• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
  • O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida




    Download 95.04 Kb.
    bet1/12
    Sana08.06.2023
    Hajmi95.04 Kb.
    #70817
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kirish
    7-8 Lab, 1680943239, 1681191976, Maqola. The notion of politeness and its concept in modern linguistics, amily ish, o\'zbek tili tarixi, Tarix-dars-ishlanma. Jaloliddin Manguberdi, 2-ma\'ruza, Abdug\'aniyev Azizbek, 5c90b4f1bfbf6288207bbed4bbb28bc9, Документ Microsoft Word (2), Axborotlarni himoyalash usullari. Reja-fayllar.org, Снимок экрана 2023—07—17 в 00.26.00, Qarz-munosabatlarini-ifodalovchi-qogozlar 7

    4O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
    FARMONI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020 — 2030-YILLARGA MO‘LJALLANGAN KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
    So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
    Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda.
    Foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
    Respublikada 2020 — 2030-yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
    11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 10-iyul,
    PF-6024-son

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga



    SUV XO‘JALIGIDAGI JORIY HOLAT
    O‘zbekiston Respublikasi Orol dengizi havzasida joylashgan bo‘lib, uning asosiy suv manbai Amudaryo va Sirdaryo daryolari, shuningdek, ichki daryo va soylar hamda yer osti suvlaridir. Orol dengizi havzasidagi barcha manbalarning o‘rtacha ko‘p yillik suv oqimi 116 mlrd kub metrni tashkil etadi, shundan 67,4 foizi Amudaryo havzasida va 32,6 foizi Sirdaryo havzasida shakllanadi. Jumladan, yer osti suvlarining umumiy zaxirasi 31,2 mlrd kub metrni tashkil etib, uning 47,2 foizi Amudaryo havzasiga, 52,8 foizi esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi.
    “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik suv olish limiti 64 mlrd kub metrni tashkil etadi. Shu bilan birgalikda, 1980-yillarda respublikaning yillik suv iste’moli ko‘p yillik limit doirasida bo‘lib, so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, shuningdek, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
    Respublikada sug‘oriladigan yer maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etib, jami suv resurslarining o‘rtacha 90-91 foizi qishloq xo‘jaligida, 4,5 foizi, kommunal-maishiy xo‘jalik sohasida, 1,4 foizi sanoatda, 1,2 foizi baliqchilikda, 0,5 foizi issiqlik energetikasida, 1 foizi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanilgan.
    Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan.
    Iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, qishloq xo‘jaligini suv bilan ishonchli ta’minlash, shuningdek, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida respublikada o‘ziga xos suv xo‘jaligi tizimi barpo qilingan.
    Suv xo‘jaligi tizimida 28,4 ming km irrigatsiya tizimi va ulardagi 54 432 ta har xil gidrotexnika inshootidan, shuningdek, umumiy hajmi 19,4 mlrd kub metr bo‘lgan 70 ta suv ombori va sel omboridan foydalanib kelinmoqda.
    Suv resurslarining nomutanosib taqsimlanishi va sug‘oriladigan yerlarning murakkab relyefga ega ekanligi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60 foiziga yaqin qismiga 1 687 ta nasos stansiya yordamida suv yetkazib berilib, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 8 mlrd kVt.s ni tashkil etadi.
    Bundan tashqari, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan jami 155,2 ming km sug‘orish tarmog‘i va 10 280 tadan ziyod nasos agregatlari ishlatilmoqda. Sug‘orish ehtiyojlari uchun jami 12,4 mingta, jumladan suv xo‘jaligi tizimida 4 153 ta sug‘orish quduqlaridan foydalanilmoqda.
    Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun umumiy uzunligi 142,9 ming km, shundan 106,2 ming km ochiq va 36,7 ming km yopiq gorizontal kollektor-drenaj tarmog‘i, shuningdek 172 ta meliorativ nasos stansiyasi, 3 897 ta vertikal drenaj quduq ishlatilmoqda.

    Download 95.04 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 95.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida

    Download 95.04 Kb.