• Lizing haqida batafsil ma’lumot
  • Fan: Investitsiya va innovatsiyalar Mavzu: Lizingning afzalliklari Bajardi: Usmonov humoyun




    Download 2,38 Mb.
    bet1/4
    Sana08.12.2023
    Hajmi2,38 Mb.
    #114084
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Investt1

    Fan:Investitsiya va innovatsiyalar Mavzu: Lizingning afzalliklari

    Bajardi: Usmonov humoyun

    Reja:

    • Lizing tushunchasi
    • Lizing haqida batafsil ma’lumot
    • Lizingning afzalliklari
    • Xulosa

    Lizing tushunchasi

    Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.

    Lizing haqida batafsil ma’lumot

    • Lizing (ing. lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri. Lizingning, asosan, moliyaviy va oddiy turi bor. Moliyaviy lizing — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy lizing— ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. Lizing kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.

    Lizing investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. Lizing korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi.


    Download 2,38 Mb.
      1   2   3   4




    Download 2,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: Investitsiya va innovatsiyalar Mavzu: Lizingning afzalliklari Bajardi: Usmonov humoyun

    Download 2,38 Mb.