• Avtomobillarni yuvish, tozalash va quritish ustaxonasida
  • TXK postlari
  • Avtoservis stantsiyalarida ishlab chiqarish uchastkalarini tashkil etish




    Download 2,23 Mb.
    bet1/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #230419
      1   2   3
    Bog'liq
    6-Sobirov Kamronbek




    AVTOSERVIS STANTSIYALARIDA ISHLAB CHIQARISH UCHASTKALARINI TASHKIL ETISH
    Andijon mashinasozlik instituti,
    “Transport va logistikasi”fakulteti
    “Avtomobil servisi” yo’nalishi 4-kurs talabasi
    Sobirov Kamronbek Ilxomjon oʻgʻli
    Avtomobillarga to‘la ravishda (kompleks) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi:
    - avtomobillarni yuvish va quritish;
    - avtomobillarni TXKga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
    - maxsus diagnostika uchastkasi;
    - texnik xizmat ko‘rsatish postlari;
    - ta’mirlash va agregatlarni almashtirish postlari:
    - kuzov elementlarini (eshiklari, qanotlari, bamperlari va h.k.) ta’mirlovchi postlar;
    - agregatlar va detallarni ta’mirlovchi ustaxonalar;
    - g‘ildiraklar va shinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
    - akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadlovchi ustaxonalar;
    - elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
    - dvigatelning tahminot tizimi priborlari (karbyurator, injektor, benzonasos va h.k.) ga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
    - kuzovni ta’mirlash kompleksi (tunukasozlik, payvandlash, armatura, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish).
    Avtomobillarni yuvish, tozalash va quritish ustaxonasida: avtomobillar salonini yig‘ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek ostidan ham yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlari bajariladi.

    Maxsus diagnostika mintaqasi: avtomobillarni, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shu g‘ullanadi.
    Diagnostika jarayonida texnik xolatni aniqlash avtomobilni qismlarga ajratmasdan, maxsus dasturlarga asosan jixozlar, o‘lchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi. Diagnostika TXK va ta’mirlashning muxim elementi va nazorat ishlarining asosiy qismi bo‘lib, uni bilib qo‘llanilsa mehnat sarfi kamayadi va ish unumi oshadi. Eng muhimi bajarilgan ishning sifati va avtomobillarning texnik xolati yaxshilanadi.
    Barcha avtomarkazlarda va zamonaviy ASS larida maxsus jixozlangan diagnostika postlari tashkil etilgan.





    TXK postlari: to‘satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo‘lishi ehtimolini oldini olish ishlarini bajarish uchun m o‘ljallangan. Ma’lumki, bu ishlar tekshiruv-nazorat, qotirish maxkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo‘lib, kerakli texnologik jixozlar bilan ta’minlangan postlarda, maxsus ko‘rish ariqchalari ustida yoki ko‘targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, chiqindi gazlar zaxarliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lishi mumkin.

    Download 2,23 Mb.
      1   2   3




    Download 2,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtoservis stantsiyalarida ishlab chiqarish uchastkalarini tashkil etish

    Download 2,23 Mb.