|
Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari
|
bet | 6/9 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 40,92 Kb. | | #111811 |
Bog'liq 4-Mavzu (1)Ko‘rgazmalilik prinsipi. Matematika o‘qitishda bu prinsipi amalga oshirish turli predmetlar,modellar,chizmalar,rasmdani kuzatish hamda o‘quvchilar tomonidan egallangan tajriba tasvkvurlaridan foydalanishdan iblrat.Bu pinsip ongilik,moslik va bilimning puxtalik prinsiplarini bajarilishiga imkon beradi.
Ko‘rgazmalilik vositalardan foydalanish psixologik tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan.Ma’lumki, abstrakt tafakkur asosini predmet tafakkur tashkil etadi.Ko‘rgazmalilik qurollar o‘rganilayotgan masalaga qiziqishni oshirishda bu bilan o‘quvchi diqqat e’tiborini jalb etishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazmalilik nuqtai nazardan arifmetik va algebraik bilimlarni geometrik talqini muhim ahamiyatga ega.Masalan, oddiy kasrlarning xossalari va ular ustida amallarni o‘rganish kasr sonlarni kesmalar shaklida tasvirlash yordamida ancha soddalashadi, ratsional sonlarni yo‘nalgan kesmalar yordamida tavsiflash o‘quvchilarga ratsional sonlarni qo‘shish qoidasini maqsadga muvofiq tushsnishiga imkon beradi.
Funksiyalar grafigi o‘quvchilarga funksiya xossalarini mustaqil bayon qilishga yordam beradi.
Ko‘rgazmali prinsipini amalga oshirish ko‘rgazmali qurollar qo‘llash bilan chegaralanmaydi.Materialni bayon qilishni ko‘rgazmali deb hisoblash mumkin, agar o‘qituvchi tushuntirish jarayonida hayotiy tajriba natijasida o‘quvchilarning tasvvurlaridan ham foydalansa. Masalan, harakatga doir masalalar yechishda grafik tavsiflardan foydalaniladi.
Ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash samarali bo‘lishi kerak.Bu yerda shuncha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi prinsipi to‘g‘ri emas.Nazariyani o‘rganishda va masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish o‘quvchilar fazoviy
tasavvurini rivojlantirishini pasaytiradi. Ko‘p sondagi ko‘rgazmali qurollarni bitta darsda qo‘llash maqsadga muvfiq emas, bunda o‘quvchilarni e’tibori kamayadi va namoyish qurollariga qiziqish pasaydi. Bundan tashqari, darslar kompyuter va multimedia vositalardan sistemali va ongli ravishda foydalanish hozirgi yangi pedagogik texnologiyalardan ko‘rgazmalilik prinsipining samarali qo‘llanilishga imkon beradi.
|
| |