Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari




Download 40,92 Kb.
bet1/9
Sana05.12.2023
Hajmi40,92 Kb.
#111811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Mavzu (1)

Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari.




Asosiy savollar:

    1. Matematika o‘qitish prinsiplari

    2. Matematika o‘qitish vositalari.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: matematika o‘qitish prinsiplari, ilmiylik, tarbiyaviylik, ko‘rgazmalilik, onglilik, faollik, puxta o‘zlashtirish, sistemalilik, ketma-ketlilik, moslik, tabaqalashtirish va individuallashtirish, matematika darsligi, o‘qitish vositalari, didaktik materiallar, spravochniklar, priborlar, asboblar, o‘qitishning nashr va ekran vositalari, grafik kurgazmalilik, texnika vositalari.


1-asosiy savol: Matematika o‘qitish prinsiplari.
  1. asosiy savolning bayoni:


Pedagogikada umumiy ta’lim prinsiplarini matematika o‘qitish jarayoniga qo‘llash maktab va umuman o‘quv yurtlarida matematika o‘qitishga qo‘yiladigan yagona talablar majmuasidan iborat. Boshqacha aytganda, matematika o‘qitishga jamiyat va fan qo‘yadigan asosiy talablarni o‘z ichiga oladi. Matematika o‘qitish uslubiyati bu prinsiplarni quyidagicha belgilaydi: [2,3,1] a) ilmiylik; b) tarbiyaviylik; v) ko‘rgazmalilik;


g) onglilik va faollik; d) puxta o‘zlashtirish; ye) sistemalilik va ketma- ketlilik;j) moslik; z) tabaqalashtirish va individuallashtirish.
Umuman olganda, matematika o‘qitish prinsiplari maktabda o‘qitish-
ning jamiyat talablariga mos ravishda qanday amalga oshirilishi va bunda asoslaniladigan asosiy talablarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiylik prinsipi matematika o‘qitish mazmunining ilmiy bo‘lishi, matematikaning hozirgi ahvoli va uning rivojlanishini ob’ektiv aks ettirishni ifodalaydi. Mohiyati o‘qitish mazmuni va o‘qitish usullari hozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos kelishini
ta’minlashdan iborat. Masalan, matematik tushuncha va xukmlarni ifodalashda ilmiy ravishda to‘g‘ri yondashish ham bunga kiradi. Bundan tashqari, har bir matematik hukmga tanqidiy qarab, u asoslangan bo‘lsa ham isbot deb qaramaslik, ta’rif va teoremalarni bir-biridan ajrata olish kabi uslubiy jihatlarga e’tibor berish talab etiladi. Masalan, birorta tenglamaning qaysi to‘plamda o‘rinli ekanligini aniqlashda haqiqiy sonlar to‘plamidan ham kengroq to‘plam kompleks sonlar to‘plami ham mavjudligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Yoki nolinchi daraja, logarifm ta’riflarini tenglik ko‘rinishda yozilishi ta’rif ekanligi va ular isbotlanmasligi aytib o‘tish mumkin. Ko‘pincha masalalar yechimlarini tavsiflashda ularning real amaliy hayotga mos kelish yoki kelmasligini tekshirish ham matematika qo‘llanilishi mohiyatini tushunishga imkon beradi.


  1. Download 40,92 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 40,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari

Download 40,92 Kb.