Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi




Download 24.18 Kb.
bet2/4
Sana10.01.2023
Hajmi24.18 Kb.
#37893
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza matn
руйхат, 1403085176 43336, SITRUS-MЕVALI-OSIMLIKLAR-NAVLARINING-TAVSIFI., Allan Piz - Tana tili, Issiqlik jarayonlarini rostlash ATV DAN, Islom dini asosiy oqimlari va yo, Konchilik sanoatida ishlatiladigan o, 43862, Baxshichilik san`ati, Chet el kompozitorlar hayoti va ijodi V.A.Motsart misolida, Maktabgacha ta`limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil etish, Elektron ta’lim bozorining rivojlanishi va ta’lim platformalari, dramatik asar, Axrorali
Oddiy dorilar. Ibn Sino oddiy dorilarni, ularning ta'siri va xossasiga qarab 64 xilga bo’lgan. Shular orasida erituvchi, tozalovchi, yetishtiruv- chi, ovqatni hazm qildiruvchi, yellarni haydovchi, og'riq qoldiruvchi, quvvat beruvchi, burishtiruvchi, xiltlarni quyultiruvchi, suyultiruvchi, shimdiruvchi, ich suruvchi va hokazo dorilarni sinab ko‘rsatgan. Bu ycrda Ibn Sino shu dorilarga zid ta'sir etuvchi moddalarni ham ko'rsatib bcrgan va ularni ham dori deb atagan. Masalan shundaylardan sasituvchi, xomga aylantiruvchi, ichni dam qiluvchi, bo'shashtiruvchi, so‘ndiruvchi, yara paydo qiluvchi, kuydiruvchi, shiluvchi kabi moddalarni ko‘rsatgan. Turli kasalliklarda ishlatiladigan shish va toshmalarda qoMlanadigan 42 xil dori, shular qatorida saraton, oMatga qarshi tavsiya etilgan dorilar ham bor. Ibn Sino dabbani ham shishlar qatoriga kiritib, unga ham dori tavsiya etgan.
Bo‘g‘im kasalliklarida ishlatiladigan 23 xil dorini ko'rsatgan, ammo nima uchundir shu dorilar qatoriga asab kasalliklarida qo'llanadigan moddalarni ham kiritgan. Bosh a'zolari kasalliklarida ishlatiladigan 60 xil dorini bayon ctgan. Bu yerda Ibn Sino bosh a'zolari qatoriga quloq, burun, tish, milk, til kabi a'zolarni ham qo‘shgan. Yana Ibn Sino foyda beruvchi dorilar bilan zarar keltiruvchi dorilarni ham sanab o‘tgan. Masalan, tutqanoq paydo qiluvchi, tishlarni tushiruvchi, xotirani susay- tiruvchi moddalarni ko'rsatgan. Bularni ham dori deb atagan.
Me'da-ichak a'zolari kasalliklarida ishlatiladigan 46 ta dori bayon qilingan. Shulardan 13 tasi me'da va jigarga zarar keltiruvchi dorilardir. Masalan, me'dani bo‘shashtiruvchi, tashnalik paydo qiluvchi, me'dani dam qiluvchi, jigarda tiqilmalar hosil qiluvchi, sariq kasalligini keltirib chiqaruvchi, istisqo paydo qiluvchi, isitmalarda ishlatiladigan 18 xil dori keltirilgan. Ular isitmani qaytarish yoki pasaytirish uchun qo’llanilgan. Ibn Sino pardozga ishlatiladigan moddalarga ham to'xtalib o‘tgan. U bunday moddalardan 60 xilini kcltirgan. Bular ichida badanni toza- lovchi, dog‘larni ketqazuvchi, sepkilni yo'qotuvchi va bo‘yni o‘stiruvchi dorilar bor.
Ibn Sino har bir dorini bayon qilishda dastlab uning qanday dori ekanligini ko'rsatadi. So‘ng dorilarning xususiyati, undan keyin xossalari, ta'siri va nihoyat, uning qanday kasallikda ishlatilishi bcriladi.

Download 24.18 Kb.
1   2   3   4




Download 24.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi

Download 24.18 Kb.