• Xonalarning mikroiqlim me’yorlari
  • Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida




    Download 12,08 Mb.
    bet5/7
    Sana19.01.2024
    Hajmi12,08 Mb.
    #141451
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida

    Issiqlik ta’minoti. Korxonaning inshootlarini isitishni loyihalayotganda xonalardagi havoning hisoblangan parametrlari 5.1-jadvaldagi miqdorlarda qabul qilinadi. Ishdan tashqari vaqtda hamma xonalarda iliq haroratni ushlab turish uchun navbatchi isitgich ko’zda tutilishi kerak. Isitish tizimini ishdan tashqari vaqtda navbatchi isitgichga o’tkazishni imkoni boricha avtomatlashtirish lozim. Avtomibillarga texnik xizmat ko’rsatish va saqlash xonalarida shamollatish bilan moslashgan havo isitgich qo’llanilishi kerak. Bu tizim havo isitish jihozlarini markazlashgan yoki markazlashmagan holda joylashtirish yordamida amalga oshiriladi. Markazlashgan bug’-havo isitish usulida havo markaziy kamerada isitiladi va u yerdan markazdan qochma ventilyator hamda metalli havo yuritgich va pol tagidagi kanallar yordamida xonalarga tarqatiladi.
    6.1-jadval. Xonalarning mikroiqlim me’yorlari

    SHinalarni saqlash 5 me’yorlanmaydi me’yorlanmaydi Markazlashmagan holda isitishda yaxlit blokka o’rnatilgan kalorifer, ventilyator va elektrodvigateldan foydalaniladi. Havo uzatish agregatlarini kolonnalar yoki devorlarda joylashtirish lozim. Ta’mirlash-tayyorlov va omborxonalarni isitishda past bosimli yoki yuqori bosimli (mahalliy isitish asboblari) bug’l bilan isitish tizimi qo’llanadi.
    Avtomobillarni saqlash xonalari bilan darvoza yoki eshik orqali qo’shni ishlab chiqarish xonalarida qo’shimcha joy ko’zda tutiladi va u yerga uzatilayotgan havo miqdori hisobdagidan 10 % ga oshiriladi. Akkumulyator, kamera yamash, koplamachilik va qayta tiklash ishlari bajariladigan xonalarda havoli isitish qo’llanganda havoni aylanma harakatlantirishga ruxsat etilmaydi. Havoning sovishi hisoblanganda, tashqi to’siqlar va infilьtratsiya hisobiga yo’qotiladigan issiqlikdan tashqari, xonaga kirayotgan sovuq avtomobillarni isitishga ketadigan va ochiq darvozadan kirayotgan sovuq havoni isitishga ketadigan issiqlikni ham hisobga olish zarur. Isitilgan dvigatelning va uning sovitish tizimidagi suvning o’rtacha harorati 500S ga teng, avtomobilning sovitilgan qismlarini o’rtacha harorati hisoblangan tashqi isitish haroratidan 10○S ga yuqori qabul qilinadi.
    Xonalarga kirib kelayotgan avtomobillarni isitish davomiyligi qabul qilinadi. 1-toifali avtomobilar uchun-1soat, 2- va 3- toifa uchun 2 soat, 4 -toifali uchun esa -3 soat. Bunda 2- va 3- toifa uchun 70% issiqlik birinchi soatda sarflanadi, 4- toifa uchun esa birinchi soatda -50%, ikkinchi soatda -30% va uchinchi soatda -20%.
    Avtomobilar xonaga ko’plab kirib kelishi va chiqishi vaqtida xonanig sovishi maksimumga yetadi. Havo miqdori shamolni yo’nalishi va tezligiga, tashqi va ichki haroratga, darvozaning balandligi va kengligiga bog’liq.
    Darvozaning ochib yopilishidan yo’qotilayotgan issiqlikni qoplash uchun issiqlik ta’minoti loyihalanayotganda quyidagilarni ko’zda tutish lozim:
    -tashqi havoning hisoblangan harorati minus 20○S dan past bo’lganda, agar TXK mintaqasida postlar soni 5 dan ortiq bo’lsa va saqlash mintaqalariga kirib chiqayotgan avtomobillar soni 1 soatda 20 tadan ortiq bo’lsa, tashqi darvozalarga issiq havo to’siqlari o’rnatiladi;
    -tashqi hisoblangan harorat minus 20○S dan yuqori bo’lsa yo’qolgan issiqlik o’rniga qo’shimcha issiq havo beriladi yoki qo’shimcha davriy ishlaydigan retsirkulyatsion agregatlar o’rnatiladi;
    Havo to’sgich ikkita vertikal havo yuritgichdan iborat bo’lib, o’z elektrodvigateli bilan ta’minlangan. Undan yuboriladigan issiq havo kirib kelayotgan havoga qarshi 45 burchak ostida yo’naladi.

    Download 12,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 12,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida

    Download 12,08 Mb.