• Tayanch so’z va iboralar
  • Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish bo’linmalari va ixtisoslashgan ustaxonalari.
  • Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida




    Download 12,08 Mb.
    bet1/7
    Sana19.01.2024
    Hajmi12,08 Mb.
    #141451
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida


    Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida
    bajariladigan ishlar.
    Reja:

    1. Avtomobillarni tozalash, yuvish va quritish, qabul qilish va egasiga topshirish, diagnostika texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash postlari.

    2. Kuzovlarni ta’mirlash, tanlash va bo’yash bo’limlari.

    3. Avtomobillar agregatlari, detallari, yonilg’i bilan ta’minlash, elektr va elektron jihozlari, shina va g’ildiraklari va akkumulyatorini ta’mirlovchi ustaxonalarda bajariladigan ishlar.

    4. Yordamchi bo’limlar: ombor-xo’jalik, elektro-issiqlik, suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash tizimi.

    5. Mijozlar uchun xonalar:kutish, bar, kafe, maishiy xizmat xonalari.

    6. Savdo-tijorat shoxobchalari: sotiladigan avtomobillar, extiyot qismlar omborlari, do’konlar, avtosalonlar.

    Tayanch so’z va iboralar: Tozalash, yuvish, qabul qilish, egasiga topshirish, diagnostika, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, kuzov, bo’yash, agregat, detal, tarmoq, yelektr, yelektronika, shina, yurish qismi, g’ildirak, akkumulyatorlar batareyasi, ustaxona, mintaqa, omborxona, ehtiyot qismlar, maishiy xizmat, do’kon, avtosalon
    Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish bo’linmalari va ixtisoslashgan ustaxonalari.
    Avtomobillarga to’la ravishda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish bo’linma va ustaxonalar tashkil etiladi:
    -avtomobillarni yuvish va quritish;
    -avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
    -maxsus diagnostika;
    -texnik xizmat ko’rsatish postlari;
    -ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlari;
    -kuzov elementlari (eshiklar, kapotlar, bamperlar va h.k.)ni
    ta’mirlovchi postlar;
    -avtomobil, agregat, asbob va jihozlarini ta’mirlovchi maxsus ustaxonalar (agregatlar, uzel va detallarini ta’mirlovchi; g’ildiraklar va shinalarga xizmat ko’rsatuvchi; akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadka qiluvchi; elektr jihozlariga xizmat ko’rsatuvchi; motorning yonilg’i ta’minlash tizimi asboblari: karbyurator, ijektor, benzonasos va h.k.ga xizmat ko’rsatuvchi; kuzovni ta’mirlash kompleksi: tunukasozlik, payvandlash, armatura, bo’yashga tayyorlash, bo’yash va quritish va boshqalar.
    Avtomarkazlarda, yirik va o’rta ASKlarida yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining barchasi to’la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha variantlari ham bo’lishi mumkin, masalan, mayda ta’mirlash ishlari (3 ishchi-soat hajmigacha) TXK postlarida yoki alohida, kirishga va chiqishga qulay bo’lgan postlarda bajarilishi mumkin. Ba’zi ustaxonalar kichik ASKlarga birlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jihozlari ustaxonasi bilan, ta’minlash tizimi asboblarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasi bilan. SHuningdek, TXK ishlari ta’mirlash ishlari bilan birga bir postlarda tashkil etilishi ham mumkin.



    6.1-rasm. ASK postlari va mintaqalarini joylashish chizmasi.
    I-ishlab chiqarish mintaqasi; II-ma’muriy mintaqa 4-TXK mintaqasi; 4.0- avtomobillarning navbat kutish joyi; 4.1-qo’zg’almas kutarish jihoziga ega bo’lgan TXK ishchi posti; 4.2- TXK yer usti ishchi posti; 5-JT posti; 5.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 5.1-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan JT posti; 6-moylash bo’limi; 6.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 6.1.-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan ishchi posti; 7-akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va zaryadlash ustaxonasi; 7.0-avtomobillarning navbatkutish joyi; 8-elektr jihozlari va asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 8.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 9-yonilg’i ta’minoti tizimi asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 9.0-avtomobillarning navbat kutish joyi;10-agregat-mexanika bo’limi; 10.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 11-shinomontaj bo’limi; 11.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 12-qoplamachilik agregat ustaxonasi; 12.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 13-kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi; 13.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 13.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 13.2-er usti ishchi posti; 14-bo’yoqchilik ustaxonasi; 14.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 14.2-er usti ishchi posti; 14.3-yordamchi post.



    Download 12,08 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 12,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida

    Download 12,08 Mb.