|
Tez tibbiy yordam ko’rsatish stansiyasi asosiy hujjatlari
|
bet | 1/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 22,67 Kb. | | #241398 |
Bog'liq zilola
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
MALAKAVIY AMALIYOT UCHUN TAYYORLANGAN
H I S O B O T
Bajardi: Z.Mo'minova
Qabul qildi: ___________
Korxonadan tayinlangan
amaliyot rahbari: ____________
Muxr
Farg’ona – 2023_2024
Poliklinika hamda shifoxona ishi ko’rsatkichlari va hisoboti
Reja:
1.Tez tibbiy yordamni uyushtirish
2.Dispanserlar ishini tashkil qilish
3.Stomotologiya xizmatini tashkil qilish
4. Sanoat korxonalari ishchi — xizmatchilariga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish
5. Sexlarda sog‘ liqni saqlash punktlari tashkil qilish va ularning ish tamoyillari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni asosida barcha zamonaviy asbob-uskunalar va eng yuqori malakali tibbiyot xodimlari bilan ta’minlangan «Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi» va uning viloyatlardagi filiallari, tumanlardagi sub-filiallari tashkil qilindi va ishga tushirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining asosiy vazifasi aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan bepul Ixtisoslashgan tibbiy yordam ni ko‘rsatishdan va tegishli ilmiy ishlarni olib borishdan iborat.
TEZ TIBBIY YORDAM KO’RSATISH STANSIYASI ASOSIY HUJJATLARI 1.Chaqiriq kartasi, 2.Bemor statsionarga yotqizilsa jo‘natish varaqasi 3.Talon asosiy hujjat hisoblanadi.
Dispanserlar ishini tashkil qilish Yurak-qon tomiri, teri-tanosil va boshqa ba’zi bir kasalliklarning oldini olish, ularni davolash, kechishi va tarqalishining o ‘ziga xos xususiyatlari borligini inobatga olib ularga qarshi kurashishga ixtisoslashgan muassasalar tashkil qilingan. Dispanserlar ixtisoslashgan muassasalar orasida muhim o‘rin tutadi. Yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar surunkali bo‘lib, uzoq vaqt davolashni, bemorlarni har doim kuzatib turishni talab etadi. Venerik va sil kasalliklari esa bemor atrofidagi odamlarga yuqishi mumkun. Sil va xavfli o‘smalarni barvaqt aniqlash davolash natijasi yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa juda qiyin ish bo‘lib, uni amalga oshirish uchun maxsus ish shakli va uslubiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan muassasalar — dispanserlar tashkil qilingan.
|
| |