Avtoservis korxonalarida ko’riladigan xizmat turlarining bajarilish joylari
Avtoservis korxonalarida ko’rsatiladigan servislarning turlarini va bajarilish joylarini ko’rib chiqamiz:
1. Avtomobillar salonini yig’ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek, ostidan yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlari avtomobillarni yuvish-tozalash va quritish bo’limida bajaradi. Zamonaviy ASKlarda bu ishlarni bajaruvchi uchastkalar kerakli jihozlar va suv tozalagich inshootlari bilan ta’minlanadi. Bu uchastka korxonaning quvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo’lda, shlang yordamida yuvadigan bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar, yirik va ba’zi o’rta quvvatli ASKlarda yuvish uchastkasi mexanizatsiyalashgan, ba’zida esa avtomatlashtirilgan bo’ladi.
|
|
6.2-rasm. Avtomobillarni shlang yordamida qo’l bilan yuvish posti.
|
6.3-rasm. Avtomobillarni cho’tkalar bilan yuvish posti.
|
Yuvilgan avtomobillar asosan issiq havo oqimi yordamida quritiladi.
|
|
6.4-rasm. Avtobuslarni yuvish posti.
|
6.5-rasm. Avtomobillarni issiq havo oqimi yordamida quritish jihozi.
|
2. Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish, avtomobil va uning agregatlari, uzellari va tizimlarining texnik holatini aniqlash bajariladigan ishlar hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi ishlar avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish uchastkasida bajariladi.
SHuningdek qabul qilish jarayonida, avtomobilning tashqi ko’rinishi ko’zdan kechiriladi, uning butligi tekshiriladi, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellar tekshirib ko’riladi, hamda harakat xavfsizligini ta’minlovchi barcha mexanizmlar tekshirilib, sarf bo’ladigan ehtiyot qismlar, materiallar miqdori va taxminiy xaqi ham kelishilib olinadi. Bundan tashqari avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
Bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanib, mijoz bilan kelishilgandan so’ng hujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobillarni servisga qabul qilish korxona yoki soha rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish va servisga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi. Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi, agregatlari va barcha qismlari zavod mahsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruktsiyalarga o’zgartirishlar kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi.
Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarning bajarilganligi, avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, topshiriladi. Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qabul qilish paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan hollarda u diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik holati aniqlanadi.
3. Avtomobillar, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash ishlari maxsus diagnostika uchastkasi (posti)da bajariladi. Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash avtomobilni qismlarga ajratmasdan maxsus dasturlarga asosan stendlar, o’lchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi.
|
|
6.6-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti
|
6.7-rasm. Avtomobillarni kompyuterli diagnostikalash
|
|
|
6.8-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatilish burchaklarini sozlash posti
|
Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo’lib, uni bilib qo’llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va sifat, ish unumi oshadi, eng muhimi avtomobillar texnik holati yaxshilanadi.
4. TXK, ya’ni profilaktik, to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimoli oldini olish ishlari texnik xizmat ko’rsatish postlarida bajariladi. Ma’lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-mahkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib, kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaharliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir.
|
|
6.9-rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash postlari.
|
|
|
6.10-rasm. Motor moylarini almashtirish posti
|
6.11-rasm. Tizimlarni texnik suyuqliklar bilan ta’minlash posti
|
Joriy ta’mirlash, ya’ni avtomobillar agregat, uzel va tizim qismlarida sodir bo’lgan buzilishlar, nosozliklarni tuzatish ishlari ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlarida bajariladi. Ko’p hollarda bu buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo’lmaydi, buning uchun nosoz agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Ta’mirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko’targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilning ko’tarilishi va uning ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, alangalatish chaqmog’i yoki karbyuratorni almashtirish maxsus ajratilgan oddiy postlarda bajarilishi mumkin.
|
|
6.12-rasm. Avtomobillarni ta’mirlash postlari
|
Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek, ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrik tallar bilan jihozlanadi va ko’chma domkratlar bilan ta’minlanadi. Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshik, qanot, bamperlar va h.k.) to’g’rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi. Postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari, maxsus ta’mirlash-tiklash ustaxonalarda bajariladi. ASKlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bog’liqdir.
6. Motor, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko’priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig’ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va h.k.larga turli xildagi mexanik, elektrogalьvanik, chilangarlik kabi ishlovlar berish yoki almashtirish va sinash ishlari agregatlarni ta’mirlash va mexanika uchastkasida bajariladi.
6.13-rasm. Agregatlarni ta’mirlash va mexanika ustaxonasi.
7. Akkumulyatorlar batareyasiga TXK va ta’mirlash, zaryadkasini maromiga yetkazish yoki ular ta’mirlangandan so’ng yangidan zaryadlash, distillangan suv va elektrolit tayyorlash ishlari akkumulyator ustaxonasida bajariladi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi korpusi avtomarkazlar, yirik ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda almashtiriladi yoki mastika quyib tuzatish, plastinka va separatorlarini almashtirish, qo’rg’oshinli setka va klemmalarini qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi.
8. SHinalar bo’yicha ajratish-yig’ish, havo bosimini nazorat qilish, muvozanatlash, kamerani va mayda jarohatlangan shinalarni ta’mirlash hamda tashqi nazorat qilish ishlari shinalarni ta’mirlash ustaxonasida bajariladi. SHinalarni ajratish-yig’ish ishlari shina o’z muddatini o’tab bo’lgandan so’ng yoki kamera teshilganda bajariladi. Yig’ilgan shina me’yoriy havo bosimigacha damlanadi. Havo bosimini nazorat qilish har bir TXKda bajariladi. Yuk avtomobillar va avtobuslar shinalarini damlash paytida, zanjir halqasi chiqib ketib ishlovchini jarohatlashi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, ular maxsus metall qafaslarda damlanadi.
6.14-rasm. SHinalarni ta’mirlash ustaxonasi
9. Elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari, va h.k.) va boshqa nazorat-o’lchov asboblarini tekshirib ko’rish va zarurat bo’lganda ta’mirlash ishlari elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu jihozlarning nosozligini avtomobillarning o’zida ta’mirlash postlarida tozalash, qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishi iloji bo’lmagan hollardagina ustaxonaga keltiriladi. Ta’mirlashga keltirilgan avtomobil jihozlari avval maxsus stendlarda tekshirilib ko’rilib, so’ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so’ngra quritiladi va saralanadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, ba’zilari ta’mirlanadi va yana yig’ilib sinab ko’riladi.
10. Benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratish, yuvib tozalash, yaroqsiz detallarini almashtirish, qaytadan yig’ish, yaroqliligini tekshirib va sinab ko’rish ishlari yonilg’i bilan ta’minlash jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi.
6.15-rasm. Yonilg’i bilan ta’minlash apparatlarini ta’mirlash ustaxonasi.
11. Avtoxalokat yoki zanglash, charchash yoki eskirish natijasida shikastlangan kuzovlar kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanadi. Ushbu ustaxona avtoservis korxonasidagi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo’lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi ko’p vaqtni talab etadi. SHuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan ko’p bo’ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi. Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan,
chunonchi:
-tunukasozlik;
-bo’yashga tayyorlash;
-bo’yash va quritish;
-armaturalarni ta’mirlash majmuidan iborat.
6.16-rasm. Avtomobil kuzovini ta’mirlash joyi
6.17- rasm. Payvandchilik mintaqasi
Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar, osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to’g’rilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformatsiyalanib to’g’rilashning iloji bo’lmagan qismlari avtogen yoki pnevmatik keskichlar yordamida kesib tashlanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash karbonat angidrid himoyali muhitda, yarim avtomatik elektryoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va
o’zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu usulda ulanadi. Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma keskichlar qo’llanadi. Kuzov detallarini bir-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi.
6.18-rasm. Bo`yashga tayyorlash mintaqasi
|
6.19-rasm. Tunukasozlik mintaqasi
|
To’g’rilangan va ulangan kuzovning payvandlangan choklaridan tozalanadi va, ayniqsa, maxsus asboblar yordamida qo’l zarbasi bilan obdon tekislanadi. Uzil-kesil to’g’rilangan, nafis holgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo’yashga tayyorlash uchastkasiga o’tkaziladi. Bu joyda kuzov sirtidan bo’yoqlari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, jilvir qog’oz bilan ishqalanib tozalanadi. Notekis joylari va tirqishlari maxsus shuvoq - shpaklevka bilan tekislanadi va kuzov bo’yash uchastkasiga o’tkaziladi.
|
6.20-rasm. Bo’yash-quritish kamerasi
|
Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo so’rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sirtiga, avvalo, homaki bo’yoq - grunt sepiladi, shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo’yoq sepiladi. Nitroemalli bo’yoqlar tez, 20 minut ichida, 18÷200 S oddiy haroratda quritiladi, agar sintetik emal bo’yoqlari ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110÷1300 S haroratli kamerada 30÷50 minut ushlab turishga to’g’ri keladi.
Bo’yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni avtomobil pasportidagi kod belgisi asosida kompьyuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislar bajaradilar. Kuzov majmuasining yana bir uchastkasi - armatura uchastkasi bo’lib, bu joyda eshik, kapot, yukxona oshiq-moshiqlari, qulflari, oynalarni ko’tarish -tushirish mexanizmlari va hoshiyalari ta’mirlanadi. SHuningdek, kuzov majmuida alohida, o’rindiqlar va suyanchiqlarni ta’mirlovchi va radiator, benzobaklarni kavsharlovchi mustaqil uchastkalar ham bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar va ATXKSlarida ma’muriy-maishiy xonalar qatori albatta mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart.
6.21- rasm. Avtomobillarni bo’yash. 6.22-rasm. Bo’yoq tayyorlash xonasi
12. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish va axborot yetkazish vazifasini mijozlar uchun xonalar va xizmat punktlari bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga chidash va unda muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo’yilgan tovar yoki xizmat yuqori sifatli bo’lishi va unga beriladigan kafolat hisoblanadi. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan holis emas. Xizmat ko’rsatish sohasida, jumladan, avtoservisda ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobil egalari- mijozlarga qilinadigan muomala madaniyatidan iboratdir. Mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar ular shu korxonaning doimiy mijozlariga aylanishlarini ta’minlab beradi. Avtomobillarida yuzaga kelgan kichik nosozliklarni tuzatish yoki kam hajmdagi servis xizmati bilan kirgan mijozlar uchun kutish va dam olish saloni, unda televizor, dam olish kreslolari, divanlar, stol va stullar gazeta va jurnallar, prospektlar bo’ladi, bufet xizmat ko’rsatadi. Mijozlarga ko’rsatiladigan madaniy-maishiy xizmat quyidagi majmualardan tashkil topishi mumkin:
- mijozlar uchun kutish va dam olish saloni;
- kafe-barlar;
- savdo shoxobchalari, sotiladigan avtomobillar, ehtiyot qismlar
do’konlari;
- avtosalonlar.
6.23-rasm. Mijozlar bilan ishlash xonalari
Avtoservis korxonasiga kelgan mijozlar avtosalon yoki ko’rgazma zallarida mavjud avtomobillar bilan tanishib, ularning o’zlariga yoqqan rusum va modellarini tanlab olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Xuddi shunday, sotib olinadigan avtomobillar mijozlar tomonidan o’z vaqtida olinishini ta’minlash uchun savdo korxonalari o’z tarkiblarida sotiladigan avtomobillar, ehtiyot qismlar omborlarini tashkil qiladilar. Avtomobillarga servis ko’rsatuvchi ko’pgina korxonalarning tijoriy ishlariga avtomobillar, ularga ehtiyot qismlar va avtomateriallar bilan savdo qilish ham kiradi. Ayniqsa bu ishlar diler servis korxonalarining birinchi vazifasi hisoblanadi. Avtosavdo joylari – avtosalonlar, ehtiyot qismlar sotish do’konlari korxonalarning kiraverish qismidagi eng nufuzli joyida joylashtiriladi. Ular xaridorlar didiga mos tushishiga, zamonaviy, qulay va shinam bo’lishiga va jihozlanishga katta ahamiyat beriladi, chunki sotiladigan avtomobillarni xaridorlarga namoyish etish va reklama qilish san’ati tijoriy ishlarning muhim tarkibiy qismidir. Mijozlarga madaniy-maishiy xizmatni yaxshilash uchun korxonalar yonida restoranlar, oshxonalar, kafe-barlar va choyxonalar tashkil etiladi.
|
|
6.24-rasm. Extiyot qismlar savdo do’koni
|
6.25-rasm. Avtosalon
|
Mijozlarga yanada ko’proq qulayliklar yaratish maqsadida avtosavdo salonlari yonida tijorat banklari bo’limlari tashkil qilinadi.
|