Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
Paketlarni optik kommutatsiyalashga (OPS) ega bo‘lgan
tarmoqlarda IP-trafik,
«paket ketidan paket» prinsipi bo‘yicha har bir marshrutizatorda qayta ishlanadi va
kommutatsiyalanadi. IP-paket sarlavhadan va foydali yuklamadan iborat.
Paket
sarlavhasi marshrutlash uchun zarur bo‘lgan axborotdan iborat va foydali yuklama kabi
haqiqiy ma’lumotlarni taqdim etadi.
OPS tarmog‘ining kelajakdagi eng oliy maqsadi - optik muhit ichida paket
sarlavhasini qayta ishlash. Texnologiyaning mazkur sathida bu mumkin emas.
Bunday
muammoning yechimi, optik muhitda foydali yuklamani saqlagan holda elektron muhitda
sarlavhani qayta ishlash hisoblanadi.
OPSning
asosiy afzalligi, chastotalar oralig‘ini taqsimlash uchun statik
zichlashtirishni qo‘llash yo‘li bilan chastota diapazonini qo‘llashni oshirish imkonidir.
Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
OBS
tarmoqlari, oldin ko‘rib chiqilgan ikkita WR va OPS tarmoqlarning
afzalliklariga ega. Bu yerda oraliq uzellarda buferlashtirish va elektr qayta
ishlashga xojat
qolmaydi. Ayni shu paytda OBS chegaralangan vaqt davomiyligida kanallarni zahiralash
yo‘li orqali tarmoqni qo‘llash koeffitsientini oshiradi.
OBS tarmoqlarida asosiy kommutatsiyalash birligi bu blokdir. Blok (burst), kirish
uzelidan chiqish uzeliga birgalikda uzatiladigan va oraliq uzellarda birgalikda
kommutatsiyalanadigan paketlar ketma-ketligidir.
Bloklar shakllanishi uchun bir
qancha yondashishlar mavjud, masalan:
agregatsiyaning chegaralangan vaqtiga ega bo‘lgan konteynerlash texnikasi
(Containerization with Aggregation-Time out, CAT).
Blok ikki qismdan iborat: sarlavha va ma’lumot. Boshqaruvchi blok (Control
Burst, CB)
deb ataluvchi sarlavha, birinchi beriladigan ma’lumotlar bloki (Data Burst,
DB) deb ataluvchidan alohida uzatiladi va uning DB siga mos kelishi uchun butun yo‘l
bo‘ylab chastota oralig‘ini zahiralaydi. Undan keyin DBning o‘zi SV uchun zahiralangan
yo‘l bo‘ylab harakatlanadi.
Nazorat savollari
1. Optik aloqa tizimlarida kommutatsiya turlari qanday?
2. Optik aloqa tizimlarida lambda kommutatsiya qanday amalga owiriladi?
3. Optik kommutatsiya usullarining istiqbollari.