Kirish. Issiqlik energetikasida energiya tejash




Download 18,92 Kb.
Sana24.11.2023
Hajmi18,92 Kb.
#104776
Bog'liq
1-mavzu


    1. Kirish. Issiqlik energetikasida energiya tejash.

Reja:

  1. Kirish.

  2. Energiya tejamkorlikka kirish.

  3. Issiqlik tizimlari va qurilmalari.

Respublikamizda sanoatimiz ishlab chiqarayotgan mahsulot­larning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirishni asosiy omillaridan biri texnologik jarayonlarda energiya resurs­laridan oqilona foydalanib mahsulot tannarxini kamaytirish hisoblanadi. Mamlakatimizda mahsulot birligiga sarflanayotgan elektr energiyasining rivojlangan davlatlardagi ushbu ko‘rsat­kichlariga nisbatan bir necha marta ko‘pligini e’tiborga olsak, sanoat korxonalarida elektr energiyasini tejash bo‘yicha imkoniyat­larimiz ko‘p ekanini ko‘rish mumkin. Hozirgi paytda ayrim me’yoriy ko‘rsatkichlarning eskirgani [80, 101] va korxonalarda ayni bir mahsulotni ishlab chiqarishda turli texnologik uskuna­lar ishlatilayotganligi tufayli ushbu me’yoriy ko‘rsatkichlar aso­sida korxonaning elektr energiyasidan foydalanish samarador­ligini ob’ektiv baholashni qiyinlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida samaradorlik ko‘rsatkichlarni aniqlashda har bir korxonaga alohida yondashuvni taqozo qiladi.


Har bir korxonada nisbiy energiya sarfini aniqlashda alo­hida yondashuvchi ta’minlovchi uslubiyotni yaratish muhim masa­lalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir texnologik elektr uskunaning texnologik jarayondagi ishtirokini hisobga olgan holda elektr energiya sarfini hisoblash imkoniyatini beruvchi uslubiyotni ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha element­lari bo‘yicha aniqlangan quvvat balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida korxonada elektr energiyasini texnologik mashinaga bo‘lgan bo‘g‘inlarda qanday taqsimlanishi, korxonada ishlab chiqa­rilayotgan har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi, ishlab chiqarish uchastkalari, sexlar bo‘yicha energiya oqimlarini hisoblashni taqozo qiladi. Bu odatda uzoq muddatli tadqiqotlar va ko‘p kishilik tadqiqot guruhini talab etadi. Ayniqsa, minglab elektr dasgohlarga ega bo‘lgan yirik korxonalar uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar ko‘p xarajatni talab etgani va uzoq davom etishi sababli korxonalar bu tadqiqot natijalari samara berishiga shubha bilan qaraydilar va energiya auditi xizmatlariga murojaat qilishmaydi. bu esa o‘z navbatida, tez va arzon o‘tkaziladigan energetik tadqiqotlar uslubiyotini ishlab chiqishni talab qiladi.
Energiya tejash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishda korxona rahbariyati va mutaxassislarini roli muhim [3, 79]. Boshqaruv tizimida insonni ham qamrab olgan avtomatlashtirilgan tizimni samaradorligini tizimni boshqarayotgan xodimni qabul qilinayot­gan qarorlarni sifati va korxonadagi ishlab chiqarish xodim­larini energiya tejashdagi keng ishtiroki muhim ahamiyatga ega bo‘ladi [7]. Zarur axborotni, uni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatni yoki malakaning yo‘qligi - holati to‘g‘risida kam axbo­rotga ega bo‘lgan ob’ektlarni boshqarish samaradorligining pastli­gini asosiy sababidir. Korxona energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy tadqiqotlar natijalarini korxona energiya xo‘jaligini oqilona boshqarish bo‘yicha tahliliy - axborot tizi­mini yaratish orqali amaliyotga samarali joriy etish mumkin. Ushbu tizimda energiya tejash tadbirlarini muammoli masalalari va bajarilish jarayoni modellashtiriladi va oqilona qaror qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlar olinadi [5, 93, 98].
Hozirgi kunda Respublikamizda mahsulot birligiga sarf­lanayotgan energiya sarfi rivojlangan davlatlarni ushbu ko‘rsat­kichlariga nisbatan bir necha marta ko‘pligi energiya tejash bo‘yicha imkoniyatlarimiz borligini ko‘rsatadi [61]. Respublikamiz kor­xonalariga chet el investitsiyalari keng jalb qilinib xorijiy texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda. Zamonaviy texnologik usku­na­lar elektr tarmog‘iga faol teskari ta’sir ko‘rsatib va ayni paytda elektr energiyasi sifatiga va elektr ta’minoti tizimi (ETT) ishonchligiga kat’iy talablar qo‘yadi [80, 85]. Bu holat korxo­nalarni zamonaviy talablar, jumladan, elektr energiyasi sifati va foydalanish samaradorligi, qaydlov tizimini avtomat­lash­tirish va sh.o‘. hisobga olib rekonstruksiyalashni taqozo qiladi. Bu holat ETT samaradorligini aniqlash uslubiyotini zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish va joriy etishni oldimizga dolzarb masala qilib qo‘yadi
Download 18,92 Kb.




Download 18,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Issiqlik energetikasida energiya tejash

Download 18,92 Kb.