• 1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
  • Mavzu: sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari




    Download 24.37 Kb.
    bet1/5
    Sana04.04.2024
    Hajmi24.37 Kb.
    #187673
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab ch4
    Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, uni baholash va iqtisod, макраиқтисодиёт курс иши, макраиқтисодиёт курс иши, намуна, mikro iqtisodiyot kurs ishi, курс иши 3, макраиқтисодиёт фанидан курс иши, Sanoat iqtisodiyotidabn kurs ishini bajarishI, Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Ishlab chiqarishda 1111, KURS ISHI, курс иши 2, макраиқтисодиёт фанидан курс иши1, Kursish I mavzu Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kor (2), Reja Yangi samarali texnologiya tushunchasi va ularga qaratilga6 (2)




    MAVZU: SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI.

    Reja:

    1.

    Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi

    2.

    Asosiy fondlarni baholash.

    3.

    Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi

    4.

    Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari

    5.

    Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari



    1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi

    Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxonalari qanchalik ko‘p resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu resurslardan to‘la – to‘kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga aylanadi.


    Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni bor. CHunki ularsiz birorta ishni bajarish, xiz­mat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
    Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida meh­nat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va in­son mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, aso­siy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar, mehnat vositalariga esa, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va labora­toriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
    Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga ko‘ra, asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish ja­rayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan xamda tabiiy shaklini saqlagan holda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, tuzishiga qarab o‘tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar, mehnat buyumlari va tayyor maxsulotlarni saqlash va ularni bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladi.
    Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni prognoz qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo‘ladi.
    Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining xilma-xilligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va me’morlik-qurilish obyektlari. Binolarga tsexlarning ish­lab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ish­lab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
    2. Inshootlar - ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur va mehnat buyumlari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandislik-qurilish obyektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko‘priklar va x.k.).
    3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar.
    4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:
    - energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskuna­lar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);
    - ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskuna­lar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbob-uskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.
    5.Transport vositalari.
    6.Har xil asboblar.
    7.Ishlab chiqarish inventarlari.
    8.Xo‘jalik inventarlari.
    9.Boshqa asosiy fondlar.
    Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab aso­siy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi.
    Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyum­lari shaklini o‘zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fon­dlar (mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o‘lchov va to‘g‘rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
    Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat bu­yumlariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o‘tishiga kerakli sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.).
    Asosiy fondlar tarkibini o‘rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi) masalasiga xam e’tibor berish kerak.
    Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
    1. Tarkibiy tuzilma
    2. Texnologik tuzilma.
    3. Tarmoq tuzilmasi.
    4. Xududiy tuzilma.
    5. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.
    Tarkibiy tuzilma vaqt va fazoda o‘zgarib turadi va uning bunday o‘zgarishidan sano­atning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo‘ladi.
    Asosiy fondlarning tuzilmasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish, va kombinatlashtirish, yangi korxonalar qurish va qayta qurishga kapital sarflashning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotlarning hususiyati va hajmi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan o‘rni shuncha yuqori bo‘ladi.
    Xududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan belgilanadi. Takror ishlab chiqarish strukturasi yangi qurilish va qayta kurish, qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o‘rnini ifodalaydi.


    Download 24.37 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 24.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari

    Download 24.37 Kb.