Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi




Download 24.18 Kb.
bet3/4
Sana10.01.2023
Hajmi24.18 Kb.
#37893
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza matn
руйхат, 1403085176 43336, SITRUS-MЕVALI-OSIMLIKLAR-NAVLARINING-TAVSIFI., Allan Piz - Tana tili, Issiqlik jarayonlarini rostlash ATV DAN, Islom dini asosiy oqimlari va yo, Konchilik sanoatida ishlatiladigan o, 43862, Baxshichilik san`ati, Chet el kompozitorlar hayoti va ijodi V.A.Motsart misolida, Maktabgacha ta`limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil etish, Elektron ta’lim bozorining rivojlanishi va ta’lim platformalari, dramatik asar, Axrorali
Murakkab dorilar. Ibn Sino «Tib qonunlari»ning butun bir kitobini (2-kitob) oddiy (yakka) dorilarga bag‘ishlagan bo'lsa ham, amalda u ko‘proq murakkab dorilar ishlatishning afzalligi haqida so'zlab, bunday deb yozgan: - «Ba’zan biz biror kasallik uchun aynjqsa, murakkab kasallik uchun oddiy dori topolmaymiz. Ko‘pincha murakkab dorilar ham bemorni davolashda uning kasalligiga biz istagan darajada ta'sir qilolmaydi. Bunda biz doriga uning kuchini oshiruvchi modda qo‘shishga majbur bo'lamiz. Ba'zan esa biz tanlagan dori kasallikka yaxshi ta'sir etadi. Ammo boshqa tomondan bemorning tanasiga zarar yetkazadi. Bunda biz mazkur dorining zararli tomonini kesadigan modda qo‘shishimiz lozim. Boshqa bir holda dori kasallikka yaxshi ta'sir qiladi, lekin u juda achchiq yoki hidi badbo‘y boMadi. Bemor uni icha olmaydi, ichsa ham ko‘ngli aynib qayt qilib tashlaydi. Bunday holda biz dorining
achchiq ta'mini va badbo'y hidini yo'qoladigan modda qo'shishimiz kerak bo‘ladi».
Ibn Sino shularga o'xshash yana bir qancha dalil keltirib, murakkab dorilar ishlatishning afzalligini isbotlab bergan. Ibn Sinoning yozishicha, murakkab dori shu doiraga kirgan moddalarning oddiy yigindisi emas, balki u yangi sifatdir. Murakkab dori oddiy doriga nisbatan kuchliroq foydali ta'sir etadi.
Ibn Sino murakkab dorilarni ularning tarkibi, xususiyatlari, ta'siri va qaysi kasallikda qanday holda ishlatilishiga qarab quyidagi guruhlarga ajratgan: taryaklar, ma'junlar, irojlar, juvorishinlar, kukun dorilar, hab dorilar, bolalarning og'ziga quyiladigan dorilar, yalanadigan dorilar, sharbatlar, anbajlar, kulchalar, qaynatmalar, yog'lar, malhamlar, quyuq dorilar.
Ibn Sino yuqorida keltirilgan har bir guruh dorining tarkibi, xusu- siyati va ta'sirini ko'rsatish bilan birga, ularning qaysi biri qanday kasal- likda va qay shaklda qo'llanishini mufassal bayon etgan. Bu dorilardan taryaklarni ahamiyati va muhimligi jihatidan birinchi o'ringa qo'ygan. Taryak Ibn Sinodan ham ilgari keng qo'llanib kelingan, juda murakkab tarkibga ega bo'lgan dori. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, bu dorini qadimgi Rim imperatori Neronning saroy tabibi Andromaks kashf etgan. Bu dori tarkibiga uning xiliga qarab 60 dan ortiq har xil moddalar kiradi.
Taryakning eng yaxshisi taryak foruk deb ataladi.
Bu dori asosan har xil zaharlar va zaharlanishlarga qarshi ishlatilgan. Zaharning kuchini qirquvchi dori hisoblangan. Bu haqda Ibn Sinoning o'zi taryak murakkab dorilarning eng yaxshisidir, chunki u ko‘p narsalarga foyda qiladi, xususan, ilon, chayon va quturgan it zahariga hamda ichilganda o‘ldiruvchi zaharlarga qarshi ta'sir qiladi va bir qancha kasalliklarni davolaydi dcb yozgan. Ammo bu dori moxov kasalligi va pes (vitiligo)ni ham tuzatadi, deb xato fikr yuritgan.
Ma'junlar har xil dorilarni qo'shib ularni aralashtirib, asal, sut, yog‘ kabi mahsulotlarga qorishtirib tayyorlangan bo'tqasimon dorilardir. Masalan, taryak ma'juni shunday dori hisoblanadi va u taryak bo'tqasi dcb ataladi.
Irojlar haqida Ibn Sino: «Bu dori tuzatuvchi surgining nomidir. Uning lug'aviy ma'nosi ilohiy dori demakdir», deb yozgan.
Sharbatlar va quyultirilgan shiralar. Ibn Sino sharbat bilan quyul- tirilgan shiralar haqida so‘zlab, quyultirilgan shira deganda mevalardan
siqib olingan suvning o‘z holicha quyultiriiib qiyom qilinganini tushungan. Sharbat esa qaynatma va siqib olingan suvlarning birorta shirinlik bilan qo‘shib qiyom qilinganidir, deb yozadi.

Download 24.18 Kb.
1   2   3   4




Download 24.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modulning buyuk asoschilari: Buqrot. Abu Ali ibn Sino XVIII-XIX asrlarda fanga qo’shgan hissasi

Download 24.18 Kb.