• Kukunli metallurgiya
  • Mexanik usullarda
  • Sharli tegirmon
  • Mashinasozlik materiallari 11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #149148
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Engineering materials - lecture 11



    MASHINASOZLIK MATERIALLARI 
    11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari.
     
    O’ta qattiq materiallar. 
    Sintetik olmos va nitrid bor kompozitlari 
    Maruzachi: Jamshidbek Khasanov 
     
    Kukunlarning 
    olinish 
    usullari
    Kukun 
    metallurgiyasi 
    usullari 
    bilan 
    suyultirilganda bir-birida erimaydigan metallardan, shuningdek qiyin eriydigan va 
    o‘ta toza metallardan qotishmalar olish mumkin. Kukunli metallurgiyada 
    xomakilar, shuningdek, aniq o‘lchamli turli detallar tayyorlanadi. Kukunli 
    metallurgiya g‘ovak materiallar va ulardan detallar, shuningdek, ikkita 
    (bimetallar) yoki turli metallar va qotishmalarning bir necha qatlami ko‘rinishidagi 
    detallar tayyorlash imkonini beradi. Kukunli metallurgiya usullari otashga 
    chidamliligi, yeyilishga chidamliligi yuqori, kattiqligi katta, belgilangan barqaror 
    (magnit xossali, shuningdek alohida fizik-kimyoviy, mexanik va texnologik xossali 
    detallar olish imkonini beradi. Bunday detallarni quyish va bosim ostida ishlash 
    yuli bilan olish mumkin emas. 
    Kukun materiallardan detal va buyumlar olish prosessi metall kukunini tayyorlash, 
    ulardan shixta tuzish, presslash, zagotovkani pishirishdan iborat. Metall kukunlari 
    mexanik va fizik-kimyoviy usullar bilan olinadi. 
    Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab, suyuq metallarni esa 
    kimyoviy tarkibini o‘zgartirmasdan to‘zitib hosil qilinadi. Mo‘rt qattiq 
    materiallarni maydalash uchun sharli, uyurma va vibratsion tegirmonlardan 
    foydalaniladi. Ishlov beriladigan material po‘lat yoki cho‘yan sharlarning zarbiy 
    yoki ishqalovchi ta’siri bilan maydalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar 
    bilan olishda ularning ifloslanishini hisobga olish zarur. 
    Sharli tegirmon po‘lat barabandan iborat bo‘lib, unga maydalovchi sharlar va 
    maydalanadigan material solinadi. Sharli tegirmonda olingan kukun zarralari 100-
    1000 mkm o‘lchamli noto‘g‘ri ko‘pyoqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Uyurma 
    tegirmonlarda maydalash sharli tegirmonlarga nisbatan tezroq kechadi. Uyurma 
    tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib, qarama-qarshi tomonlarga aylanib, 
    o‘zaro kesishuvchi havo oqimlari hosil qiladi. Kameraga solingan material (sim 
    bo‘lagi, qirindi, qiyqimlar va boshqa mayda bo‘lakchalar) ni havo oqimi ilashtirib 
    olib ketadi, ular o‘zaro bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o‘lchamli 
    zarralarga maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar tarelka ko‘rinishida, chetlari 
    arrasimon bo‘ladi. 


    Mo‘rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish uchun vibrasion 
    tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng unumli bo‘lib, ularning ishi 
    po‘lat shar va silindrlarning tegirmon barabanining katta chastotali aylanma 
    tebranma harakati tufayli maydalanadigan materialga govori chastota bilan ta’sir 
    qilishiga asoslangan. 
    Qalay, ko‘rg‘oshin, alyuminiy, mis, shuningdek temir va po‘lat kukunlarini olish 
    uchun havo, suv, bug‘ yoki inert gazlar kinetik energiyasi bilan suyuq metallni 
    to‘zitish usulidan ham foydalaniladi. Olingan kukun zarralari 50-350 mkm 
    o‘lchamli bo‘lib, sferik ko‘rinishga yaqin. 

    Download 1,15 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik materiallari 11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari

    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish