O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASIDAN XALQ DEPUTATLARI
TOSHKENT SHAXAR KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ETIB
KO‘RSATILGAN
SOBIROV O‘LMAS ALIQULOVICH
Sobirov O‘lmas Aliqulovich 1968
yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob
tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek.
Ma’lumoti – oliy. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Ixtisosligi – biolog.
Oilali. Uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyatini 1985–1986 yillarda Qashqadaryo viloyat “Abu
Ali Ibn-
Sino” nomli davolash maskani xizmatchisi vazifasidan boshlagan.
1996 - 2016 yillarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bo‘lim
boshlig‘i hamda inspeksiya boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.
2016-2018 yillarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etishda bevosita
ishtirok etib, “O‘rmon qonunchiligi talablari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi”
boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi - “Bioxilmaxillik va
muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar masalalari bo‘yicha boshqarma” boshlig‘i.
2020-2022 yillarda “Atrof muhit ifloslanishini muvofiqlashtirish va
monitoring qilish boshqarma” boshlig‘i lavozimlarida hamda 2022 yil 13 oktabrdan
O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi – “Atrof
muhit va tabiatni
muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Ekotizim xizmatlari va
normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi” boshlig‘i, 2023 yil 13
apreldan
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof – muhitni
muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi Yashil makon umumilliy loyihasini tashkillashtirish va
monitoring boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.
2009 yili O‘zbekiston Respublikasining “Shuhrat”
medali davlat mukofoti
bilan taqdirlangan.
Sobirov O‘lmas Aliqulovich O‘zbekiston Ekologik partiyasining
dasturida ilgari surilgan maqsadlardan kelib chiqib, o‘zining saylovoldi
dasturida quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini muhim deb
hisoblaydi:
Aholiga qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini himoya qilish;
Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash;
Oqava suv tarmoqlarini tozalash usullarini rivojlantirish va samaradorligini
oshirish;
Suv havzalari va kanallarni ifloslantirishga qarshi
kurashish va ularning
sanitariya himoya zonalarini himoya qilinishini ta’minlash;
Mahallalarda mavjud chiqindi tashlash shaxobchalarini talab darajasiga
keltirish;
Ta’lim tizimida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish;
“Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish;
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish;
Yoshlar, xotin-qizlarning ekologik muhitni rivojlantirishdagi faol ishtirokini
tashkil etish;
Ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish;
Shaharda keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.
Sobirov O‘lmas Aliqulovich 53-Turkiston
saylov okrugidan Xalq deputatlari
Toshkent shahar Kengashi deputatligiga
nomzod etib ro‘yxatga olingan.