Tez tibbiy yordam ko’rsatish stansiyasi asosiy hujjatlari




Download 22,67 Kb.
bet2/3
Sana18.05.2024
Hajmi22,67 Kb.
#241398
1   2   3
Bog'liq
zilola



Sanoat korxonalari ishchi-xizmatchilariga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish Tibbiyot sanitariya qismlari. Sanoat korxonalari ishchi-xizmatchilarining sog‘liglini saqlash, mehnat qobiliyatini yuqotishga sabab bo‘ladigan kasalliklarni kamaytirish tibbiyot xodimlarining eng muhim vazifalaridan biridir. Respublikamizning iqtisodiy mustaqillikka erishishida, moddiy boyliklarni ko‘paytirishda sanoat korxonalarining roli juda kattadir. Korxonalarda mehnat qilishning o ‘ziga 7 - 2 2 97 xos xususiyatlari bor. Shu sababli korxona ishchi-xizmatchilariga imtiyozli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi tashkil qilingan. Ularga tibbiy xizmat turar joylarda (umumiy tibbiyot muassasalarida), ishlab chiqarish tamoyiliga asoslangan maxsus tibbiyot tarmoqlarida (tibbiyot sanitariya qismi, poliklinika hududida tegishli sex shifokorlik uchastkalarida va feldsherlik punktlarida) ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida ishchilar uchun maxsus tibbiy xizmatni tashkil qilish ko‘pgina afzalliklarga ega: bunda ishchilarga yaqindan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi; shifokorlar ishchilarning ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganadilar; kasallik va shikoyatlar sababini aniqlaydilar; korxona ma’m uriyati va kasaba uyushmasi bilan birgalikda korxona sharoitini yaxshilash, sanitariya-davolash profilaktika tadbirlarini amalga oshirib kasallikni kamaytirishga harakat qiladilar.

Sexlarda sog‘liqni saqlash punktlari tashkil qilish va ularning ish tamoyillari Tegishli tibbiyot xodimlari tomonidan korxona ishchilariga uchastka tamoyili bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi. Sexning shifokor terapevti bir yoki bir necha sex ishchilariga (soniga qarab) yordam ko‘rsatadi. Unga bu ishda ham shira yordam beradi. Agar ishlab chiqarishda 2000 ishchi xizmat qilsa, unda (kimyo, ko‘mir, tog‘ rudalari, neftni qayta ishlash korxonalarida 1000 ishchiga) sex uchastkasi tashkil qilinadi. Sex shifokori va hamshirasi bemorlarni poliklinika va sexda (haftasida kamida 9 soat) qabul qiladi, ishchilarning mehnat sharoiti va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishadi, kasallanish va shikastlanishlarga sabab bo‘ladigan omillami aniqlaydi va ularni bartaraf qilishga harakat qiladi. Sexdagi ayrim ixtisosli ishchilar guruhining ish sharoiti bilan yaqindan tanishish, bemorlarning mehnat qobiliyati haqida bir fikrga kelishga, ularni ishga joylashtirishni to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi.


Download 22,67 Kb.
1   2   3




Download 22,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tez tibbiy yordam ko’rsatish stansiyasi asosiy hujjatlari

Download 22,67 Kb.