tizimchalarining moslashtiruvchi qurilmalarida amalga oshiriladi. Signallash tarmoq
ekspluatatsiyasi bilan shug‘ullanadigan telefon kompaniyalari uchun, an’anaviy ravishda
ma’muriy jihatdan, ham moliyaviy jixatdan ham sezilarli vaqt bo‘lgan.
Bell Sustem firmasi stansiyalararo signallash tizimi (umumkanal signallash UKS)
detallashgan loyihasini ishlab chiqqan edi. U aloqa tarmog‘idagi signallashning ko‘pgina
muammolarini hal qilish imkonini beradi. UKS bo‘yicha signallash tizimi analogli
tarmoqda modemlarni ishlatish bilan amalga oshirilsada,
shunga qaramay bu tizimni
kiritishdan olinadigan sezilarli samaradorlikni faqat katta tezlikdagi raqamli aloqa
kanallari mavjud bo‘lganda olish mumkin.
Zamonaviy texnologiyani ishlatish. Multipleksor yoki kommutatsiya sxemasi
KVA bilan raqamli signallani uzatish hamda raqamli hisoblash qurishda ishlatiladigan
asosiy sxemalarda quriladi, chunonchi: mantiqiy elementlarda va xotira elementlarida.
Kommutatsiya sxemasining asosiy elementi - kommutatsiya nuqta– «VA»
mantiqiy element bo‘lib, bitta kirishi axborot signallarni uzatish uchun, boshqalari esa –
boshqaruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. SHunday
qilib mantiqiy elementlar
va EXM da xotira elementlari sifatida ishlatiladigan raqamli integral sxemalarni ishlab
chiqish texnologiyasining rivojlanishi, bevosita raqamli uzatish tizimlari va
kommutatsiya tizimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy texnologiyaning afzalliklari
elektraloqa funksiyalarini amalga oshirish uchun maxsus ishlab
chiqilgan katta integral
sxemalarning (KIS) yaratilgan sari yanada yaqqolroq bo‘la boshladi. Bundan tashqari
raqamli komponentlarni yasash analogli ekvivalentga qaraganda oson, analogli oldida
raqamlini amalga oshirish
funksional afzallikka ega, bitta modul chegarasida ichki
ulashlar minimallashtirish qilingan, KVA asosida yo‘ldoshli va optik aloqa kabellari
bilan ishlash mumkin.
a- integratsiyalanmagan uzatish va kommutatsiya
b-kanallarni ajratish negizida integratsiyalangan uzatish va kommutatsiya.
1.1 – rasm. Kommutatsiya va uzatishning integratsiyasi.