• Добавить заголовок слайда — 7
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi




    Download 4,04 Mb.
    Sana22.05.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #250228
    Bog'liq
    .ulug\'bek.slayd

    O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI

    Mustaqillik sari dastlabki qadamlar.

    REJA :

    • Mustaqillik sari qoyilgan dadil qadamlar.
    • 1989-yil 1990-yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar.
    • Islom Karimovning mustaqillik yo’lidagi say harakatlar.
    • Mustaqillikdan keyingi davrlar.

    .

    • 1980 yillar oxiri 1990 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 1980 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi.

    .

    Har bir xalqning azaliy orzusi davlat mustaqilligini ta’minlashdir. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari sifatida 1990-yil 20-iyunda Mustaqillik Deklaratsiyasi, 1991-yil 31-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani hamda 1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi o‘tkazilganini alohida ko‘rsatib o‘tish joiz. Yuqoridagi hujjatlarni mamlakatimizning o‘sha sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan davrida o‘zini mustaqil deb e’lon qilish yo‘lida tashlangan dadil qadamlaridan biri deb hisoblash mumkin.

    • 1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi

    .

    .

    • .

    .

    ,

    • .

    .

    • 2019-yil 23-iyun kuni Islom Karimov O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari etib tayinlanganiga 30 yil to‘ldi. Dastavval u respublikani partiya yetakchisi sifatida boshqargan. Bunday amaliyot sobiq Ittifoqning barcha respublikalarida mavjud edi.1990 yilning mart oyida esa, hali respublika SSSR tarkibida bo‘lgan bir paytda Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan respublika Prezidenti etib saylangan. O‘rnatilgan tartibga zid holat yuzaga keldi: Islom Karimov, SSSR prezidenti Mixail Gorbachevdan keyin ittifoqdosh respublikaning birinchi prezidenti bo‘ldi va bu hodisa Moskvadagi rahbariyatning noroziligini uyg‘otdi.

     

    • 1991 yilning 17 avgusti. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov Hindistonga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Bu Prezident Karimovning xorijga qilgan mustaqil birinchi tashrifi edi. 
    • 1991 yil 18 avgust, Moskva. O‘zini Favqulodda holat davlat qo‘mitasi – GKCHP deb atagan bir guruh avantyuristlar – SSSR vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev, Ministrlar soveti raisi Valentin Pavlov, KGB raisi Vladimir Kryuchkov, Mudofaa vaziri Dmitriy Yazov, Ichki ishlar vaziri Boris Pugo va boshqa katta lavozimdagi partiya va davlat arboblari Gorbachev boshchiligidagi qonuniy hokimiyatni ag‘darib, davlat to‘ntarishini sodir etishga urindi. 
    • Favqulodda holat davlat qo‘mitasining murojaati Islom Karimov Hindiston safarida yurgan bir paytda, 19 avgust kuni e’lon qilindi. 

    .

    Mustaqillik yillarida Islom Karimovning rahbarligi ostida O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb olti marta o‘sdi. Unda sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizgacha ko‘paydi. Keyingi o‘n yildan ortiq vaqt davomida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari barqaror saqlanib qolindi. Quvonarlisi, O‘zbekiston iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoriga kirdi.

    Investitsiyaviy siyosat, sanoatning yangi yuqori texnologik tarmoqlari, jumladan, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi va temir yo‘l mashinasozligi, farmatsevtika, to‘qimachilik jadal rivojlanmoqda.

    Добавить заголовок слайда — 7

    • O‘zbekiston Mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatda tub o‘zgarishlar bo‘lgani hech kimga sir emas. 
    • Ushbu davr tarixi aks etgan arxiv hujjatlari Toshkent shahar markaziy davlat arxivida saqlanib kelinmoqda.
    •  Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Prezidiumining 1992-yil 6-apreldagi 18/3 sonli “Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari, maktablari, madaniyat va istirohat bog‘lari, metro stansiyalari nomlarini o‘zgartirish va yodgorlik taxtalarini o‘rnatish to‘g‘risida”gi Qarori ,bunga yaqqol misoldir. Ushbu hujjat Tuman deputatlar kegashi,jamoatchilikning rasmiy iltimoslari asosida va Shahar Atamalar komissiyasi takliflari asosida, Xalq qaxramonlari, olimlarning nomlarini abadiylashtirish maqsadida qabul qilinganini ko‘rishimiz mumkin. 

    Undan tashqari O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasiga muvofiq Toshkent shahar metropolitenining stansiyalari nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu hujjat Toshkent shahar markaziy davlat arxivida saqlanmokda. Eslatma: Ushbu hujjat Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilinganini inobatga olgan holda, hozirgi vaqtga qadar ayrim ko‘chalar, maktablar, madaniyat va istirohat bog‘lari, metro stansiyalarning nomlarini tegishli qonun hujjatlari asosida o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.

    .

    .

    • Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.
    • Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.

    Download 4,04 Mb.




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonning eng yangi tarixi

    Download 4,04 Mb.