Donni tozalash, saralash va
kalibrovkalash ajratuvchi
(separatsiyalovchi) ishchi organlarga ega don
tozalash
mashinalarida amalga oshiriladi.
Bu ishchi organlarning
ishlash tarzi esa donli aralashma zarralarining ayrim fizik-
mexanik
xossalari
farqiga
asoslangandir.
Ushbu
xossalarga ularning kattaligi (o„lchami), aerodinamik
xossalari,
yuzasining
holati,
shakli,
zichligi,
qayishqoqligi,
mexanik qattiqligi, rangi, elektrofizik
xossasi va boshqalar kiradi.
Donni qo„shilmalardan havo oqimi yordamida ajratish
Aerodinamik xossasi bo„yicha ajratish
. Bu
usul donli aralashma
zarralarining havo oqimi ta‟sirida har xil harakatlanishiga asoslangan.
Donli aralashma zarralarining ushbu xossasi donni havo oqimida
tozalash va saralash uchun asos qilib olingan.
Donlarni o„lchami va aerodinamik xossasiga qarab ajratish ularni
tozalash va saralashning eng ko„p tarqalgan usuli hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda va xorijda so„ruvchi
ventilyator va tekis g„alvirlarni mujassamlashtirgan don tozalash
mashinalaridan keng foydalaniladi. Tozalanadigan donning turi va
ko„rinishiga qarab bu mashinalarni rostlash qulay, ya‟ni g„alvirlar
ko„zlari o„lchami va shakli bo„yicha kerakligiga almashtiriladi,
havo oqimining tezligi esa zaslonka va
ventilyator aylanishlar
sonini o„zgartirish bilan rostlanadi.
Ammo yuqorida keltirilgan barcha don tozalash mashinalarining
texnologik jarayonini tahlili shuni ko„rsatadiki, ularda donlardan
har qanday begona qo„shilmalar va chala yanchilgan boshoq
qismlari yoki qobiqli donlar ajratib olinsada, ularga ishlov berib
doni ajratib olinmaydi. Natijada ichida bo„liq donlari bo„la
turib
chala yanchilgan boshoq qismlari chiqitga chiqib ketadi.
Nazorat savollar
1. Donni tozalash deb nimaga aytiladi?.
2. Saralash deganda nimani tuchinasiz?.
3. Kalibrovkalash deganda nimani tuchinasiz?
4. Aerodinamik xossasi bo„yicha
ajratish deganda nimani
tuchinasiz?
5. Trerning vazifasi nimadan iborat?.