Shifoxonaning asosiy hujjatlari




Download 22,67 Kb.
bet3/3
Sana18.05.2024
Hajmi22,67 Kb.
#241398
1   2   3
Bog'liq
zilola



Shifoxonaning asosiy hujjatlari

1.Shifoxona qabul bo'limidagi bemorlarni qabul qilish jurnali

2.kasallik tarixi varaqasi

3.shifoxonadan chiqqanlik haqidagi bemor kartasi

Shifoxonadagi shifo o'rni hisob varaqasidan bemorlarning shifo o'rnidan qanday foydalanganliklarini aniqlasa bo'ladi. Shifoxonadan chiqqanlik haqidagi bemor kartasida qisqacha davolash natijalari bayon etiladi. Shifoxona hisoboti ana shu hujjatlar asosida tayyorlanadi.




Davolashprofilaktika muassasasi; katnab davolanadigan va uyida yotgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatadi. Uzbekistonda kasalxona bilan birlashgan va mustaqil poloknikalar mavjud. Poliknika aholining turar joyi va ish joyi boʻyicha xizmat koʻrsatadi. Maxsus tibbiyot muassasalari qoshida ham poliknikalar bor (mas, klinik ilmiy tadqiqot institutlari qoshidagi P.lar).
Poliknikada terapevt, xirurg, nevrolog, revmatolog, ginekolog, LOR xizmat qila-di; poliknika tarkibida fizioterapiya va funksional diagnostika boʻlimlari, lab., dorixona va boshqa boʻladi. Shahar va tuman poliknikalari, shuningdek, ixtisoslashgan stomatologiya, fizioterapiya poliknikalari ham bor. hozirgi zamonaviy diagnostika vositalari bilan jihozlangan oilaviy poliknikalar boʻlib, bular bolalar va kattalarga tegishli yordam koʻrsatadi. Yirik shaharlarda talabalarga xizmat qiladigan maxsus poliknikalarlar ham mavjud.
Aholiga tibbiy xizmatni yanada yaqinlashtirish maqsadida hududiy tibbiyot muassasasidan Oila shifokori, EKG. laboratoriya, doya kabi mutaxasislari haftada bir marta MTP ga borishi va shifokorlar tpmonidan tavsiya etilgan muolajalarni tibbiyot punktida tashkil etilgan kunduzgi shifoxona sharoitida olib, aholining tibbiyotdan bahramandligi ta'minlandi. Birlashma tarkibidagi muassasalarda bemorlarni davolanishi uchun zarur doridarmonlar zahirasi yaratilgan bo'lib ambulatoriya,kunduzgi shifoxona va uy shifoxonalari sharoitida davolanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Qaror bilan Toshkent shahar oilaviy va shahar markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam chaqiruv shoxobchalar tuzilmalari, ular o‘rtasida axborot almashinuvi hamda shoshilinch yordam haqidagi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish sxemasi tasdiqlandi.
Endi tibbiyot muassasalar xodimlari xalq oldida hisobot beradilar. Jumladan, oilaviy poliklinika boshliqlari va shifokorlar xizmat ko‘rsatadigan tuman aholisi oldida har chorakda hisobot beradilar. Markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinika vakillari esa Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi sessiyalarida hisoboti muhokama qilinadi.
Poliklinika shtat birliklarida ham o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Joriy yil avgust oyiga qadar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali shifokorlar bilan jamlash haqida topshiriq berildi.
Komissiya Xalq qabulxonalariga tibbiy yordam bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlar ko‘rib chiqish va ularni hal qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Komissiya tibbiy muassasalarda xodimlar tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish ahvoli tekshiriladi.
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari shifokor va hamshiralari 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllari, qolaversa, bemorlar uchun o‘nlab turdagi blanklarni to‘ldirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qilgandi.
Aholiga birlamchi yordam ko‘rsatish tibbiy muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, ambulatoriya-poliklinika muassasalarining tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati, statsionarlar va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam markazlari bilan o‘zaro hamkorligining amaliy mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, Toshkent shahri aholisi uchun qulay va malakali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishi yuzasidan ular rahbarlari va mutaxassislarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish maqsad
aholiga malakali birlamchi, birinchi navbatda kasalliklarni profilaktika qilish masalalarida tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, tug‘ruq yoshidagi ayollar, o‘smir qizlar, homilador ayollar, bolalar, shuningdek yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar hamda o‘zgalar ko‘magiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar o‘rtasida doimiy patronaj ishlarini amalga oshirish, aholi o‘rtasida barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalashga, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga, tibbiy etika va deontologiya, sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari, oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya etishga, tug‘ma patologiya va irsiy kasalliklarni kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktika tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan aholi o‘rtasida kasallikka chalinish, nogironlikni va barvaqt o‘limni profilaktika qilish, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, klinik, biokimyoviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar o‘tkazish orqali aholining bevosita yashash joylarida profilaktik tibbiy ko‘riklar tashkil etish yo‘li bilan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning surunkali kasalliklarga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida tegishli xizmatlarni o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, biriktirilgan uchastkani va uy xo‘jaliklarini sanitariya jihatidan xotirjamligi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirish, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida observatsiya tadbirlarini o‘tkazish, aholini xavfli epidemik vaziyat to‘g‘risida ogohlantirildi.

Poliknika huquqlari va majburiyatlari



  • sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olib, yuqori sog‘liqni saqlash organi bilan kelishgan holda o‘zining asosiy faoliyatini rejalashtirish

  • poliklinikaga berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish va uni tasarruf etish

  • oilaviy poliklinika xodimlarining malakasini oshirish

  • faoliyatning qonun hujjatlariga, poliklinika faoliyati maqsadlari va predmetiga zid bo‘lmagan boshqa turlarini amalga oshirish

Poliklinika qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  • biriktirilgan hudud aholisini malakali tibbiy yordam bilan ta’minlash

  • bemorlarni ambulatoriyada qabul qilish va ularni uyiga borib ko‘rish

  • bemorlar huquqlariga, shu jumladan ularning bemor to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarning maxfiyligi huquqiga rioya etish

  • poliklinika binolarida zarur sanitariya-gigiyena rejimini, aseptika va antiseptika qoidalarini, asboblarni va materiallarning gemokontakt va boshqa infeksiyalardan profilaktikasini ta’minlovchi sterilizatsiya qilish shart-sharoitlarini saqlab turish

  • qonun hujjatlari, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilish

  • mavjud tibbiy asbob-uskunalar, apparatlar va mol-mulkning saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash



Poliklinikalar o'zlarini kasallarga tavsiya qiladigan va davolanish xizmatlarini taklif etadigan tibbiy muassasalar hisoblanadi. Har bir poliklinikada boshqa boshqa xizmatlar mavjud bo'lishi mumkin, masalan, umumiy terapiya, nevrologiya, kardiologiya, dermatologiya, ginekologiya, urganchilik va boshqalar.
Hisobot boshida qabul qilingan kasallar soni va ularning turu ko'rsatilishi kerak. Bu, poliklinikada qaysi turlarda kasalliklar kuchayib borayotganligi haqida umumiy tasvirlashga yordam beradi.
Har bir kasalning tibbiy tarixi, shikoyatlari, aniqlangan kasalligi va boshqa shifokorlar tomonidan tayinlangan davolash rejasi haqida to'liq ma'lumotlar taqdim etilishi kerak.
Qabul qilingan kasallarning davolash natijalari va ularning holatidagi o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumotlar.
Poliklinikada qilingan barcha xizmatlar (laboratoriya testlari, diagnostik usullar, davolash va boshqalar) va ularning buyurtmalar bo'yicha ma'lumotlar.
Poliklinikada kasallar va xizmatlarga oid yuklanishlar va ularning ustuvorlik darajasini ko'rsatish.
Qabul qilingan kasallar turlari bo'yicha statistik ma'lumotlar (masalan, yosh bo'yicha, jinsiyat bo'yicha, vaqt bo'yicha).
Hisobotning oxirida, poliklinikada olib borilgan amaliyotlar va ularning natijalari to'g'risida tahlil va baholar ko'rsatilishi kerak. Misol uchun, kasallar davolash natijalarining ko'rsatilishi, xizmatlar so'ralishi ko'rsatilishi mumkin.
Hisobot tahlilida, poliklinikning faoliyatini tahlil qilish, moliyaviy natijalarni hisobga olish va takliflar ko'rsatish uchun kerakli ma'lumotlar to'plangan bo'lishi kerak. Bu, kompaniya rivojlanishida yordam beruvchi va faol boshqarishning muhim qismlaridan biri hisoblanadi.


Xulosa


Tibbiyot muassasalarida axborot tizimini yaratishni dolzarbligi bugungi kunda diagnostika, terapevtik, statisti, boshqaruv va boshqa vazifalarni hal qilishda katta va tobora o’sb borayotgan ma’lumotlardan foydalanish zarurati bilan bog’liq, O’sib borayotgan ma’lumotlar to’plamini qayta ishlash faqat zamonaviy kompyuterlar texnalogiyalardan foydalanilgan holda mumkun bo’ladi. Bugungi kunda poliklinikalar, kasallarga tibbiy xizmat ko'rsatish, davolash, diagnostika va profilaktika ishlari uchun mo'ljallangan tibbiy muassasalar hisoblanadi. Poliklinikalar kasallarni qabul qilish, ularning shikoyatlarini eshitish va muayyan diagnostik usullar orqali ularni tekshirib, kerakli davolarni tajribalash va tashxis qo'yish. Poliklinikalarda kasallarga tajribalangan shifokorlar tomonidan davolash amalga oshiriladi. Bu davolar tibbiy xususiyatlaridan kelib chiqqan xususiyatlarga va shifokorlar tomonidan qo'llanilgan so'rovlarga muvofiq tayinlanadi. Poliklinikalar kasallarni diagnostik usullar orqali tekshirib, ularning kasalliklarini aniqlab chiqish va davolash rejalarini belgilash uchun xizmat ko'rsatadi. Bu diagnostik usullar rontgen, ultrasonografiya, laboratoriya testlari va boshqa tibbiy buyurtmalar shaklida bo'lishi mumkin. Bugungi kunda poliklinikalar shaharlar, qishloqlar va boshqa hududlarda ommalashgan va ko'p odamlarga xizmat ko'rsatish uchun muhim tibbiy muassasalardir.










Download 22,67 Kb.
1   2   3




Download 22,67 Kb.