1-Ma’ruza Mavzu




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana16.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#138442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Маруза (1)

Аналогли 
коммутация 
тизими 
Аналогли 
коммутация 
тизими 
Канал 
ташкил 
этувчи 
 блок 
Канал 
ташкил 
этувчи 
 блок 
КВА узатиш 
линияси 
а) 
Рақамли 
коммутация 
тизими 
Рақамли 
коммутация 
тизими 
КВА узатиш линияси 
б) 


Raqamli sxemalarini qo‘llanishning boshqa katta istiqbolga ega bo‘lgan sohasi - 
bu signallarga ishlov berish (kuchaytirish, korreksiyalash, aniq chastotalarni topish, aks 
sadoni yo‘q qilish, modulyasiya va filtrlash) sohasidir. 
Signallarga raqamli ishlov berish raqamli ko‘rinishda ko‘rsatilgan signallarga 
ishlov berish uchun arifmetik va mantiqiy raqamli sxemalarni ishlatishni ko‘zda tutadi.
Uzatish tizimi va kommutatsiyasining integratsiyasi (integrallashuvi). Uzatish 
tizimlarida qo‘llaniladigan, guruh tashkil etish amallarini kommutatsiya tizimlarida 
bajariladigan kommutatsiya amallari bilan osongina integratsiyalashi mumkin.
Bu ikki tizim integratsiyalashuvining asosiy afzalligi 1.1– rasmda ko‘rsatilgan.
Bu holda ATS da kanallarni ajratuvchi qurilmani mavjud bo‘lishi shart emas 
hamda kommutatsiyaning birinchi kaskadlaridan istisno etadi. Agar vaqt bo‘yicha 
ajratilgan raqamli aloqa liniyalari raqamli kommutatsiya tizimlari bilan uzatish traktining 
ikkala chetidan integratsiyalansa, u holda birlashtirish va ajratish qurilmalari istisno 
etiladi. 
To‘la integratsiyalangan tarmoqda signallar manbalari oldida nutq signallar 
raqamli shaklga o‘zgartiriladi va uni etkazilishi kerak bo‘lgan punktgacha saqlab qoladi. 
Undan tashqari, barcha stansiyalararo bog‘lovchi liniyalar bo‘yicha hamda barcha 
kommutatsiya tizimlarining ichki stansiya ulash liniyalari bo‘yicha signallarni uzatish, 
faqat vaqt bo‘yicha ajratilgan raqamli shaklda amalga oshiriladi.
Uzatish va kommutatsiya funksiyalarini integratsiyasi nafaqat uskuna hajmini 
kamaytirmay sezilarli darajada bitta chetki qurilmadan ikkinchisiga tovushni uzatish 
sifatini oshirishga yo‘l beradi. Ko‘p kara “analog – raqamli” va “raqam – analogli” 
o‘zgartirishlarni istisno etdi hamda xatolar koeffitsienti qiymati kichik bo‘lgan uzatish 
liniyalaridan foydalanib, nutq uzatishning yuqori sifatini olish mumkin, bu sifat faqat 
kodlash jarayoni bilan belgilanadi.
Xulosada butunlay integrallashgan raqamli aloqa tarmog‘iga o‘tilganda qanday 
foydalar olish mumkinligini ko‘rsatamiz: 
— shaharlararo aloqada nutqni uzatish sifati mahalliy aloqada nutqni uzatish 
sifatiga o‘xshash; 
— barcha raqamli kanallarning to‘rt simliligi raqamli kanallarning dupleksli 
to‘rtsimli ulanishini ta’minlaydi, undan tashqari aks sadoni yo‘q qiladi.
Signal/shovqin nisbatining kichik qiymatlarida ishlash imkoni. Raqamli tizimlarda
so‘zlashuvda, pauza vaqtida aniq kod kombinatsiyalarni uzatish ketadi. Unda pauza 
vaqtida uzatilayotgan signal quvvat sathi, nutq axborotini uzatish holidagidek. Modomiki 
signalni regeneratsiyalash amaliyotda uzatish muhitida paydo bo‘layotgan hamma 
shovqinlarni istisno qiladi, bo‘sh kanaldagi shovqinni uzatish liniyasi bilan emas, 
kodlash jarayonini bilangina aniqlanadi. SHunday qilib, analog tizimiga o‘xshash, nutq 
pauzasi shovqinning minimal darajasini aniqlaydi. 
Signalning regeneratsiyalash. Raqamli tizimning asosiy afzalligi bo‘lib, liniya 
traktida xatolikni paydo bo‘lish ehtimolligini juda kichik qilish mumkinligi hisoblanadi. 
Bu uzatish liniyalarining oraliq nuqtalariga regeneratorlar kiritish yo‘li bilan amalga 


oshiriladi. Regenaratorlar buzilishlarni topadi, raqamli signallarni regeneratsiyalaydi. 
Regeneratsiya yordamida signalga xalaqitlarning ta’sir natijasini lokallizatsiya qilish 
mumkin.
Boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishlarga moslashishi. Raqamli tizimlarda 
uzatishning sifati xatoliklar koeffitsienti bilan xarakterlaydi. Traktda xatolar koeffitsienti 
kichikligi kanallarni tashkil qilish oson. Agar foydalanuvchi xatolardan himoya usullarni 
qo‘llayotgan bo‘lsa, kanalda paydo bo‘luvchi xatolarning ta’sirini amaliyotda to‘liq 
istisno qilish mumkin. Bundan tashqari axborot uzatishda xabarning umumiy formati 
qo‘llaniladi. SHuning uchun xech qanday qo‘shimcha talablarsiz, hamma turdagi
signallarni (televizion, ma’lumotlarni uzatish va hokazo) uzatish mumkin. 
Ishchi tavsiflarni nazorat qilish mumkinligi. Signal tuzilmasini raqamli tizimdagi 
manba turidan mustaqilligi tufayli qo‘shimcha afzalliklar olish mumkin. Bu qabul 
qiluvchi signal qiymati uzatilayotgan axborot tabiatini bilmay, baholash mumkinligidan 
iborat. Raqamli tizim diskret darajali belgilangan impulslarni uzatadi. SHuning uchun 
signalning parametrlari nazoratlanadi. Raqamli liniyalar bo‘yicha uzatishning sifatini 
aniqlashning etarli umumiy usuli mavjud - bu axborot oqimiga juftlikka tekshirish 
qo‘shimcha bitlarni kiritish yoki signal shakliga kiritiladigan ortiqchalikning ba’zi bir 
ulushlarini nazoratlashdir. 
Maxfiylashtirish soddaligi. Raqamli shaklda tasvirlangan tovushli axborot engil 
maxfiylashtiriladi va harbiylarning diqqatini o‘ziga tortadi. 

Download 0,99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish