Yer va suv resurslari bilan ta’minlanligi (2005 yil)




Download 44,11 Kb.
bet3/11
Sana13.05.2024
Hajmi44,11 Kb.
#228430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kitob-39-71

Yer va suv resurslari bilan ta’minlanligi (2005 yil)





Viloyatlar

Aholi jon boshiga to’g’ri keladi

Suv resurslari bir gektar qishloq xo’jalik yerlariga to’g’ri keladi, ming m3

qishloq xo’jalik yerlari, gektar

suv resurslari, m3

Qoraqalpog’iston
Respublikasi

3,38

5214

1,5

Andijon

0,11

1363

12,6

Buxoro

1,94

2834

1,5

Jizzax

1,20

3065

2,5

Qashqadaryo

0,94

2817

3,0

Navoiy

12,56

2715

0,2

Namangan

0,15

1556

10,5

Samarqand

0,46

1413

3,0

Surxondaryo

0,62

2272

3,6




Sirdaryo

0,44

5278

10,5

Toshkent

0,31

1303

4,1

Farg’ona

0,11

1640

12,6

Xorazm

0,28

3350

11,8

JAMI

1,03

2242

2,1

Suvning hudud jihatdan taqsimlanishidagi tengsizlik uning mavsumiy va yillik tebranishlari tufayli kuchayib bormoqda. Suv balansi va uning yil fasllari bo’yicha taqsimlanishiga daryolarning suv bilan ta’minlanishi xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz ko’pchilik daryolarini suv bilan ta’minlanishning asosiy manbai qor ko’rinishidagi yog’inlardir. Bunday rayonlarda asosiy suv oqimi bahor fasliga to’g’ri keladi. Muzliklardan suv bilan ta’minlanadigan daryolar havzalarida suvning katta qismi yoz fasliga to’g’ri keladi. Daryo suvining yil fasllari bo’yicha bunday tengsizligi suv resurslaridan foydalanishni qiyinlashtiradi va suv xo’jaligi balanslarida tanglikni vujudga keltiradi. Chuchuk suv tankisligi suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishga ketadigan qurg’oqchilik mintaqasida ayniqsa keskin seziladi.


Istiqlol yillarida mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanishda tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi, ko’pdan ko’p yirik gidrouzellar qurildi, ulkan suv omborlari va katta kanallar barpo etiladi.
Suv resurslarini qayta taqsimlash maqsadida g’oyat ko’p suv oqiziladigan Qarshi magmstral kanali, Amu-Buxoro, katta Farg’ona, katta Andijon, katta Namangan, Do’stlik, Janubiy Mirzacho’l va boshqa ko’plab kanallar qurildi.
Orol dengizi havzasida jami sig’imi 72 km3 ni tashkil etadigan 105 yaqin suv omborlari barpo etildi. Ular orasida daryolarning kafolatlangan suv oqimini 20-25% oshirish imkonini beradigan 52 km3 foydali umumiy hajmli 10 dan ko’prok yirik suv omborlari bor.
Bularning hammasi energetikani rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa bo’ldi, tartibga solingan suvlar mintaqasini ko’paytirdi va ulardan foydalanishni puxta yo’lga qo’ydi. Biroq sanoat va qishloq xo’jaligi taraqqiyotining yuksak sur’atlari, yangi rayonlarning iqtisodiy rivojlanishga jalb etilishi yer usti suv zahiralaridan ancha oqilona foydalanish va ularni qayta taqsimlashni talab qilmoqda. Daryo suvlarini qayta taqsimlashning hozirgi darajasi halq xo’jaligining barcha ehtiyojlarini qondirmayotir. O’rta Osiyo respublikalarida, Qozog’istonda katta suv tanqisligi kuzatilmoqda.
Suv resurslaridan halq xo’jaligining ko’p sohalarida boshqa ko’p maqsadlar uchun ham foydalaniladi, shuning uchun suv xo’jaligi tadbirlarini hal etishda kompleks yondashuv hisobga
olinadi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish iqtisodiy region yoki daryo havzasiga nisbatan qarab chiqiladi. Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo’lgan suv resurslari moddiy va tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo’jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi.
Suv resurslarining vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga ehtiyojlarni qondirish bo’yicha region ko’llamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo’jaligi kompleksi (VXK)ning asosiy vazifasidir. Region suv resurslaridan kompleks foydalanish tarmoqlardan har birida suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvlardan oqilona foydalanishning yagona tarmoqlararo sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Deyarli barcha yirik havzalarda suv xo’jaligi sxemalari mavjuddir.
Suv bilan ta’minlash, sug’orish gidroenergetika, kemalar qatnovi, baliq xo’jaligi va boshqalar suv xo’jaligi kompleksining asosiy qismlaridir.
Suv bilan ta’minlash–bu, suvni iste’molchilarga yetkazib berishdir. Region ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi, mehnat resurslarining mavjudligi va joylashishi suv ta’minoti bilan bog’liq bo’ladi. Suv bilan ta’minlash suvning sifatiga suv xo’jaligi kompleksining boshqa turlariga bo’lganidan ko’ra yuqoriroq talablar qo’yadi. Suv ta’minotining quyidagi turlari farq qilinadi: kommunal, sanoat, qishloq xo’jalik, temir yo’l va hokazo suv ta’minoti. Har qaysi suv ta’minoti turi o’z xususiyatlariga egadir.
Uy-joy qurilishining katta ko’lamlari kommunal va suv sporti inshootlarining barpo etish aholi punktlarini suv bilan ta’minlash manbalari quvvatini keskin oshirishni talab etadi. Hozirgi vaqtda kommunal maishiy xo’jalik olinayotgan jami suvning 6% idan ko’prog’ini iste’mol qilmoqda.
Suvning talay qismidan sanoatda foydalaniladi. 1 tonna po’lat ishlab chiqarish uchun mamlakat bo’yicha o’rtacha 350 m3 suv iste’mol qilinadi. Temir qotishmalari zavodlaridagi suv iste’moli 1 tonna mahsulot hisobida qariyib 800 m3 ni tashkil etadi. 1 tonna ipak tayyorlash uchun 1200 m3 suv 1 tonna kapron tola ishlab chiqarish uchun esa 2500 m3 suv kerak bo’ladi. 1998 yilda olinadigan butun suvning 25% i sanoat suv ta’minotiga sarflanadi.
Qishloq xo’jaligi mamlakatimizdagi barcha suv iste’molchilari orasida alohida o’rin tutadi. Iste’mol qilinadigan chuchuk suvning 50 km3 uning hissasiga to’g’ri keladi. Eng ko’p suv sug’orishga ketadi. Ham umumiy, ham ulushli suv iste’moli sug’orishning asosiy xususiyatidir. Sug’orishga har yili 45-50 km3 suv yoki olinadigan butun suvning 80% idan ko’prog’i ketadi. Bunda Farg’ona vodiysi viloyatlari hissasiga mamlakatda iste’mol qilinadigan
sug’orish suvining 18%, Toshkent viloyati hissasiga 6,2%, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hissasiga 10,5%, Zarafshon vodiysi viloyatlari hissasiga 17,0%, quyi Amudaryo viloyatlari hissasiga 25,5%, Qashqadaryo, Surxondaryoga 19,5% to’g’ri keladi. Kelajakda qishloq xo’jaligi uchun suv olish tahminan 1,2 baravar ko’payadi.
Olinadigan butun suvning 70% dan ko’prog’i qaytmas tarzda iste’mol qilinadi. Bunda sug’orishda suvni qaytmas tarzda iste’mol qilishga olinadigan suvning 85% iga yaqini sarf bo’ladi, vaxolanki kommunal xo’jalikda 16% i sanoatda esa 9% i sarf bo’ladi. Toza suvning ko’p qismi ifloslangan suvlarga qo’shishga va ular iflosligi darajasini yo’l qo’yish mumkin bo’lgan kontsentratsiyagacha pasaytirishga sarflanadi.
Yer ustida oqadigan suvlardan foydalanish bilan birga yer osti suvlariga ham katta e’tibor beriladi. Yer osti suvlaridan foydalanish hisobiga suv chiqariladigan o’tloqlar shuningdek sug’oriladigan yerlar maydonlarini kengaytirish mumkin. Hozirgi vaqtda yer osti suvlari bilan sug’oriladigan yer maydonlari jami sug’oriladigan yerlar maydonnining 0,5% ini tashkil etadi.
Suv xo’jaligi kompleksining asosiy qismlari suv resurslariga turlicha talablar qo’yadi. Suv gidroenergetika uchun energiya manbai bo’lishi mumkin. Bu energiya esa sun’iy ravishda qurilgan yoki tabiiy suv tushirgichda hosil qilinishi mumkin. Suv transporti uchun suvdan foydalanishdagi asosiy narsa-novigatsiya davrida zarur chuqurlikni ta’minlashdir. Baliq xo’jaligida baliqni takror ishlab chiqarish va urchitish uchun xovuzlargina emas, balki ko’p xollarda daryolar suv oqimining muayyan rejimi ham kerak bo’ladi. Baliqni tabiiy qayta ishlab chiqarish uchun har yili bahor toshqinlari zarur.
Suv muammosi uchta yo’l bilan hal qilinadi. Birinchidan, daryo suvini to’la tartibga solish kerak. Daryo suvi suv omborlari qurish yo’li bilan tartibga solinadi. Suv omborlari qurish ko’p maqsadlarni ko’zlaydi. Bu qurilish suv ta’minotini yo’lga qo’yishi daryolar suvini tartibga solishi, energiya resurslaridan foydalanishni ta’minlashi, sug’orish va suv chiqarishni rivojlantirish, transport magistrallarini yaratilishi, baliq xo’jaligini rivojlantirish va hamda suv toshqinlari oldini olish kerak.
Ikkinchidan, bu qurilish suv havzalari o’rtasida suvni qayta taqsimlash yo’li bilan suv resurslari haddan ziyod bo’lgan rayonlardan ularning anchagina qismini suv xo’jalik rayonlarga olib borish imkonini beradi. Suv resurslarini xudud bo’yicha qayta taqsimlash ishlari mamlakatimizda ko’p vaqtdan buyon o’tkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda Amudaryo
suvining bir qismi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlariga yetkazib berilmoqda. Kelgusida bu kanallar Qizilqum ichiga kirib boraveradi.
Uchinchidan har bir havza ichida suvni tejab sarflashga qaratilgan suv xo’jaligi va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlarga suv xo’jaligi tizimlarini qayta tuzish, oqova suvlardan takroran foydalanish, yangi texnikani, suv xo’jaligi tashkilotlari bilan suv iste’molchilari o’rtasida bozor munosabatlarini joriy qilish kiradi.
Suv resurslaridan kompleks foydalanish suv xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini ancha oshiradi. Bu holda suv xo’jaligi tadbirlariga tor idoraviy yondashuvga chek qo’yiladi, ularning halq xo’jalik ahamiyati to’la hisobga olinadi, suvlarni ifloslanish va tugab qolishdan saqlash bo’yicha talablarga albatta rioya qilinadi.

    1. Download 44,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 44,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer va suv resurslari bilan ta’minlanligi (2005 yil)

Download 44,11 Kb.