|
Xo’jaliklararo sug’orish tizimlari foydali ishlashining koeffitsiyenti
|
bet | 5/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 44,11 Kb. | | #228430 |
Bog'liq kitob-39-71
Viloyatlar
|
1997– 2000 yillar
|
2001–2005 yillar
|
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
|
0,56
|
0,56
|
Andijon
|
0,66
|
0,66
|
Buxoro
|
0,58
|
0,58
|
Jizzax
|
0,80
|
0,80
|
Qashqadaryo
|
0,68
|
0,68
|
Navoiy
|
0,61
|
0,61
|
Namangan
|
0,69
|
0,69
|
Samarqand
|
0,64
|
0,64
|
Surxondaryo
|
0,77
|
0,77
|
Sirdaryo
|
0,66
|
0,66
|
Toshkent
|
0,66
|
0,66
|
Farg’ona
|
0,64
|
0,64
|
Xorazm
|
0,61
|
0,61
|
Suvning anchagina qismi xo’jaliklararo shaxobcha va kanallarida yo’qoladi. Umuman mamlakat bo’yicha xo’jaliklararo va xo’jaliklar ichidagi shaxobchada sug’orish manbalaridan olingan butun suv hajmining 40% dan ko’prog’i yo’qoladi. Shuning uchun sug’orish tizimlari foydali ishlash koeffitsiyentining o’sishi suv tejashining muhim rezervidir.
Suvning shaxobchada yo’qolishi katta moddiy zarar keltiradi. Namning bevosita yo’qolishidan tashqari, uning shimilib ketishi yer osti suvlari ko’tarilishiga, tuproqlarni sho’r bosishiga, sug’oriladigan yerlar melioratsiya holati yomonlashishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari bu suvlarni sug’oriladigan uchastkalardan chetga oqizib yuborish uchun ko’p mablag’ sarflashga to’g’ri keladi.
Suvning dalalarda yo’qotilishi ham sodir bo’lib turadi: bunda suvning ma’lum qismi ildizlar o’sadigan qatlamdan pastga shimilib, yer osti suvlariga qo’shiladi, shuningdek maydonlar sirtidan bug’lanib ketadi.
Suvning umumiy yo’qolishlari tizim suvlaridan foydalanish (KIVS)ni koeffitsiyentida aks etadi. Bu koeffitsiyent o’simliklarning maydonlardagi suvni foydali iste’mol qilishining sug’orish manbalaridan olingan suv miqdoriga nisbatidir.
KIVS Ye•F Wbr
bunda:
Ye–qishloq xo’jalik ekinlarining muayyan vaqt ichida foydali suv iste’mol qilishi, m3 ga F – sug’oriladigan maydonga
Wbr – sug’orish manbaidan olingan suv miqdori, m3
Tizimdagi suvdan foydalanish koeffitsiyenti o’simliklar hosil yaratish uchun sug’orish manbaidan olingan suvning qanchasini iste’mol qilishini, [(1-KIVs)•100)] ifodasi tizim va daladagi suv sarfining umumiy foizini ko’rsatadi. Sug’oruv suvining umumiy yo’qolishlari sug’orish tizimlaridagi suvdan ularni texnika jihatdan ishlatishni yaxshilash hisobiga oqilona ishlatish rezervlari mavjudligini ko’rsatadi. Sug’oruv suvidan foydalanish unumdorligining ko’rsatkichi suvdan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko’rsatkichidir. Sug’oruv suvidan foydalanish unumdorligi (POV) ko’rsatkichi esa tabiiy yoki qiymat ko’rinishida (AVP) ishlab chiqarilgan mahsulotning sug’orish manbai (Wbr) dan olingan suvning umumiy hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi.
POV AVP Wbr
Suv tanqis bo’lgan qurg’oqchilik rayonlarida yer maydoni gektaridan emas, balki 1 m3 suv hisobiga eng ko’p mahsulot olish vazifasi qo’yiladi.
Sug’oruv suvi unumdorligining ko’rsatkichi sintetik ko’rsatkichdir. U tuproqning mahsulot ishlab chiqarish hajmida ifodalanadigan iqtisodiy unumdorligi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jalik korxonalarining xo’jalik faoliyati va sug’orish tizimlarini ishlatish darajasini xarakterlab beradi.
Sug’oruv suvidan oqilona foydalanish muammosi hozirgi vaqtda favqulotda ahamiyat kasb etmoqda. Sug’orish texnikasini takomillashtirish va mavjud tizimlarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sug’orish tizimlarining texnika darajasini oshirish (tizimlarini gidrotexnika va suv o’lchagich inshootlari bilan jihozlash, kanallarga shimilishga qarshi qoplamalar o’rnatish, yopiq truboprovodlar qurish, sug’orishning ilg’or usullarini qo’llash) yer va suvdan foydalanishni yaxshilashga yordam beradi.
|
| |