• 2.1. Quymakorlik ishlab chiqarishining mohiyati
  • 300 tonnagacha
  • ҚУЙМАКОРЛИК МОСЛАМАСИ
  • 2-Ma’ruza. Quyma zagotovkalarning umumiy tavsifi. Reja




    Download 65.31 Kb.
    bet1/3
    Sana06.07.2023
    Hajmi65.31 Kb.
    #76355
      1   2   3
    Bog'liq
    МҚ ва Д иш 2- Лек
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2

    2-Ma’ruza.
    Quyma zagotovkalarning umumiy tavsifi.
    Reja:
    2.1. Quyma zagotovkalar ishlab chiqarishning mohiyati.
    2.2. Quymakorlik qotishmalarining sinflanishi.
    2.3. Quyma zagotovkalarning murakkabligi darajasi bo’yicha sinflanishi.


    2.1. Quymakorlik ishlab chiqarishining mohiyati
    Quymakorlik ishlab chiqarishi mashinasozlikning tarmog’i bo’lib, zagotovka (detal) ning konfiguratsiyasidan iborat bo’lgan maxsus qolipning bo’shlig’iga eritilgan metalni quyish orqali shakldor zagatovka yoki detallarni tayyorlash bilan shug’ullanadi. Quyilgan metall sovishi natijasida o’sha bo’shliqning konfiguratsiyasini saqlab qolgan xolda qotadi. Olingan maxsulotni quyma deb ataladi. Eritilgan metall kristallanishi va sovishi jarayonida quymaning mexanik va ekspluatatsion xossalari shakllanadi.
    Quymakorlik usuli bilan massasi bir necha grammdan 300 tonnagacha, uzunligi bir necha santimetrdan 20 metrgacha, devor qalinligi 0,5-500 mm bo’lgan turli xildagi konstruktsiyadagi quymalar (tsilindrlar bloklari, porshenlar, tirsakli vallar, reduktorlarning korpusi va qopqoqlari, g’ildiraklar, dastgoxlar staninalari, prokatlash dastgoxlarining staninalari va boshqalar) olinadi. Ko’pgina mashinalarning (ichki yonuv dvigatellar, trubinalar, kompressorlar metall kesuvchi dastgoxlar va boshqa.) massasining 60-80% ini quyma detallar massasi tashkil etadi. Quymalarni tayyorlash uchun quyishning ko’plab usullari: qumli qoliplarga quyish kokillarga quyish, qobiq qoliplarga quyish, eruvchan modellar yordamida quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochma usulda quyish va boshqalar qo’llaniladi. Quyishning u yoki bu usulini qo’llash soxasini quymaning ishlab chiqarish hajmi, geometrik aniqligi va sirt g’adir-budirligiga bo’lgan talablar, ushbu usulning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va boshqa omillar belgilaydi.

    ҚУЙМАКОРЛИК МОСЛАМАСИ






    Download 65.31 Kb.
      1   2   3




    Download 65.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Ma’ruza. Quyma zagotovkalarning umumiy tavsifi. Reja

    Download 65.31 Kb.