Agregarlarni almashtirish postlari: avtomobillarning agregatlari, uzellari va tizim qismlarida sodir bo‘lgan buzilishlar, nosozliklarni tuzatish uchun xizmat qiladi. Ko‘p xollarda bu buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo‘lmaydi, buning uchun o‘sha agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi, ba’zi bir qismlar almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi.
Akkumulyator ustaxonasida: akkumulyatorlar batareyasiga xizmat ko‘rsatiladi, ta’mirlangandan so‘ng yangidan zaryadlanadi, distirlangan suv va elektrolit tayyorlanadi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyator batareyasi avtomarkazlar, yirik ASSlar yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda korpusini almashtirib yoki mastika qo‘yib tuzatish, plastinkalari va seperatorlarini almashtirish, qo‘r g‘oshinli setkalari va klemmalarni qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib, ishlash qobiliyati tiklanadi.
Elektr jixozlarini ta’mirlovchi ustaxonada: esa elektr va elektron jixozlar (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari va h,k.) va boshqa nazorat- o‘lchov asboblari tekshirilib ko‘riladi, zarurat bo‘lganda ta’mirlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu jixozlarning nosozligi avtomobillarning o‘zida, ta’mirlash postlarida yoki bartaraf etilishi iloji bo‘lmagan xollardagina ular ustaxonada bajariladi.
Ta’mirlashga keltirilgan agregatlar avval maxsus jixozlarda tekshirib ko‘rilib, so‘ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, quritiladi va defektovka qilinadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, bazilari ta’mirlanadi va yana yig‘ilib sinab ko‘riladi.
Ta’minot tizimi asboblari va jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada esa yonil g‘i nasosi, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratib, yuvib, tozalab, yaroqsiz detallarini almashtirib, so‘ngra qaytadan yig‘ib, tekshirib va sinab ko‘riladi.
Kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo‘lib, undagi ishlarning xajmi va murakkabligi ko‘p vaqtni talab qiladi. Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan, tunikasozlik, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish va armaturalarni ta’mirlash jamlamasidan iboratdir. Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar va osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunikasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus jihozlarda, vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to‘g‘rilanadi, zanglashga uchrab chirigan joylari kesib tashlanadi.
Bo‘yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo‘lib, ishonchli havo so‘rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov satxiga, avvalo xomaki bo‘yoq grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va zanglashga qarshi ishlov beriladi hamda maxsus purkagich pistoletlarda bo‘yoq sepiladi. Nitroemalli bo‘yoqlar tez, 20 minut ichida, past xarorat (18-20 C)da quritiladi, agar sintetik emal bo‘yoqlar ishlatilsa, quritish uchun kuzovni (110-130 C) haroratda 30-50 minut saqlanadi.
Kuzov jamlamasining yana bir uchastkasi bo‘lib, bu joyda eshiklar, kapotlar, yukxona oshiq-moshiqlari, qulflar, oynalarni ko‘tarib-tushirish mexanizmlari ta’mirlanadi.
|