1-rasm. Mashrutizatorlarda statik mashrutizatsiyani sozlash loyixasi
Yuqoridagi 5.5-rasmda tasvirlangan qo‘shma tarmoq bir necha (192.168.1.0,
192.168.20.0 va 192.168.3.0 kabi IP manzilli) quyi tarmoqlarning o‘zaro
ulanishidan
tashkil topgan. Bunda Router 0 bir interfeysi orqali (192.168.1.1 manzilli) 192.168.1.0
manzilli lokal tarmoqga ulangan bo‘lsa boshqa bir interfeysi orqali (192.168.20.1 IP
manzilli) 192.168.20.0 manzilli tarmoq orqali boshqa bir mashrutizator Router1 ga
ulangan. Huddi shu kabi Router 1 ham bir interfeysi orqali (192.168.3.1 manzilli)
192.168.3.0 tarmoqga ulangan bo‘lsa, boshqa interfeysi orqali (192.168.20.2 IP manzilli)
192.168.20.0 manzilli tarmoq orqali Router0 ga ulangan. Bunda Router 0
mashrutizatorga 192.168.3.0 tarmog‘i noma`lum, Router1 mashrutizatorga esa
192.168.1.0 tarmog‘i noma`lum. Shuning uchun ham mashrutizatorlarni sozlashda
har bir
mashrutizatorda mashrutizatsiya jadvalini sozlashda ushbu ma’lumotlar kiritilishi lozim.