|
Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari
|
bet | 7/9 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 40,92 Kb. | | #111811 |
Bog'liq 4-Mavzu (1)asosiy savol: Matematika o‘qitish vositalari
2-asosiy savolning bayoni:
Matematika darsligi, o‘quv qo‘llanmasi dastur va didaktika talablari bilan aniqlanuvchi o‘qitish maqsadlariga mos keluvchi matematika bo‘yicha bilimlar asoslarini bayon etuvchi kitob hisoblanadi.
U quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) u o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; b) matematika bo‘yicha ma’lumotlarni sistemali va ilmiy bayon qilishi; v) uslubiy nuqtai nazardan ketma-ket joylashtirilgan yetarli sondagi turli xil masala va mashqlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Shuningdek, darslik bayon qilingan material zarurligini asoslashga e’tibor berishi, masalalarning taqsimoti , o‘rni va ahamiyatini aniqlashi, ko‘rgazmalilik vazifasini yoritilishini ta’minlashi lozim.
O‘qitish vositalariga o‘quv qo‘llanmalaridan tashqari, masalalar to‘plamlari, ko‘rgazmali qurollar va texnika vositalari kiradi. O‘quv qo‘llanmasi o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga beriladigan axborotni o‘z ichiga oladi. Uni to‘g‘ri qo‘llaganda o‘quvchilarga matematika fani asoslarini o‘zlashtirishga yordam beradi, bilimlar bilan qurollanishga va xotirani rivojlantirishga imkon beradi. Hozirgi zamon o‘quv qo‘llanmalari nazariy ma’lumot va mashqlarni o‘z ichiga oladi. Teng kuchli o‘quv qo‘llanmalar mavjudligi bir tomondan o‘qituvchining o‘qitishda o‘z imkoniyatlari va o‘quvchilar bilim saviyalariga mos ravishda undan ijodiy foydalanishga, ikkinchi tomondan, nazariy va amaliy jihatlarni o‘zaro muvofiq holda bayon etishga, sinf va uy vazifalarini taqsimlashni osonlashtiradi.
O‘quv qo‘llanmasidan tashqari har bir sinf uchun o‘qitish vositalar tizimiga o‘qituvchi uchun kitoblar (uslubiy qo‘llanmalar) va didaktik materiallar kiradi. O‘qituvchi uchun kitoblarda zarur tavsiyalar, masalalarni yechish yo‘llari berilgan, taxminiy rejalashtirish keltiriladi. U o‘qitishning har bir bosqichida erishilishi zarur bo‘lgan bilimlar hajmini ta’lim standartlari talablari asosida aniqlab beradi. Didaktik materiallar esa mustaqil va nazorat ishlari matnlari, testlar va ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar hamda javoblarni beradi.
O‘quvchilar bilan o‘quv darsligi ustida ishni tashkil etishda birinchi qadam – masalalar matnini o‘qishga o‘rgatish hisoblanadi. Masala o‘qilgandan so‘ng masala shartlarini ajratish va ularni qisqa yozuvlarda qayd etish taklif etiladi va bundan so‘ng suhbat-izohlash o‘tkaziladi.
O‘quv qo‘llanmasi bilan ishlashda darsning har bir bosqichi xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Masalan, 7-sinfda geometriya darsida yangi mavzuni mustaqil o‘rganishni tashkil etishda mos bandini o‘qish hamda teorema mazmuni va uning isbotini tahlil etishlari talab etiladi (5).
8-9-sinflarda esa yangi mavzuni o‘quv darsligi bo‘yicha o‘rganishda o‘quvchilarga mustaqil bu mavzuni o‘qib kelish va tushunmagan joylarini savollar orqali ifodalashni toshirish mumkin. Masalan, uchburchaklar o‘xshashlik alomatlari haqidagi teoremani o‘rganib, qolgan ikkitasini sinfda o‘quv darsligidan mustaqil o‘rganib chiqish taklif etiladi. Barcha xollarda mustaqil o‘rganilgan isbot o‘quvchi tomonidan sinfda takrorlanishi, bunda o‘qituvchi javob beruvchidan aniq va tug‘ri javob berishga erishishi talab etiladi.
10—11-sinflarda esa bu ish yana ham takomillashtirilishi o‘quvchilar teoremalar yoki mavzularni mustaqil o‘rganib ma’ruza yoki referat shaklida yozib. Uni himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishlari zarur buladi.
O‘quv qo‘llanmasi ko‘rgazmaliligiga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) bilish vazifasi shundan iboratki oddiydan murakkabga boriladi, o‘quvchilar faoliyatini ko‘rgazmalilik vosita va usullari bilan boshqaradi, nazorat va kommunikativ amallarni bajarishga imkon beradi; b) intrpretatsion funksiyasi, turli xil belgi va rasmlar orqali mavzu va tushunchalar konkretlashtiriladi; v) estetik vazifalari- uning ko‘rinishi va bezalishi o‘quvchilarda go‘zallikni va estetik did kabi tuyg‘ularni uyg‘otishi uchun xizmat qilishi zarur.
|
| |