Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi




Download 24.18 Kb.
bet1/4
Sana10.01.2023
Hajmi24.18 Kb.
#37893
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza matn
руйхат, 1403085176 43336, SITRUS-MЕVALI-OSIMLIKLAR-NAVLARINING-TAVSIFI., Allan Piz - Tana tili, Issiqlik jarayonlarini rostlash ATV DAN, Islom dini asosiy oqimlari va yo, Konchilik sanoatida ishlatiladigan o, 43862, Baxshichilik san`ati, Chet el kompozitorlar hayoti va ijodi V.A.Motsart misolida, Maktabgacha ta`limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil etish

2-Mavzu: Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi.

O‘rta asr farmatsiyasi va dori texnologiyasi tarixida salmoqli 0‘rinni arab va 0‘rta Osiyo olimlari olgan. Bu borada tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino (980-1037) alohida o‘rin tutadi.


Uning «Tib qonunlari» nomli 5 jildli asari yunon, rum, hind va 0‘rta Osiyo olimlarining tibbiyot sohasidagi fikrlari majmuasi sifatida yoritilgan.
Bunda Abu Ali ibn Sino o‘zining tibga oid asarlarida, xususan, «Tib qonunlari»ning ikkinchi va beshinchi kitoblarida 810 ta sodda (yakka) va 275 ta murakkab dorilarni bayon ctgan. Juda ko‘p murakkab dorilaming 2-3 va undan ham ortiq nusxalarini (variantlarini) keltirgan. Bundan tashqari, Ibn Sino 64 xil yurak dorilarini alohida bayon etgan. Shularning hammasini hisobga olsak, Ibn Sino koTsatgan murakkab dorilarning soni 400 dan ortib kctadi.
Ibn Sino dorilarning xossalari haqida so‘zlab, birinchi galda, ularning issiqlik, sovuqlik, ho'llik va quruqlik xususiyatlariga to‘xtaladi. Bu xususiyatlarni u mizoj deb ataydi. Demak, Ibn Sinoning fikricha, dori moddalarining asosiy xususiyatlari ularning mizojlaridir. Uning yozishicha, dorilarning mizoji odam mizojidan farq qiladi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, odam mizoji odamdan boshqada bo‘lmaydi. Shuningdek, dori mizoji ham har bir dori uchun o‘ziga xosdir. Ibn Sinoning ko’rsatishicha, dorilardagi mizoj ikki xil bo‘1adi. Birinchi xili unsurlarda bo‘ladigan dastlabki aralashma mizojdir. Ikkinchisi, o'zlarining maxsus
mizojlari bo'lgan bir necha moddalar aralashmasidan paydo bo‘Igan o'rtacha mizojdir. Masalan, taryak (k) ning mizoji shundaydir. Taryak tarkibiga kirgan sodda doTilardan har birining o'ziga xos mizoji bo'lib, bular aralashib, ikkinchi mizoj hosil qiladilar. Ibn Sinoning yozishicha, har bir dorida o‘zining ta'sir etish quvvati bo‘lib, bu xususiyat odam organizmida o'zgarishga uchraydi. Bunda Ibn Sino o‘sha zamondagi dorilar haqidagi nazariy tushunchaga asoslangan. 0‘rta asrlarda dori- larning xususiyati va ta'sir etish quvvati nazariy jihatdan quyidagicha tushunilgan: har bir dori qabul qilinganidan so‘ng inson tanasida singadi va undagi tug‘ma haroratning ta'sirida faollashadi. Undagi quvvat bilquvva (potensial) holatdan bilfe'l (kinetik) holatga o‘tadi. Shundan keyingina dori o‘z ta'sirini ko'rsatadi. Ibn Sino dorilarning odam tanasiga va uning kasalliklariga ta'siri masalasiga shu nuqtayi nazardan qaragan. Ibn Sino biror doridan foydalanishdan oldin uning ta'sirini sinab ko‘rish kerakligini ta'kidlaydi. U dorilarni sinab ko‘rishning ikki usulini ko'rsatgan. Birinchisi tajriba usuli, ikkinchisi solishtirma usul.
Tajriba usulida sinab ko‘rish, albatta, odam tanasida olib borili- shi kcrak, chunki dori odam tanasiga, hayvon tanasiga nisbatan bosh- qacharoq ta'sir ko'rsatishi mumkin, Demak, Ibn Sinoning fikricha, dori moddalarining mizoji ularning qanday organizmga ta'sir ctishiga qarab turlicha bo'ladi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, tajriba usuli bilan dorini sinab ko'rishda ma'lum sharoitlar mavjud bo'lishi kerak. Birinchidan, tajribadan o'tkaziladigan dorida araziy xususiyatlar bo’lmasligi zarur. Ikkinchidan, tajriba o'tkaziluvchi kishi faqat bitta kasallik bilan og‘rigan bo'lishi kerak. Uchinchidan, dori o‘z kuchi jihatidan o‘ziga tcng keiadigan kasallikka qarshi ishlatilishi lozim. Solishtirish yo'li bilan tekshirishda dorilarning «olovdek» bo'lishi, ya'ni qizishning tezligi yoki sustligi, qotishning tezligi yoki sckinligi, shuningdek ular hidining o‘tkirligi va mazasi solishtirib ko'riladi. Moddasining tuzilishidagi siyrakligi va zichligi teng bo'lgan dorilarning qaysi biri qizishni tezroq qabul qilsa, u sovuqroq boMadi. Bir xil tuzilishga ega boMgan dorilardan qaysi biri tczroq qotsa, shunisi sovuqroq boMadi. Ibn Sino bu xususiyatlarni tug‘ma xususiyatlar deb ataydi. Dorilarni tekshirishda yana qaynatish, yanchish, olovda qizitish, sovuqda qotirish, yuvish, boshqa dorilarga taqqoslash usullaridan foydalaniladi. Shu yoMlar bilan dorilarning xusu- siyati aniqlanadi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, bu yerda shunga e'tibor berish kerakki, dorilar ichida jismlari shunday zich tuzilganlari borki,
ular qattiq qaynatilmaguncha quvvati ajralmaydi. Ular ichida o'rtacha qaynatiladiganlari ham mavjud. Dorilar orasida qattiq yanchish natijasida buziladiganlari ham bor, ularni sckin tuyish kcrak. Dori qancha mayda- lansa, u o‘z kuchini shuncha yo'qotadi. Dorilarning mazasi ham ularning qanday mizojli ekanini ko‘rsatadi. Masalan, achchiq, o'tkir mazali, o‘tkir hidli, sho‘r moddalar issiq mizojli boMadilar. Nordon burishtiruvchi va mozi mazali dorilar sovuq mizojlidirlar. Ibn Sinoning yozishicha, har bir ta'mning o‘ziga xos ta'siri bor. Masalan, shirinlikning ishi yetishtirish, achchiqlikning ishi tozalash va dag'allashtirish. Mozi mazaning ishi, agar uning quvvati kuchsiz bo‘lsa, quritish boMib, quvvati kuchli bo‘lsa, zichlashtirishdir. Burishtiruvchi mazaning ishi burishtirish, zichlash va qotirish. Yog‘ mazaning ishi yumshatish, sirg'antirish va birozgina yetishtirishdir. 0‘tkir mazaning ishi eritish, parchalash va chiritish. Sho‘r mazaning ishi tozalash, yuvish, quritish hamda chirishga yo‘1 qo'ymaslikdir. Ibn Sinoning yozishicha, ba'zan ikki xil maza bir jismda mujassamlanadi. Masalan, o‘tkir maza bilan shirin maza. Achchiqlik o'tkir maza va burishtiruvchi maza baqlajonda. Achchiqlik bilan mazasizlik sachratqida to'plangan. Ibn Sinoning yozishicha, dorilardagi har xil ta'mlar davo xususiyatiga ega. Masalan, achchiq maza bilan mozi maza aralashganda ular tozalovchi va burishtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Ibn Sino zamonida dorilar o'simliklardan, ma'danlardan va hayvon a'zolaridan olingan. Sintetik moddalar boMmagan. Ibn Sinoning o‘zi ham asosan shu uch manbani ko'rsatgan. U o'simliklardan olinadigan dorilarga ko‘proq ahamiyat bcrgan. Ularni qay vaqtda yig'ish, saqlash, ishlatish usullarini juda batafsil bayon ctgan. Bu umumiy maMumotlardan keyin Ibn Sino oddiy va murakkab dorilar ustida alohida to‘xtaladi.

Download 24.18 Kb.
  1   2   3   4




Download 24.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi

Download 24.18 Kb.