URUGVAYNING
QISQACHA TARIXI
Urugvay (ispancha: Uruguay),
Urugvay Sharq Respublikasi
(ispancha: República Oriental del Uruguay) —
Janubiy
Amerikaning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni
181,034 km². Aholisi 3,5 mln, ularning deyarli 2
mln ni Urugvay
ning poytaxti va metropoliten (eng katta) hududi bo'lgan
Montevideo da istiqomat qiladi. Maʼmuriy jihatdan 19
departamentga boʻlinadi. Shuni eslatib oʻtish joizki, Urugvay
tarixdagi 1-jahon chempioni boʻlgan davlat. Urugvay —
respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1967-yil
kuchga kirgan va
1997-yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u toʻg‘ri
umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun
chiqaruvchi hokimiyatni vakillar
palatasi va senatdan iborat
boʻlgan Kongress (yoki Bosh Assambleya),
ijrochi hokimiyatni
prezident amalga oshiradi. Prezident
Vazirlar kengashini
tayinlaydi.