|
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining vazifalari huquqlari va majburiyatlari
|
bet | 11/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 44,11 Kb. | | #228430 |
Bog'liq kitob-39-71 Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining vazifalari huquqlari va majburiyatlari
Irrigatsiya tizimlari ùavza boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining suv xo’jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanadi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisinnng qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Reslublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maùkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hay’atining qarorlariga, Vazirlikning buyruqlari va qarorlariga ùamda boshqa qonun xujjatlariga, shuningdek o’zining Nizomiga amal qiladi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muùrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo’ladi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suv havzasida suv resurslarini tartibga solish va foydalanishda yagona siyosat o’tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar havza boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
suvdan foydalanishning bozor printsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini tashkil etish;
suvni tejovchi ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini yuritish;
iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish: irrigatsiya tizimlari suv xujaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash:
irrigatsiya tizimidan ishonchli foydalanish va uni ish holatida saqlash uchun uni tayyorlashni tashkil etish:
havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish:
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag’lar, moddiy-texnika resurslari, texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish va ulardan maqsadli foydalanish.
Boshqarma quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
suv resurslarini boshqarishni va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan belgilangan limitlarga muvofiq Irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga suv berishni amalga oshiradi;
|
| |