bir Web sahifalari mavjuddir. Bular mail.ru, yahoo.som, mail.uz, gmail.com va hokazo. Foydalanuvchi dastlab, pochta manziliga ega bo’lishi kerak. Pochta manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dasturining asosiy oynasiga ushbu Web sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi.
    − Kerak bo’lmagan taqdirda o’z xatingizga javob va so’rovlar yo’llamang. Kerak bo’lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so’rovlarni yo’llamang.
    − So’rovlarga to’liq javob bering. So’rovlarga javob berishda qisqa «ha» yoki «yo’q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.








    Nazorat uchu savollar:


    1.Elektron pochta xabarlarini o‘qish tartibini ayting.
    2.Kiruvchi xabarlar va papkalarni boshqarish qanday amalga oshiriladi?
    3.Pochta xabarlarining vazifalari nimalardan iborat?


    Download 0,61 Mb.




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Elektron pochta xabarlarini o‘qish. Kiruvchi xabarlar va papkalarni boshqarish

    Download 0,61 Mb.