XVIII asr oxirida aloqani elektr vositasi yaratilgan edi. Masalan, telegraf
xabarlarni uzatish (1753 yil Angliya, 1909
yil Germaniya, Peterburg). Birinchi telegraf
xabarlarini uzatish ko‘p simli usulda amalga oshirildi, keyin simlar sonini kamaytirish
uchun olti elementli tekis kod qo‘llanildi.
Telegrafiya muvaffaqiyatlari – jonli odam nutqini masofaga uzatish g‘oyalarini
ishlab chiqishni rag‘batlantirdi. Hozirgi kunga yaqin telefoniya g‘oyasini 1854 yilda
fransuz olimi SH.Bursel ilgari surdi. Tovushlarni masofaga uzatish uchun asbob
yaratishga birinchi marotaba 1861 yilda Iogann Filipp Rays urindi. Aynan u telefon
degan atamani kiritdi va elektr toki yordamida tonal signallarni masofaga ko‘chirish
imkoniyatlarni namoyish etdi. Lekin bu qurilma texnik jihatdan mukammal
bo‘lmaganligi sababli keng tarqalmadi. Faqat 15 yil o‘tgandan so‘ng Aleksandr Grexem
Bell 14 fevral 1876 yilda «Telegrafiyada mukammallashtirish»
deb atalgan ixtirosiga
patentni qayd ettirdi.
Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanishida uchta bosqich aniq ko‘zga
tashlanadi. Birinchi bosqichda (XX asrning 30 yillari) avtomatik kommutatsiya uchun
elektromexanik izlagichlar ishlatilgan (dekada - qadamli, mashinali, motorli va hokazo).
CHo‘tkali izlagichlar bilan qurilgan kommutatsiya tizimlarini ishlatish jarayonida
quyidagi jiddiy nuqsonlar aniqlandi: kommutatsiya asboblar ishlatishning yuqori
bo‘lmagan ishonchliligi, stansion qurilmalari xizmat ko‘rsatishga katta mehnat
sarflanishi,
so‘zlashuv traktining past sifati, izlagichlarni ishlab chiqarish
texnologiyasining murakkabligi.
Ikkinchi bosqich urush yillaridan keyingi davrga to‘g‘ri keladi,
bu vaqtda
avtomatik elektraloqa rivojlanishining sifatli taraqqiyotiga undovchi koordinatali
kommutatsiya texnikasini ekspluatatsiyasiga tadbiq qilish va ommaviy ishlab chiqarish
boshlandi. Lekin bir qator afzallik va ustunliklariga qaramay koordinatli texnika
kommutatsiya vositalariga inqilobiy o‘zgarishlar kiritmadi, chunki u ham elektromexanik
tamoyillarga asoslangan elementlar negizida qurilgan, bu esa kommutatsiya
rivojlanishining birinchi bosqichiga xosdir.
Koordinatli ATS tizimlarining kamchiliklari bo‘lib: yasab chiqarish, montaj
qilish va xizmat ko‘rsatish
qiymati nisbatan yuqori, gabarit o‘lchamlari va uskunaning
vazni kattaligi, sezilarli darajada elektrenergiyaning iste’mol qilishi va kichik tezligi
hisoblanadi.
Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanishida sifatli yangi o‘zgarishlar
tranzistor ixtiro qilingandan so‘ng, elektronika va elektron hisoblash mashinalarining
xalq xo‘jaligining turli sohalariga tatbiq qilingandan so‘ng yuz berdi.
YAngi sifatli ATS larning yaratish uchun deyarli ikkita o‘n yillik, ulkan ijodiy
izlanishlar va katta moliyaviy xarajatlar kerak bo‘ldi.
Elektromexanik tizimlariga o‘xshash, metall kontaktlarni, elektron kontaktlarga
almashtirish yo‘li bilan to‘liq elektron ATS yaratish yo‘nalishida
birinchi qadamlar
qo‘yilgan edi.
Bu urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi, chunki so‘zlashuv traktlarining
kommutatsiya maydonlarini tashkil etuvchi kontaktlarga teng qiymatli ekvivalenti
topishga erishilmadi.
Keyinchalik ATS ning yangi tizimlarini yaratish ikki yo‘l bilan ketdi. Birinchisi
kvazielektron ATS larni ishlab chiqish. Bularda kommutatsiya maydon negizini katta
tezlikda ishlaydigan relelarning yoki boshqa elektromagnit qurilmalarning metall
kontaktlari tashkil etadi, elektron texnika esa boshqarish asboblarida ishlatiladi.
Ikkinchi yo‘l bo‘lib to‘la elektron ATS / EATS larni ishlab chiqish bo‘ldi. EATS
da kommutatsiya maydonlarni quyidagi turlarini farqlashadi: fazoviy turi, kanallarni
chastota bo‘yicha ajratish va vaqt bo‘yicha ajratilgan so‘zlashuv
traktlari tashkil etish
tamoyili bo‘yicha. Bularga o‘xshash bo‘lib, elektromexanik kommutatsiya nuqtalar bilan
maydon hisoblanadi, elektron kontaktlarning va bu kontaktlar orqali hosil qilingan
so‘zlashuv trakti mukammal bo‘lmagani tufayli keng tarqalmadi. Kanallari chastotali
ajratish (KCHA) ATSE dagi kommutatsiya maydon uzatish tizimining umumiy zanjirini
hosil qildi, unda turli kiruvchi kanallardan to‘shayotgan chastotali modulyasiyalangan
signallarning kommutatsiyalash amalga oshiriladi. KCHA tamoyili ham amaliyotda
EATS kommutatsiya maydonlarini qurish uchun ishlatilmadi. Biroq umumiy zanjirlar
yordamida kommutatsiyalash g‘oyasi kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan EATS lar
qurishda ishlatildi. Bunday EATS larda axborot turli
manbalardan kommutatsiya
maydonining umumiy zanjiriga uzluksiz emas, vaqt bo‘yicha ma’lum siljish bilan
amplituda – modulyasiyalangan impulslar ketma – ketligi ko‘rinishida keladi. Impuls
kanallari bo‘yicha nutq axborotini uzatish usuliga bog‘liq ravishda EATS ning ikki turiga
ajratiladi: impulsli modulyasiyaning analogli usuli va raqamli usullari.
Impulsli modulyasiyaning analog usullari (amplituda – impulsli modulyasiya
AIM, kenglik impulsli modulyasiya KIM, vaqt – impulsli modulyasiya VIM), bilan
ishlaydigan stansiyalar faqat maxsus belgilanishga ega aloqa tizimlarida qo‘llanishni
topdi. Impulsli modulyasiyaning analogli usullariga xos nuqsonlar,
axborot uzatishning
shunday usullarini izlashga majbur qildiki, bunda u toza raqamli shaklda uzatish mumkin
bo‘lsin. Bu muammoning echilish natijasi bo‘lib, impulsli modulyasiyaning raqamli
usullari (impuls kodli IKM, delta modulyasiya DM va hokazo) bilan ishlaydigan EATS
yaratish hisoblandi.
Axborotni raqamli shaklda uzatish usullari integral aloqa tarmoqlarini yaratish
uchun ishlatildi.
Raqamli kommutatsiyaning nazariy asoslari XX asrning 30 yillarida ifodalangan
edi. Biroq, IKM li uzatish tizimlarini amaliyotda ishlatilishi esa faqat 50 yillarning
oxirida boshlandi, bu vaqtga kelib mikroelektron sxemalar yaratishda sezilarli
taraqqiyotga erishilgan edi.
Hozirgi kunga kelib IKM li uzatish tizimlari ko‘pgina mamlakatlarda keng
ishlatilmoqda.
Oxirgi o‘n yillikda avtomatik elektraloqa sohasida integral aloqa tarmog‘i va
tizimini yaratishga alohida e’tibor berilmokda. Integral aloqa tizimi avtomatlashtirilgan
aloqa tizimi bo‘lib, axborotning barcha turlari va kommutatsiya yagona raqamli shaklda
amalga oshiriladi. Bunday tizim axborotning turli
xillarini bir shaklga keltirib, uzatish
imkonini beradi.
Integral aloqa tarmoqlariga o‘tish kommutatsiya va kanal tashkil etuvchi
uskunalarni qisqartirishga olib keladi, aloqa apparaturasini standartlashtirish va bir
shaklga keltirishni ta’minlaydi, bu uskunani ishlab chiqarishda va uni ishlatishda
sezilarli iqtisodiy samaradorlik olish imkonini beradi.