• Savdo-sotiq
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha




    Download 42.96 Kb.
    bet1/12
    Sana03.05.2023
    Hajmi42.96 Kb.
    #56215
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.
    19-mavzu, 11-amaliy, 9Ve2VzXTCFVrhREwjTooykbTD61qEsdQsZvj7EOJ
    18-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI




        1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha

    Bozor iqtisodiyoti, xususan, makroiqtisodiyot ochiq iqtisodiyotdir. U mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni talab qiladi. Bunday iqtisodiy aloqalar bo’lish zaruriyatini esa xalqaro mehnat taqsimoti belgilaydi. Chunki xalqaro mehnat taqsimoti iqtisodiy naflik qoidasidan kelib chiqadi. Qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish qulay bo’lsa, shu mahsulot boshqa mamlakatlarga etkazilib beriladi. Nimani mamlakat ichida ishlab chiqarish o’rniga uni tashqaridan keltirish arzonga tushsa, shu tovar import qilinadi.


    Shunga binoan ayrim mamlakatlar ma’lum turdagi tovarlarni, butlovchi qismlar va detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni boshqalarga etkazib berib, jahon bozoridan o’ziga kerakli tovar va xom ashyoni oladi. Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti, ishlab chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
    Qaysi bir mamlakatda qaysi tovarlarni sifatli va kam xarajat bilan yaratish uchun imkon bo’lsa, shu soha rivoj topadi. Bunday rivojlanish mazkur mamlakatning resurslariga ham bog’liq. Masalan, Quvayt uchun neftni, Yaponiya uchun kompyutr va mashinalarni, AQSh uchun samolyotlarni, Hindiston va Pokiston uchun choyni, O’zbekiston uchun paxtani eksport qilish qulay ekan, ular shuni afzal ko’rishadi.
    Shunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:

          • xalqaro savdo-sotiq;

          • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

          • kapital migratsiyasi;

          • ishchi kuchi migratsiyasi;

          • o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar.

    Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi. Jahon bozori-xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir.
    Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin.

    Download 42.96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 42.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha

    Download 42.96 Kb.