• Kanallar kommutatsiyasi
  • 1-Ma’ruza Mavzu




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/24
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #138442
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Маруза (1)

     
    2-Ma’ruza 
     
    Mavzu: Kommutatsiya jarayonining turlari 
     
    Har qanday ikki va undan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi aloqa 
    tarmoqlarida abonentlarni o‘zaro bog‘lanishlarini tashkil eitshda kommutatsiya 
    jarayonidan foydalanilinadi. Tarmoqlarda ikki foydalanuvchi biri-biri bilan bog‘lanish 
    jarayonida quyidagi asosiy kommutatsiya usullari mavjud:  
    • 
    Kanallar kommutatsiyasi (circuit switching); 
    • 
    Paketlar kommutatsiyasi (packet switching); 
    • 
    Xabarlar kommutatsiyasi (message switching). 
    Kanallar kommutatsiyasi tarixi dastlabki telefon tarmoqlaridan boshlanadi. 
    Paketlar kommutatsiyasi 60-yillar oxirida barpo etilib, birinchi kompyuter tarmoqlarida 
    qo‘llanilgan. Kommutatsiya usullarning har biri afzallik va kamchiliklarga ega; Bugungi 
    kunda ma’lumki bo‘lmoqdaki istiqboldagi tarmoqlarda qo‘llaniluvchi asosiy 
    kommutatsiya turi bu paketlar kommutatsiyasidir. Buning sababi mazkur kommutatsiya 
    ususlining o‘ziga xos afzalliklarga ega ekanligidadir.
    Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o‘rtasida uzluksiz fizikaviy kanal hosil 
    bo‘lib, kommutatorlar yordamida alohida kanal qismlari ketma- ket ulangan bo‘ladi. 
    Bunda bir nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va har bir 


    kanalda uzatish tezligi bir xil bo‘lishi sharti asoslangan. Bunday yagona kanal ma’lumot 
    uzatish jarayonidan avval o‘rnatilishi kerak bo‘ladi va bu kanal ulash o‘rnatish jarayonida 
    faqat ushbu bog‘lanishgagina xizmat qiladi.
    YUqoridagi 1 rasmga ososan, kanallar kommutatsiyasi quyidagi ketma –ketlikda 
    amalga oshadi: 1-tugundan 7-tugunga ma’lumot uzatish uchun avval 1-tugun A 
    kommutatoriga ulash o‘rnatish uchun 7-tugun adresini belgilagan holda maxsus so‘rov 
    signalini yuboradi. A kommutatori yagona kanal hosil qilish uchun marshrut aniiqlab
    so‘rov signalini keyingi kommutatorga yuboradi va h.k. 7-tugun so‘rov belgisini 
    olganligi to‘g‘risida 1-tugunga javob signalini qaytaradi va yagona kanal hosil 
    bo‘lganligi (kommutatsiyalanganligi) belgilanadi; shundan so‘ng 1-tugun 7-tugun bilan 
    ma’lumot almashishi, ya’ni aloqa seansi amalga oshiriladi.
    Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari: 

    foydalanuvchilar aro o‘rnatilgan kanalda ma’lumot uzatish tezligi doimiy 
    va ma’lum bo‘ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo‘ljallangan kanalning o‘tkazish 
    qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega); 

    tarmoq orqali ma’lumot uzatishda to‘xtalishlar darajasi past va doimiy 
    bo‘lishi (to‘xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ning sifatli uzatilish 
    imkoniyati). 
    Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari: 

    kanal bandligida foydalanuvchiga rad javobi berilishi; 

    fizikaviy kanallar o‘tkazish qobiliyatining samarasiz ishlatilishi (kanal ulash 
    o‘rnatish jarayoni mobaynida band bo‘ladi); 

    avvaldan ulash o‘rnatilishi tufayli ma’lumot uzatish jaraenidan oldin shartli 
    to‘xtalish mavjudligi. 
    Bu kommutatsiya usuli telefon so‘zlashuvlarni uzatishda qo‘llaniladi. 
    Paketlar kommutatsiyasi, asosan, kompyuter trafigini uzatishga mo‘ljallangan 
    bo‘lib, ma’lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon beradi.
    Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik 
    qismlar - paketlarga bo‘linadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi 
    hisoblanadi. Katta hajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo‘linishi tarmoqda ma’lumot 
    uzatish tezligining keskin oshishiga olib keladi.
    Har bir paket kerakli tugunga etib borishi uchun adres axboroti belgilangan 
    sarlavha qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo‘lishi mumkin va 
    quyidagilarni o‘z tarkibiga olishi shart: 

    uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba adresi; 

    uzatilayotgan ma’lumotlar; 

    qabul qiluvchining (destination) adresi; 

    uzatish aniqligini ta’minlovchi xatoliklar tekshirish axboroti. 
    Bu qismlar uchta guruxga bo‘linib, paketning sarlavha, ma’lumot va treyler 
    qismlarini shakllantiradi.


    Sarlavha qismi paket uzatilishi signali, manba adresi, makon adresi, uzatishni 
    sinxronlash kabilarni o‘z ichiga olgan. 
    Ma’lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo‘ljallangan ma’lumotlardan iborat. 
    Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5-4 Kb bo‘lishi mumkin. Treyler qismi ko‘p hollarda 
    xatoliklarni tekshirishga mo‘ljallangan (misol uchun, Cyclic Redundancy Check siklik 
    kod yordamida tekshiruv).
    Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklari sifatida uzatiladi. Paketli 
    kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‘lib, unda 
    paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‘lgan holatda, paket 
    biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi (2-rasm). 
    Paketlar kommutatsiyasida bir vaqtda uzatilayotgan ma’lumotlar hajmi nisbatan 
    yuqori bo‘ladi va uzatish tezligi oshadi.
    Sarlavhalar uzatilishiga vaqt sarflanishi, har bir keyingi paketni uzatishga zarur 
    bo‘lgan vaqt, paket buferizatsiyasi va kommutatsiyasiga sarflangan vaqt tarmoqdan 
    paketni umumiy uzatish vaqtiga ta’sir ko‘rsatadi va to‘sqinliklar manbai bo‘ladi.
    Paketli kommutatsiyaning afzalliklari: 
    • 
    Tarmoqdagi yuklamani tarmoq bo‘ylab taqsimlash imkonini beradi; 
    • 
    Aloqa kanallarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. 
    • 
    Bog‘lanishlardagi ma’lumot uzatish tezligini dinamik boshqarish 
    imkoniyati.
    Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari: 
    • 
    kommutatorlar buferlarida kechikishlarning tarmoq holatiga bog‘liq 
    bo‘lganligi sababli foydalanuvchilararo uzatish tezligi noaniqligi;
    • 
    buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma’lumot (paketlar) yo‘qolishi
    • 
    Bir aloqa kanalidan bir necha foydalanuvchilar ma’lumotlari uzatilganligi 
    sababli axborot xavfsizligini nisbatan pastligi; 
    • 
    Ulanishning nostabilligi va x.z.
    Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo‘llaniladi (Quality of 
    Service QoS kabi). Bunday usullar qo‘llanilishi sababli paketlar kommutatsiyasi hozirgi 
    kunda yuqori tezlikli tarmoqlar tashkil etishda eng samarali va istiqbolli deb tan olingan.

    Download 0,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish