Yuqorida takidlanganidek RIP protokoli eng yaxshi marshrutni tanlashda xoplar
sonini metika sifatida oladi va qanchalik xoplar soni kam bo‘lsa bu marshrut eng yaxshi
marshrut sifatida qabul qilinadi. 5.8-rasmda tasvirlangan
tarmoqda paketlar A
marshrutizatordan XYZ tarmog‘iga etkizilishi lozim. Buning uchun bir necha marshrutlar
bor va marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘anish tezliklari ham turlicha. Bu tarmoqda
marshrutizatsiya RIP protokoli asosida ta’minlanganligi
sababli ham marshrut A-E-F
kabi marshrutizatorlar orqali tashkil etiladi (yashil uzlukli chiziqorqali tarsvirlangan).
Rasmdan ko‘rinadiki bu marshrutda marshrutizatorlar orasidagi bog‘lanish tezliklari
boshqa marshrutdagilarga nisbatan kichik. Lekin RIP protokolida marshrut tanlash
kriteriyasi marshrutizatorlarni bog‘lanish tezligiga asoslanmagan. SHunga qaramay paket
o‘tishi kerak bo‘lgan marshrutizatorlar soni ushbu marshrutda eng kam. SHu sababli bu
tarmoqda eng yaxshi marshrut sifatida A-E-F marshruti tanlangan.
Endi Cisco packet tracer dasturida marshrutizatorlarda
RIP protokoli yordamida
marshrutizatsiyani sozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi 5.9-
rasmda tasvirlangan tarmoqni tashkil etamiz.
2-rasm
Bu tarmoqda Router-1 ga ulargan 192.168.1.0 tarmoq va Router-3 ga ulangan
192.168.2.0 tarmoq o‘rtasida ma’lumotlar almashini uchun marshrutizatsiyani ta’minash
lozim. Buning uchun har bir marshrutizatorda marshrutizatsiya jadvalni xosil qilish
lozim, masalan RIP protokoli asosida.
Tasavvur qilamizki marshrutizatorlar orasidagma masofa etarlicha katta (ya’ni 100
metrdan ortiq) va ularni o‘zaro bog‘lashda o‘rama juftli mis o‘tkazgichli
kabellardan
(masalan UTP kabelidan) foydalanish imkonsiz. Bunday xolatda marshrutizatorlarni
o‘zaro bog‘lashda optik tolali kabellardan foydalanish o‘rinlidir. Natijada bir-biridan bir
necha km masofada joylashgan marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘lash imkoniyati paydo
bo‘ladi. Bunday ulanishni amalga oshirish uchun avvalo marshrutizatorlarni optik tolali
kabellarni ulash interfeyslari bilan jixozlash lozim. Bu loyixada qo‘llanilgan Cisco 2911
markali marshrutizatorlar dastlabki xolatda bunday interfeyslarga ega bo‘lmasada, ularda
kengaytirish slotlari mavjud (3-rasm).
a)
b)
3-rasm. Cisco 2911 marshrutizatorining kengaytirish slotlari. a- cisco packet
tracer
dasturida ko‘rinishi,b - real qurilmadagi ko‘rinishi
Bu slotlarga mos modullarni qo‘yish orqali marshrutizatorlarni qayta jixozlab,
ularni imkoniyatlarini ortirishimiz mumkin. Xususan marshrutizatorlarni optik interfeys
orqali ulanishini ta’minlash uchun bu slotlarga HWIC-1GE-SFP sloti o‘rnatiladi (5.11-
rasm).
4-rasm. Cisco 2911 marshrutizatorida optik tolali ulanish uchun HWIC-1GE-SFP
sloti. a-dasturda HWIC-1GE-SFP slotning tanlanishi, b – real xolatda HWIC-1GE-SFP
slotining ko‘rinishi.
Marshrutizatorni qayta jixozlashga kirishidan oldin albatta uni o‘chirish lozim.
Kerakli modullar o‘rnatib bo‘lingach qurilma qayta yoqiladi.