Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida




Download 12,08 Mb.
bet7/7
Sana19.01.2024
Hajmi12,08 Mb.
#141451
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida

V2 =Fv3600 , m3/s,
bu yerda: V2 – bir soat ichida so’rib olinishi kerak bo’lgan gazlar va havo qo’shilmalari miqdori, m3/s;
F – so’rish shkafining ochiq yuzasi, m2;
v – so’rish yuzasidagi gazlar va havo qo’shilmalarining harakat
tezligi, m/s.
Suv ta’minot va tozalash tizimi Avtoservis korxonalari o’zlari joylashgan shahar tarmoqlari orqali suv bilan ta’minlanadi. Magistral yo’llari yonlaridagi va suv tarmoqlari mavjud bo’lmagan kichik aholi punktlaridagi korxonalar o’zlarining suv bilan ta’minlaydigan avtonom tarmoqlariga ega bo’lishlari mumkin. Korxonada suvlar asosan ichish, sanitar-maishiy ehtiyojlar, texnologik jarayonlar (avtomobillarni yuvish, dastgohlarni sovitish) va o’t o’chirish uchun sarflanadi. Mavjud me’yorlarga asosan maishiy ehtiyojlar uchun quyidagi suv sarflari hisoblanadi:
- ofis (idora) xizmatchilariga,
bir kishi uchun - 50-80 l/kun;
- jismoniy mehnat qiluvchilarga,
bir kishi uchun - 120-150 l/kun.
Texnologik jarayonlardagi suv sarfiga avtomobillarni yuvishga ketadigan suv miqdori kiradi. CHunki boshqa ishlab chiqarish ustaxonalaridagi (akkumulyator, shinalarni ta’mirlash ustaxonalari, qozonxona va h.k.) suv sarfi juda kam bo’lib 0,5-1,0 m3 dan oshmaydi. Avtomobillarni yuvishga sarflanadigan suv miqdorlari yuvish uslubiga (qo’lda, mexanizatsiyalashgan) qarab, 5.4-jadvalda keltirilgan.

6.4-jadval. Avtomobillarni yuvishga sarflanadigan suv miqdorlari




Stantsiya suv bilan ta’minlanishi uchun shahar, qishloq suv o’tkazish kommunal tizimiga ulanishi yoki mustaqil suv ta’minotiga ega bo’lishi, ya’ni yer osti suvlarini artezian quduq nasoslari orqali tortib foydalanishi mumkin. Ba’zi hollarda bu usullarning barchasidan birdaniga foydalaniladi.
Korxona kommunal suv o’tkazish tarmog’idan foydalanadigan bo’lsa chiqishi mumkin bo’lgan yong’inlarni o’chirish uchun 50 m3 hajmdagi maxsus inshoot qurilib unda zahira suvi saqlanadi. CHunki tarmoqdagi suv bosimi yong’inni tez o’chirishga imkon bermaydi, kamlik qiladi. Yer osti suvlaridan va suv o’tkazish tarmog’idan foydalanish uchun maxsus suv saqlash minorasi quriladi va unga avtomatik rejimda ishlovchi gidronasoslar yordamida suv haydaladi. Bu holda insonlar iste’moli uchun ishlatiladigan suv zahirasini tashkil etishda maxsus sanitariya–gigiena qoidalariga rioya etish talab etiladi. Minoraga xaydalgan suvdan zahira xavzasi to’ldiriladi, qolgan qismi iste’molchilarga quvurlar orqali tarqatiladi. Tarmoqning bir qismiga suv sarfini o’lchovchi hisoblagich o’rnatiladi. SHuni ta’kidlash zarurki, shahar kommunal suv tarmog’idan foydalanilganda uning sifati kafolatlanadi, yer osti suvlar sifatini esa doimo nazorat qilib turish talab etiladi, ayniqsa inson iste’moli uchun ishlatiladigan qismi maxsus me’yoriy talablarga mos bo’lishi shart.
Avtomobillarni yuvish postidan chiqayotgan oqova suv kanalizatsiya tizimini, suv havzalarini va atrof muhitni ifloslamasligi uchun maxsus “suv separator”idan o’tkaziladi. Separatorning bakidan suv-oqova tarmog’iga yoki boshqa suv havzalariga, kanal (ariq)larga tashlanayotgan suv barcha iflosliklardan (shu jumladan moy mahsulotlaridan) toza bo’lishi kerak. Separator kamida uchta bakdan iborat bo’ladi. Oqova suv ketma-ket separator baklaridan o’tish jarayonida suv tarkibidagi loy va boshqa qattiq og’ir zarrachalar (yuvish mahsulotlari) baklar tubiga cho’kib yig’iladi. Xuddi shunday moy mahsulotlari solishtirma og’irligi kichik bo’lgani uchun (aralashma uchun o’rtacha 0,85) baklardagi suvning ustki qismiga qalqib chiqib maxsus idishlarda yig’iladi.
Separator baklarida to’planadigan loyqa vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi. Idishda to’plangan loy, quvurdan bunkerga (avtomashinaga yuklab, jo’natish uchun) tushiriladi. ASK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta’minlanmagan hollarda va tashqi muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suv tozalanib, undan qayta foydalanish mumkin. Buning uchun foydalanilgan suv tozalash qurilmalari qo’llanadi. Bunday qurilmalar asosan aralashmagan zarrachalar: qumlar va neft mahsulotlarini tozalashga asoslangan.
Download 12,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 12,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida

Download 12,08 Mb.