- paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Packet
Switching, OPS);
- bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Burst
Switching, OBS).
To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (WR)da,
tarmoqning ikkita yakunlovchi bog‘lamalari orasida to‘liq optik to‘lqinli yo‘l yaratiladi.
Bu optik yo‘l
yorug‘lik yo‘li (lightpath) deb ataladi va 3.9-rasmda ko‘rsatilganidek yo‘l
bo‘ylab har bir zveno uchun to‘lqinli kanalni zahiralash yo‘li orqali yaratiladi.
1-rasm. Yorug‘lik yo‘lini hosil bo‘lishi
Barcha ma’lumotlar uzatilganidan keyin yorug‘lik yo‘li bo‘shaydi. WR tarmoqlari,
bir-biri bilan
ihtiyoriy topologiyalar orqali, optik tolali liniyalar bilan ulangan
optik
kross-konnektor (OXS)lardan tashkil topgan.
OXS qurilmalari, ma’lumotlar oqimini
qaysi kirish portiga tushganini va ular qanday to‘lqin uzunliklariga
egaligini farqlash
qobiliyatiga ega. Natijada yorug‘lik yo‘lining ikkita oxirgi nuqtalari orasidagi oraliq
bog‘lamalarda
birorta qayta ishlashni, ya’ni elektro-optik E/O o‘zgartirishni yoki
ma’lumotlarni buferlashni amalga oshirish zarurati tug‘ilmaydi.
Biroq WR tarmoqlarda, kanallarni kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoq turlari
kabi resurslarni statik taqsimlash qo‘llanilmaydi, bu esa mumkin bo‘lgan chastota
oralig‘ini juda past qo‘llashga olib keladi.