• 1.Elektr yuritma mexanik qismining dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari.
  • Elektr yuritma mexanik qismining elementlari
  • Krivoship-shatun
  • 2. Elektromexanik tizimda qarshilik kuchlari va momentlar
  • 3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi
  • Elektr texnologiyasi




    Download 0.63 Mb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.63 Mb.
    #172565
    Bog'liq
    Ma\'ruza 2
    12, MUNDARIJA, Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 8-maʼruza-matni, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 9, 7

    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “ELEKTR TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI “ELEKTR YURITMA ASOSLARI” fanidan “ELEKTR YURITMANING HISOB SXEMASI. MEXANIZMLARNING ANDOZAVIY KINEMATIK SXEMASI” mavzusidagi ma’ruzasi

    Ma’ruzachi: XUDOYBERDIYEV U.

    JIZZAX – 2023

    Reja: 1.Elektr yuritma mexanik qismining dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari. 2. Elektromexanik tizimda qarshilik kuchlari va momentlar. 3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi.

    1.Elektr yuritma mexanik qismining dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari.


    1.Elektr yuritma mexanik qismining dinamik modeli deb, motordan uzatilayotgan energiyani ijrochi mexanizmga uzatuvchi yoki bir necha qismlardan tashkil topgan ijrochi mexanizmdan iborat tizim modeliga aytiladi
    2.Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasi deb, motordan olingan mexanik energiyani ijrochi mexanizmga uzatuvchi qism va ijrochi mexanizm/mexanizmlardan iborat bo’lgan sxemaga aytiladi.
    3.Elektr yuritma mexanik qismining elementlari – bu mexanik harakat turini bir shakldan boshqa shaklga o’zgartirish yoki momentni oshirish uchun qo’llaniluvchi uzatish qurilmalariga aytiladi. Bunday elementlarga:
    • Reduktor;
    • Tishli-reyka uzatkich;
    • Krivoship-shatun;
    • Yuk ko’tarish barabani;
    • Vint-tebranma gayka

    Elektr yuritma mexanik qismining elementlari

    Reduktor – uzatilayotgan mexanik harakatning burchak tezligini o'zgartiradi.

    Tishli-reyka uzatkich w burchak tezlik bilan aylanayotgan tishli g'ildirakning aylanma harakatini reykaning chiziqli tezligi v ga teng bo‘lgan chiziqli harakatga aylantirib beradi.

    Krivoship-shatun o‘zgarmas burchak tezlik w bilan aylanayotgan krivoshipning aylanma harakatini polzunning o‘zgaruvchan chiziqli ilgarilama-qaytma harakatga aylantirib beradi.

    Vint-tebranma gayka ma’lum bir burchak tezlikni ilgarilanma-qaytma harakatga aylantirish uchun qo’llaniladi.

    Elektr yuritma mexanik qismining elementlari


    2
    1
    3
    4

    2. Elektromexanik tizimda qarshilik kuchlari va momentlar

    • Elektr yuritma ish bajarish jarayonida uning harakatiga turli kuchlar ta’sir qiladi. Bunday kuchlar ishqalanish kuchi yoki og’irlik kuchi bo’lishi mumkin.
    • Mexanik uzatmalarning harakatiga ishqalanish kuchi, yukni ko’tarish yoki tushirish jarayonida og’irlik kuchi ta’sir qiladi

    2. Elektromexanik tizimda qarshilik kuchlari va momentlar

    • Dvigatel validagi harakatga qarshilik ko’rsatuvchi momentga statik moment deyiladi. Statik moment 2 turga :
    • Aktiv;
    • Reaktiv bo’linadi
    • Aktiv moment motor valiga doimiy

      ta’sir ko’rsatib turadi.

      Reaktiv moment

      Vaqtning ixtiyoriy qismida hosil bo’lib,

      ishqalanish kuchi, o’girlik kuchi

      va kuchlar ko’rinishida

      namoyon bo’lishi mumkin


    Aktiv moment
    reaktiv moment

    3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi

    Elektr yuritmaning harakat tenglamasi motor va unga biriktirilgan mexanik zvenoda hosil bo’luvchi momentlar va ular harakatiga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlarni hisoblash uchun qo’llaniladi.Quyida sodda ko’rinishdagi elektr yuritmaning harakat tenglamasi keltirib o’tilgan:

    Foydalanilgan adabiyotlar 1. O.Xoshimov, S.Saidaxmedov “Elektr yuritma asoslari” Toshkent-2010 2. A.T. Imomnazarov “Neft va gaz konlarining elektr jihozlari” 3. Internet manbalari: www.google.com, https://ru.wikipedia.org/, http://torque-vectoring.belisso.com/


    Download 0.63 Mb.




    Download 0.63 Mb.