• Usulning mohiyati
  • Kerakli o‘lchov vositalari, idishlarlar, reaktivlar
  • Trilon Bni to‘g‘rilovchi koeffitsient K ni miqdorini aniqlash
  • Tajriba qismi
  • Laboratoriya ishi №5 Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash




    Download 6.25 Kb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi6.25 Kb.
    #163768
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi №5 Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik-fayllar.org
    Ekologiya va Demografiya (aholining o’sishi) (1)

    Laboratoriya ishi №5 Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash

    Laboratoriya ishi № 5
    Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash
    Suvning qattiqligi turli sohalarda suvdan foydalanishni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Suvning qattiqligi uning tarkibidagi ishqoriy yer elementlari, asosan kalsiy va magniy ionlarining tarkib topishidan kelib chiqadigan xususiyatlar majmuidir.
    Suvning pH va ishqoriyligiga qarab, 10°J dan yuqori qattiqlik suv tarqatish tizimida va qizdirilganda shkalada shlaklar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qattiqligi 5 °J dan kam bo‘lgan suv suv quvurlariga o‘yuvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suvning qattiqligi uning ta’m xususiyatlari jihatidan inson iste’moli uchun qo‘llanilishiga ham ta’sir qilishi mumkin.
    Qattiqlikni kompleksometrik (titrimetrik) aniqlashda aluminiy, kadmiy, qo‘rg‘oshin, temir, kobalt, mis, marganes, qalay va rux ionlari ekvivalent nuqtani aniqlashga ta’sir etadi va aniqlashga xalaqit beradi. Ortofosfat va karbonat ionlari kalsiyni titrlash sharoitida cho‘ktirishi mumkin. Ayrim organik moddalar aniqlashga ham xalaqit berishi mumkin. Agar aralashuvchi ta’sirni bartaraf etib bo‘lmaydigan bo‘lsa, qattiqlikni atom spektrometriyasi orqali aniqlash tavsiya etiladi.
    Ushbu usulda tabiiy (yer usti va yer osti) suvlarni, shu jumladan ichimlik suv ta’minoti suv manbalarini, shuningdek ichimlik suvini, shu jumladan idishlarga qadoqlangan suvlarning qatiqligini aniqlashga mo‘ljallangan. Davlat standarti GOST 31954-2012 asosida tekshiruv o‘tkaziladi.
    Usulning mohiyati
    Usul ishqoriy yer elementlari ionlari bilan trilon b ning murakkab birikmalarini hosil qilishga asoslangan. Aniqlash namunani trilon B eritmasi bilan rN = 10 da indikator ishtirokida titrlash orqali amalga oshiriladi. Eng past aniqlanadigan suvning qattiqligi 0,1 °J ni tashkil etadi.
    Kerakli o‘lchov vositalari, idishlarlar, reaktivlar:
    • Laboratoriya tarozisi


    • rN-metr

    • 2-sinf aniqlikka ega o‘lchov kolbalari

    • 2-sinf aniqlikka ega o‘lchamli pipetkalar


    • 2-sinf aniqlikka ega byuretkalar sig‘imi 25 sm va (yoki) 10 sm yoki poluavtomat raqamli titrator (raqamli byuretka) sig‘imi 30 yoki 50sm o‘lchov qadami 0,05 smdan ko‘p emas.


    • O‘lchov silindrlari (menzurkalar).


    • Tekis tagli yoki konussimon kolbalar.


    • Kapelnitsa 2-50 XS.


    • Laboratoriya voronkalari.


    • Issiqlikka chidamli kimyoviy stakanlar.


    • Filtrlash uskunasi (membranali filtrlar asosida).


      Membranali filtrlarni teshikchalari diametri 0,45 mkm yoki yog‘sizlantirilgan qog‘oz filtrlar "ko‘k lentali".
    • Xavo so‘ruvchi shkaf


    • rN ni aniqlash uchun universal indikatorli qog‘oz )bumaga universalnaya indikatornaya dlya kontrolya rN).


    • Distillangan yoki bidistillangan suv.


    • Trilona B massa o‘lchami 2-suvli dinatriy tuzi etilendiamin-N,N,N',N'-tetrasirka kislotasi 99,5% dan kam bo‘lmagan yoki standart-titr (fiksanal) trilon B yoki trilon B (2-suvli etilendiamin-N,N,N',N'-tetrasirka kislota dinatriyli tuzi), ch.d.a.(taxlil uchun toza) yoki x.ch. (kimyoviy toza)


    Trilon B standartning 0,05n eritmasi tayyorlash uchun 9,31 g Trilon B tuzi o‘lchab olinib, 1 litrgacha bo‘lgan o‘lchamli kolbaga solinadi va chizig‘mgacha distillangan suv solinadi. Agar eritma tiniq bo‘lmasa filtrlab olinadi.


    • Etil spirti.


    • Qora erioxrom (Indikator erioxrom chernыy T (xromogenovыy chernыy YeT) ili xromovыy temno-siniy kislotnыy (kislotnыy xromovыy siniy T)) yoki qora erioxrom ko‘ki.


    • Ammoniy xlorid, ch.d.a.


    • Ammiak (suvli 25%-li), x.ch.


    • Bufer eritma. Ushbu eritma uchun 500 ml-li o‘lchamli kolba olinadi. Eritmani tayyorlash uchun 10 g ammoniy xloristыy ozroq distillangan suvda eritilib, ustiga 50 ml ammiak (25% suvli eritmasi) qo‘shiladi va 500 ml-li o‘lchamli kolbaning distillangan suv bilan chiziqchasigacha yetkaziladi.




    Trilon Bni to‘g‘rilovchi koeffitsient K ni miqdorini aniqlash (Ustanovlenie koeffitsienta popravki k konsentratsii rastvora trilona B)
    Eritma magniy ionlarining 0,05n suvli eritmasi yoki magniy sulfatning standart titri (fiksanali)dan foydalaniladi (yoki rux xloridning 0,05n eritmasi), agar eritmaning konsentratsiyasi to‘g‘ri kelmasa, kerakli konsentratsiya suyultirib tayyorlanadi.
    Koefitsientni to‘g‘rilash. Buning uchun 100 ml-li kolbaga 10 ml 0,05 rux xlorid yoki 10 ml 0,05 n magniy sulfat eritmasidan solib olinadi, keyin 100 ml-gacha distillangan suv bilan yetkaziladi. Ushbu eritmaga 5 ml bufer eritma solinib, 5-7 tomchi indikator tomizilib Trilon-B bilan qizg‘ish pushti rang ko‘k siyox rangga kirgunicha titrlanadi.
    Quyidagi formula asosida Trilon B ning K-koeffsienti aniqlanadi.

    K – Trilon B to‘g‘rilovchi koeffitsienti. K = 0,7 – 1,3; K = 1


    V – Titirlash uchun ketgan Trilon B eritmasi, ml-da.
    10 – Magniy ioni eritmasini miqdori, ml-da.
    Tajriba qismi
    50 ml o‘lchanadigan suv olinib ustiga 50 ml distillangan suv solinadi, keyin 5 ml bufer eritma qo‘shilib ustiga 5-7 tomchi indikator tomiziladi keyin Trilon B eritmasi bilan titrlanadi. Quyidagi formula asosida suvning X-umumiy qattiqligi aniqlanadi.
    X – aniqlangan suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/dm3.

    V Tr-B – Titrlash uchun sarflangan Trilon B xajmi, sm3.


    V – tekshirilayotgan suvning miqdori, sm3.
    K – Xisoblab topilgan Trilon B ning to‘g‘rilovchi koeffitsienti
    0,05 – Triln B ning molyar konsentratsiyasi
    1000 – konservatsiya qilinganligi konsentratsiyasi
    http://fayllar.org
    Download 6.25 Kb.




    Download 6.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №5 Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash

    Download 6.25 Kb.