• Yusupov Isroilxon Ubaydillo o‘g‘li Talaba 1 2 G‘aybullayev Azizbek Husen o‘g‘li Talaba 2 3
  • Suvning umumiy qattiqligini aniqlash




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana17.04.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #51934
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ZDIT2850
    GYIHGVQB2UC6pf0g7DqFK1vidMI9sKHUurgp4WTu



    214 
    «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
    va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    SUVNING UMUMIY QATTIQLIGINI ANIQLASH 
    1
    Yusupov Isroilxon Ubaydillo o‘g‘li
    Talaba

    2
    G‘aybullayev Azizbek Husen o‘g‘li
    Talaba

    3
    Mamatisaqova Malika Mavlonjon qizi 
    Talaba

    1,2,3
    Namangan muxandislik-qurilish insituti 
    gayipovski@gmail.com 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7461093 
    Suvning qattiqligi kalsiy va magniyning 1 litr suvdagi milligramm-ekvivalent 
    miqdori bilan ifodalanadi. Umumiy qattiqlik qora erioxrom T ishtirokida
    komplekson III eritmasi bilan kompleksonometrik titrlash orqali aniqlanadi. 
    Kalsiy va magniyning miqdorini alohida-alohida aniqlash zarurati tug’ilganda, 
    dastlab, ularning umumiy miqdori aniqlanadi, so’ngra alohida namunada kalsiy 
    oksalat ko’rinishida cho’kmaga tushiriladi va magniy ionlari titrlanadi. 
    Analiz vaqtida tekshirilayotgan suvga ammoniy bufer eritmasi qo’shish bilan 
    uning muhiti pH=10ga etkaziladi. Indikator sifatida qora erixrom T ishlatiladi, u 
    Сa
    2+
    va Mg
    2+
    ionlari bilan to’q-qizil rangli suvda eriydigan kompleksonlar hosil 
    qiladi va eritma to’q-qizil tusga kiradi. Beqaror kompleks trilon B bilan 
    titrlanganda parchalanadi va Сa
    2+
    va Mg
    2+
    ionlarining trilon B bilan beqaror 
    kompleksi hosil bo’ladi. 
    Suvning umumiy qattiqligi shu qattikliklar yigʻindisiga teng. Umumiy qagtiklik 1 
    l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligrammekvivalentlari yigindisi 
    (mgekvGʻl) bilan oʻlchanadi. Qattiqligi 1-1.5 mgekv/ litr bo'lgan suv o'ta 
    yumshoq, 1.5-3 mgekv/l dan kam boʻlgan suv yumshoq, 3—6 mgekv/l boʻlgan 
    suv oʻrtacha, 6-10 mgekv/l o'rtacha qattiq, 10 mgekv/l dan ortiq boʻlgan suv esa 
    juda qattiq suv hisoblanadi. Tabiiy Suvning qattiqligi turlicha. Daryo va koʻl 
    suvining qattiqligi 0,1—0,2 mgekv/l (tayga va tundra), yer osti suvi, dengiz va 
    okean suvining qattiqligi 80— 100 mgekv/l Suvning qattiqligi tufayli bugʻ 
    qozonlari devorlariga choʻkmalar choʻkadi, kir yuvganda sovun koʻp sarflanadi. 
    Qattiq suvda sabzavot, goʻsht yaxshi pishmaydi va h.k. Suvning qattiqligi katta 
    boʻlsa, siydikda tosh paydo boʻladi. Markaziy suv taʼminotida, asosan, isteʼmol 
    qilinadigan Suvning qattiqligi 7 mgekv/l gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Suvning 
    qattiqligi katta boʻlganda suvni yumshatish usullari qoʻllanadi. 
    Qattiq suv bug‘ qozonlarida foydalanish uchun yaroqsizdir: qaynatilganda unda 
    erigan tuzlar qozonlarning devorlarida quyqa qatlamini hosil qiladi va bu qatlam 
    issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydk Bu yoqilg'ining ko‘p sarflanishiga, qozonlarning 
    muddatidan ilgari ishdan chiqishiga, ba’zan esa qozonlarning o‘ta qizib ketishi 



    215 

    Download 0.58 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish