|
Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari
|
bet | 8/9 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 40,92 Kb. | | #111811 |
Bog'liq 4-Mavzu (1)Didaktik materiallar o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning masalalar yechish bo‘yicha mustaqil ishlarini, individual va frontal ravishda kursning mavzulari bo‘yicha tekshirish nazorat ishlari uchun materiallarni o‘z ichiga oladi. U har bir mavzu bo‘yicha 4 ta va undan ortiq mustaqil ish va mavzular bo‘yicha qo‘shimcha mustaqil ishlarni o‘z ichiga oladi. Ularni o‘qitishda qo‘llash xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchi ular yordamida mustaqil ishlarini tashkil etishi va nazoratlarni amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun didaktik materiallarga har bir chorak bo‘yicha yakuniy nazoratlar uchun yozma ishlar bilan birga testlar ham beriladi.
3. Matematika bo‘yicha spravochniklar va ma’lumotli matematikadan adabiyotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hisoblash uchun jadvallar, turli xil elementar matematika bo‘yicha spravochniklar, o‘quvchilarning kundalik o‘quv faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi; qiziqarli matematik adabiyotlar; ilmiy-ommabop matematika bo‘yicha adabiyotlar. Ular bilan ishlash sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshirilib, ularning qiziqish va bilimlarini rivojlantirish uchun xizmat qilishini hisobga olishi zarur. Ayniqsa bunda matematikadan
masalalar to‘plamlari, testlar to‘plamlari, qiziqarli matematik kitoblar va hokazolar bu ishda keng qo‘llanilishi mumkin.
Matematika bo‘yicha o‘quv jihozlari quyidagi uch turkum jihozlarni o‘z ichiga oladi: priborlar, asboblar; o‘qitishning nashr vositalari; o‘qitishning ekran vositalari. 1-turdagi vositalarga turli xil geometrik modellar, stereometrik shakllar komplekti, chizma yasash asboblari va hokazolar kiradi. Ikkinchisiga esa jadvallar va kartochka-toshiriqlar, nashr asosli daftarlar, ishchi va ma’lumotli jadvallar va hokazolar kirib, darslar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va o‘quv vaqtini tejashga hamda o‘quvchilar bilimlarini chuqur va ongli bo‘lishiga erishishga yordam beradi.
O‘qitishning texnik vositalariga kinofilm, diafilm, diapozitiv, kodopozitiv kabi ko‘rgazmalilik vositalari va ularni ekranga tushiruvchi kinoapparat, diaproektor, epidiaskop kabi asboblar kirib, bunga yana tele- radio, video-audio vositalar xam kiradi. Bu ekran vositalariga EHM kompyuterlari ham kirib, darslarni jonli qiziqarli o‘tilishini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanishning o‘ziga xos chegaralari, uni qo‘llash sanitariya-gigiena qoidalari mavjud, bunga o‘qituvchilar qat’iy e’tibor berishlari talab etiladi. Ko‘pincha uslubiy adabiyotlarda o‘qitishning ekran vositalari o‘qitishning texnik vositalari(TSO) deb ham ataladi va shu bilan birga ularning vazifalari va imkoniyatlari, sinflari va turlari yetarlicha bayon qilingan.
|
| |