• Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar
  • 1-savol bayoni
  • Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda
  • 13 – Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi. Ma’ruza rejasi




    Download 84.78 Kb.
    bet1/15
    Sana17.04.2024
    Hajmi84.78 Kb.
    #198377
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    13-mavzu.Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi
    Qdimgi xtoy taqvimi(1), hayot hafsizligi 3-mavzu, mehriha atamdam, 1-sinf Chiroyli yozuv to\'garak tayyor., Корхона мустакил хужалик юритувчи бозор субъекти, 9HUJJATLASHTIRISH, Жамиятнинг фалсафий тахлили, MzE0MTI5NjYyMzAwMjdfODU5NzAwOF8wMg==, bilim va ko\'nikma, 4-amaliy mashg\'ulot ishlanmasi, Doc1, 4-Mavzu (1), mustaqil ishlar, Fan yuzasidan vaziyatli masalalar (kazuslar) tuzish. (4 ta), pedagogikadan kirasvort


    13 – Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi.
    Ma’ruza rejasi:

    1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari.

    2. Global muammolar XX asr mahsuli sifatida. Hozirgi zamonning global muammolari tasnifi, ularni hal qilish yo‘llari.

    3. Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlarni birlashtirishning ahamiyati.

    Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
    Globallashuv, globalistika, barqaror taraqqiyot, global muammolar, umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolar, energetika masalalari, oziq-ovqat muammosi, ekologiya; ekologik tanazzul; ekosistema; demografik muammo, demografik siyosat,global jinoyatchilik, pandemiya, ta’lim-tarbiya mukammosi, ta’lim modeli, ijtimoiy bashorat, prognozlashtirish, kundalik bashorat, intuitiv bashorat, ilmiy bashorat, ekstrapolyatsiya, tarixiy analogiya, modellashtirish, ekspertiza usulida baholash, kelajakni prognozlashtirish, normativ prognoz, analitik prognoz, prognoz ogohlantirish, futurologiya.
    1-savol bayoni: 2021 yil 19-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoev “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish va bu sohada davlat hamda jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektr yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Muhtaram Prezidentimizning videoselektrdagi ma’ruzasidagi qo‘yidagi fikrlarga e’tiborlaringizni qaratishni lozim topdim: “...bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti”; “...Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda”.
    Globallashuv” (lot. globus – shar, Yer sayyorasi) – XX asrning ikkinchi yarmi - XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy hodisa bo‘lib, hozirgi davrdagi xalqaro tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.
    “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983 yili “Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini globallashuv, deb atagan). 1985 yilda esa taniqli amerikalik olim R.Robertson “Globalization” iborasini ilmiy muomalaga kiritib, bu tushunchani “odamlar ongida sayyoramizning torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi”ni aks ettirib, “dunyoning birlashuvi va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kuchayishini” ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.
    Yaqinda Falsafa fani bo‘yicha chop etilgan darslikda, (mualliflari J.Yaxshilikov va N.Muhammadievlar) globallashuv terminiga qo‘yidagicha ta’rif beradi. “Globallashuv falsafiy ma’noda – bu jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy sohada o‘zaro yaqinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi natijasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning tez sur’atlar bilan bir mamlakat doirasidan chiqib, umumplanetar miqyosga ega bo‘lishidir”.

    Download 84.78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 84.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13 – Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi. Ma’ruza rejasi

    Download 84.78 Kb.