• Miqdorini hisoblaymiz!
  • Bunda: 5 ml. – 1 choy qoshiq; 15 ml. – 1ta osh qoshiq; 200 ml. – 1 stakan. Keragidan oshib ketsa-chi
  • Farmatsevtik kimyo




    Download 148.77 Kb.
    bet1/3
    Sana27.03.2024
    Hajmi148.77 Kb.
    #178527
      1   2   3
    Bog'liq
    Farmkimyo 3-m.ish
    loyiha material, Қўшма хат Тарбия фани ўқитувчилари малака тоифаси бўйича, AYRIM QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI SELEKSIYASI VA URUGCHILIGI OQUV, Mikrobilogiya 01.06, rengent diagnostikasi, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Fayzullayev Farhod, 1 ppt, Investt1, 450-451-452-453-454-23 SPPuz guruhlarga mustaqil ishlar, Urugvay korrupsiya, 200304 uzbek, 6-m.Kabel tizimlarini o’rnatish va sinovdan o’tkazish, 7-m.Ethernet-koaksial (qalin va ingichka) kabeli., 10-m.TCP-IP protokoli stekasi va stek manzillaridan foydalanish


    Alfraganus universiteti Farmatsevtika yo’nalishi
    “Farmatsevtik kimyo” fanidan
    Mustaqil ta’lim ishi
    Bajardi:Samadov Laziz
    Tekshirdi:Alixodjayeva M.I
    Jalilov F.S



    Alfraganus 2023

    Dori vositasini qabul qilishda uning miqdori qanday aniqlanadi?


    Reja:

    1. Dori vositalarining miqdoriy ko’rsatkichlarini aniqlash usullar

    2. Kimyoviy usullar

    3. Fizikaviy usullar

    4. Fizikaviy-kimyoviy usullar;

    Miqdorini hisoblaymiz!
    Shifokor biror dori vositasini qabul qilishni tavsiya qilar ekan, bemorning yoshi, jinsi, kasallik darajasi va baʼzi hollarda tana vazniga eʼtibor beradi.
    Kichkintoylar uchun
    Bolalarga mo‘ljallangan dori vositalarida miqdorini hisoblash uchun qoshiqchalar yoki maxsus naychalar mavjud. Yo‘riqnomada bolaning yoshiga mos ko‘rsatkich berilgan bo‘lsa, preparat qoshiqchasida o‘lchash lozim. To‘g‘ri, baʼzi dori vositalarida o‘lchagichlar bo‘lmaydi. Ammo yo‘riqnomada ko‘rsatilgan miqdoriga qarab, oshxona qoshiqlaridan foydalanish mumkin. Bunda:
    5 ml. – 1 choy qoshiq;
    15 ml. – 1ta osh qoshiq;
    200 ml. – 1 stakan.
    Keragidan oshib ketsa-chi?
    Bosh aylanishi, ko‘ngil behuzur bo‘lishi, bosh og‘riqlari, qayd qilish, holsizlik, harakatlanish sustligi kabi holatlar qabul qilayotgan dori preparatining nojo‘ya taʼsiri yoki miqdorining oshib ketishi asoratidir. Bunday vaziyatlarda kattalar uchun oshqozonni tozalash maqsadida qayd qilgandan so‘ng achchiq damlangan choy ichish tavsiya etiladi.
    Bordi-yu, ahvolingiz og‘irlashib borayotganini his etsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. «Ortiqcha miqdorda dori ichib yubordim», deya sut yoki qatiq bilan “muolaja” boshlamang.
    Gravimetrik (tortma) usul – 88 – Bu usulning mohiyati, tekshiriluvchi moddani, uning eritmasidan tegishli reaktiv ta’sirida cho‘kmaga o‘tkazib, so‘ngra uni ajratib olish, yuvish va doimiy og‘irlikkacha quritib, tortish hamda chiqqan massa og‘irligi asosida miqdorini aniqlashdir. Gravimetrik usul o‘zining birmuncha to‘g‘ri va aniq natija berishi bilan boshqa usullardan farqlansada, ammo tahlilni amalga oshirish jarayoni ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi.
    a SHuning uchun ham, farmatsevtika tahlilida undan kam foydalaniladi. Davlat farmakopeyasi ushbu usulni xininning tuzlari, bigumal, tiopental-natriy, tiamin bromid, benzilpenitsillin, progesteron kabi preparatlar miqdorini aniqlashda tavsiya qiladi. Xinin tuzlari va bigumalni gravimetrik usul bo‘yicha aniqlashda, ularning eritmalaridan natriy gidroksid eritmasi, tiopental-natriyni esa uning eritmasidan xlorid kislota ta’sirida asos holida cho‘ktirib aniqlanadi. (C20H24N4O2)2·H2SO4 +2NaOH →2C20H24N4O2↓+Na2SO4 + 2H2O
    C11H16ClN5·HCl + NaOH→ C11H16ClN5 ↓+ NaCl + H2O
    C11H17N2NaO2S + HCl → C11H17N2O2S↓ + NaCl
    \Asos holida cho‘ktirilgan xinin va tiopentalni xloroform, bigumalni esa efir yordamida ekstraksiya qilib ajratib olinadi. So‘ngra organik erituvchilarni bug‘latib va idishda qolgan qoldiqni doimiy og‘irlikkacha quritib tortiladi. Progesteronni ma’lum sharoitda quyidagi tenglama bo‘yicha 2,4-dinitrofenilgidrazon birikmasiga, benzilpenitsilinni esa — etilpiperidin bilan qo‘sh molekulyar tuziga o‘tkazib, so‘ngra ularni tortma usulida aniqlanadi.

    Download 148.77 Kb.
      1   2   3




    Download 148.77 Kb.