O’zbekiston Respublikasi har yili o’rtacha 60 mlrd m3 suv iste’mol qiladi. Shundan 50 mlrd m3 sug’orma dehqonchilik uchun sarflanadi. Har bir gektar sug’oriladigan maydonga 11- 12 ming m3 dan to’g’ri keladi. Viloyatlar bo’yicha suv taqsimoti har bir gektar hisobiga 9 ming m3 (Jizzax viloyatida)dan 18,5 ming m3 (Xorazm viloyati)gacha farq qiladi. Har 11-13 yilda bir marta ro’y beradigan suv tanqisligini oldini olish maqsadida Sirdaryo va Amudaryo suvlarini tartibga solish uchun ko’plab yirik suv omborlari barpo etilgan.
Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligi sug’orish tizimining foydalanish ish koeffitsiyenti, suvdan foydalanish koeffitsiyenti va sug’oruv suvining unumdorligi va har bir m3 suv hisobiga olingan foydaning miqdori bilan o’lchanadi.
Suv manbalarini ifloslanishidan muxofaza qilish muammosi hozirgi kunda o’ta dolzarb hisoblanadi. Bu muammoni yechish 3 yo’nalishda hal qilinmoqda: 1. Suvlarni tozalash ishlari ko’lami kengaytirilmoqda. 2. Oqova suvidan dehqonchilikda foydalanish kengayib bormoqda.
Sanoat korxonalarida suvdan yopiq sikl bo’yicha qayta-qayta foydalanishga qaratilgan tadbirlar qo’llanilmoqda.
Tayanch so’zlar
Suv resurslari, suv taqsimoti, suv tanqisligi, suv xo’jaligi kompleksi, suv ta’minoti, suv havzasi, oqova suv, sug’orish tizimi foydali ish koeffitsiyenti, sug’orish shaxobchasi, xo’jaliklararo kanallar, suvdan foydalanish koeffitsiyenti, suvdan foydalanish unumdorligi, suvdan foydalanish samaradorligi, suvni muhofaza qilish.
Suv resurslarining halq xo’jaligini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati.
Suv resurslarining manbalari bo’yicha joylashishi va davlatlararo taqsimoti.
Viloyatlar bo’yicha suv bilan ta’minlanganlik darajasi.
Qishloq xo’jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi.
Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari.
Suv tanqisligining oldini olish va manbalardagi suvdan foydalanishni tartibga solish.
Suv ta’minotini yaxshilashda suv omborlaridan foydalanishning ahamiyati.
Yangi sug’orish texnikasi va texnologiyalarini qo’llashning iqtisodiy samaradorligi.
|