II Bob. Suv resurslari va ulardan halq xo’jaligida foydalanish
Suv resurslarining roli va ulardan halq xo’jaligida kompleks foydalanish
Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda suv resurslari g’oyat katta rol o’ynaydi. Suv resurslari tabiat resurslari orasida alohida o’rin tutadi va ahamiyatiga ko’ra beqiyosdir. Suv halq xo’jaligining barcha tarmoqlarida va aholining hayot faoliyatida ishlatiladi. Bunda tabiiy resurslardan foydalanish harakteri va turlari xilma–xildir. Ayniqsa sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish mamlakat iqtisodini mustahkamlashda alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham halqimiz orasida «Suv bor–hayot bor, suv tamom bo’lgan joyda hayot tugaydi» deb bejiz aytishmagan.
Markaziy Osiyo mamlakatlarini suv bilan ta’minlab turadigan
asosiy suv zaxiralari Chotqol, Pomir–Oloy va Tyanshan tizma tog’larida
joylashgan, ular doimiy muzliklar shaklidadir. Markaziy Osiyo davlatlari suv zahiralarining 70-80%
Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston davlatlarini tog’li o’lkalari hududlarida joylashgandir. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining Orol dengiz havzasiga qarashli qismida 8 mln. gektar atrofida yer sug’oriladi. Huddi shu hududda bir yilda ichimlikka va sug’orish uchun yaroqli 126 mlrd. m
3 suv paydo bo’ladi. Bu hududda paydo bo’ladigan suvning hajmi har bir gektar sug’oriladigan yer hisobiga 15750 m
3 dan to’g’ri keladi. Agarda
bir gektar yerga paxta ekib, undan o’rtacha 25-30 sentner hosil olinadigan bo’lsa, bir gektar yerni sug’orish uchun manbadan olinadigan suvning hajmi kamida 10 ming m
3ni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqib hulosa qilinadigan bo’lsa bu xududlarda juda ko’p suv sarf qilish
evaziga dehqonchilik qilinadi, masalan, O’zbekiston Respublikasida bir yilda o’rtacha 60 mlrd. m
3 suv iste’mol
qilinadi, shundan 50 mlrd. m
3 sug’orma dehqonchilik uchun sarflanadi. Har bir gektar sug’oriladigan yerga o’rtacha 11-12 ming m
3 suv sarflanadi.